12
Hozir madaniyat sohasining iqtisodiy istiqbolini
belgilashning turli
usullaridan foydalanilmoqda.
Tahliliy (analitik) usul
— olingan natija va kelajakdagi amalga
oshiriladigan vazifalar taqsimlanadi va rejalar tavsifi ishlab chiqiladi. Bu
quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: dastlabki jarayonni o‘zgartirish va
boshlang‘ich ishlash, empiric (amaliy) faoliyat va vazifalarni tanlash,
empirik
vazifalar o‘lchovlarini aniqlash, ekstrapolyatsiya (narsa va hodisaning bir
qismini kuzatish asosida olingan xulosalarni uning boshqa qismiga yoyish yoki
tatbiq etish va aniqlikni baholash.
Tahlillarning bog‘lanish usuli, ikki va undan ortiq harakat ko‘rinishlarini
baholash orqali tahlil qilish.
Inqiroz holatlarining tahlili — bir va undan ortiq omillar ta‘siridagi
alomatlarni, ularning natijalarini o‘rganib, xulosalar chiqarish.
Turli omillar
o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aks ettiruvchi funktsiyalar omillarini aks ettiruvchi
inqiroziy tenglamalarni aniqlash.
Dispersion tahlil — turli jarayonlarda bir-biriga o‘xshash va bir-biridan
farq qiluvchi omillar o‘rganilib, tegishli xulosalar chiqariladi.
O‘xshash jarayonlar usuli — istiqbolni belgilovchi
jarayonlarda muhim
manbalardagi umumiylik va ish tarzining bir-biriga nisbatan
o‘rinli
imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
Ekspert baholash usuli — kun tartibiga qo‘yilgan vazifani o‘lchamdagi
usullar bilan hal etish mumkin bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladi. U madaniy
taraqqiyot modelini malakali mutaxassislar (ekspertlar)
fikri asosida yaratishga
imkon tug‘diradi.
Ekspertning baholash usulini qo‘llash tartibi:
ekspert so‘rovlar jadvalini ishlab chiqish;
13
madaniyat
va
san‘at faoliyatida katta tajribaga ega bo‘lgan
mutaxassislardan ekspertlar tanlash;
so‘rovlar jadvalini ekspertlar tomonidan to‘ldirish;
olingan manbalarning ishonchliligini aniqlash maqsadida so‘rov
natijalariga taqliliy ishlov berish.
Morfologik taqlil usuli — amalda istiqbolli va keng foydalaniladigan qonun-
qoidalar to‘plamini tatbiq etish, rejalashtirishning eng maqbullarini,
iqtisodiy
mezonlar bo‘yicha tanlash.
Sohaga intellektual kuchlarni jalb etish ekspertlarni faol ijodiy jarayonlarga
jalb etishga asoslangan bo‘lib, vazifa ilg‘or g‘oyalar «kontsentratsiyasi» ortishi
va g‘oyalar generatsiya jarayonini jadallashtirish yo‘li bilan qal etiladi.
Taqlidiy shakllash usuli asosan EHMda dialog rejimida echimlarni izlashda
foydalaniladi. Bunda kutilajak natijalarni olish maqsadida iqtisodiy-matematik
modellar bazasida turli xil boshlang‘ich chegaralangan shartlar hamda maqsadga
muvofiq variantlar izlanadi. Shuni ta‘kidlash lozimki, odatda amalda ekspertlar
jamoasi baqolar, maqsadlar daraxtini ko‘rish, morfologik
analiz va senariy
yozishni o‘z ichiga olgan bir emas, bir necha usullar majmuidan foydalanadilar.
6
Dostları ilə paylaş: