Savol va topshiriqlar:
1. Nima uchun askiya faqat o‘zbek xalq og‘zaki ijodiga xos
janr hisoblanadi?
2. Payrov, gulmisiz, o‘xshatdim kabi askiyalar haqida nimalar
bilasiz?
3. Askiyada kulgi hosil qilish uchun qanday usullardan foy-
dalanishadi?
4. Askiyaboz qanday xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak, deb
o‘ylaysiz?
5. Askiyada mavzu tanlash jarayoni haqida so‘zlang.
6. Matnlardagi kulgi hosil qiluvchi so‘zlarni aniqlang va
izohlang.
7. Askiya haqida hayotiy kuzatishlaringizni aytib bering: tur-
mush voqealari, siz guvoh bo‘lgan askiyalar, teleko‘rsatuvlar, huj-
jatli filmlar, radio eshittirishlar va hokazo.
Adabiyotlar:
1. Muhammadiyev R. Askiya T., O‘zbekiston davlat badiiy
adabiyot nashriyoti, 1962.
2. Askiya. O‘zbek xalq ijodi turkumi. T., G‘afur G‘ulom
nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1970.
3. Askiyada ijrochilik mahoratini oshirish yo‘llari, (metodik
tavsiyanoma). Tuzuvchilar: M. Jo‘rayev, T. Sobitova. T., 1985.
109
XALQ DOSTONLARI
Dunyodagi ayrim xalqlarda o‘zining tarixiga oid yirik
hajmdagi katta muhim voqea bayon etiladigan janrlar bor.
Biz — o‘zbeklarda bu janr «doston» deb ataladi. «Doston»
so‘zi qiziq-qiziq voqealarni hikoya qilish, maqtash ma’no-
larini anglatadi. Badiiy adabiyotimizda asosan ikki usulda
yaratilgan dostonlar bor. Birinchisi, asrlar davomida xalq
og‘zaki ijodida baxshilar tomonidan og‘zaki tarzda kuylab
kelingan dostonlar. Ikkinchisi, yozma shaklda shoirlar
tomonidan ijod qilingan dostonlar. «Alpomish», Go‘ro‘g‘li
turkumidagi «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi», «Malikai Ayyor»,
«Ravshan»; «Kuntug‘mish», «Rustamxon» kabilar og‘zaki
dostonlar namunalaridir. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u
bilig», Haydar Xorazmiyning «Gul va Navro‘z», Na
-
voiyning «Hayratul abror», «Farhod va Shirin», «Layli va
Majnun» kabi asarlari esa yozma adabiyotdagi dostonlar
bo‘lib, ularni og‘zakidan ajratish lozim bo‘ladi.
Og‘zaki ijoddagi doston bir qator tarkibiy qismlardan
tashkil topadi. Professor M. Saidov ularni she’riy va nasriy
parchalardan iborat matndan, musiqadan, doston aytuv-
chining hofizlik san’atidan va soz cherta bilishidan iborat,
deb qayd etadi. Shu bilan birga, doston haqida to‘liq
tasavvur hosil qilish uchun baxshining bevosita tinglovchi-
lar davrasida qaynab (ilhomga kirib) doston ijro etishiga
guvoh bo‘lish ham muhimdir. Demak, doston bo‘lishi
uchun baxshining tinglovchi bilan jonli muloqotini ham
tarkibiy qismlardan biri sifatida baholash mumkin.
Dostonni baxshilar kuylaydilar. Qadimgi zamonlarda
«baxshi» xalqona usullar bilan bemorni davolovchi tabib,
ayrim hududlarda ustoz ma’nolarini anglatgan. Bugungi
kunda bu so‘z asosan xalq dostonlarini kuylaydigan
san’atkorni bildiradi. Baxshi soz chertganda sozanda,
she’riy parchalarni kuyga solib aytganda xonandadir.
Shuningdek, parchalarni bir zumda to‘qib ketadigan shoir,
dostondagi nasriy parchalarni yoddan o‘qiyotganda badiiy
so‘z ustasi hamdir. Shoirtabiat baxshi hech qachon doston-
ni bir xil, ya’ni o‘zgarishsiz ijro etmaydi. Professor Hodi
Zarifovning ta’kidlashlaricha, bulung‘urlik Amin baxshi
«Alpomish» dostonini uch oy davomida tinglovchilarini sira
zeriktirmay kuylagan ekan. Endi yozda yoki kuzda bosh-
langan doston kuzda yoki qishda nihoyasiga yetishini
tasavvur qilaylik. Bir fasl muddatda doston ijro etgan baxshi
biron kitobga qaramasdan shuncha gapni va she’riy par-
110
chalarni qaerdan topgan? O‘sha nusxadagi dostonning
hajmi qanday bo‘lgan? Uch oy zeriktirmay ijro etish uchun
naqadar yuksak mahorat egasi bo‘lishi kerak o‘sha baxshi?
Bu savollarga beriladigan har bir javob o‘zbek dostonchili -
gining beqiyos imkoniyatlarini qayta-qayta takrorlaydi,
xolos. Baxshi doston aytar ekan, «Alpomish» dostonida
Alpomish gapirganida, Alpomish mardligini, Barchin
so‘zlaganida go‘zal qizning yuzini ko‘z oldimizda gavdalan-
tiradi. Shuning uchun doston kechalari har bir tinglovchi
uchun katta bayram bo‘lgan. Bu kechalarda odamlar
o‘rtasidagi hamma ginaxonliklar unutilgan, turmush
tashvishlari chekingan. Yoshu kattalar, erkak-ayollarning
butun xayoli dostondagi voqealar bilan band bo‘lgan.
Dostonlar hajm jihatdan chegaralanmaydi. Doston ijrosi
ham ba’zan soatlab, ba’zan kunlab davom etgan. Bunda
doston mazmuni, baxshining mahorat darajasi muhim
hisoblangan. O‘zbekistonda xalq dostonlari Samarqand,
Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Xorazm, Namangan
viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston muxtor respublikasida ijro
etiladi. Ijrochi baxshilar do‘mbira, tor, dutor chertib, qo‘biz
tortib doston aytadilar. Ijro usuliga ko‘ra o‘zbeklarda
Samarqand, Xorazm, Farg‘ona (Namangan) dostonchilik
an’analari mavjud bo‘lib, Samarqandda ichki bo‘g‘iz ovoz-
da, Xorazmda ochiq qo‘shiq aytish yo‘li bilan, Na
-
manganda ochiq, ammo, musiqa asbobiga mos holda kuy-
lanadi.
Samarqand dostonchiligida hajm jihatidan katta doston-
lar nasrdan va epik she’rlardan iborat bo‘ladi. Xorazm dos -
tonchiligida dostonlar nasriy parchalardan va lirik she’rlar-
dan iborat bo‘ladi. Bu dostonlarning hajmi katta bo‘lmay-
di. Namanganda ham dostonlarning hajmi kichik, ammo
ularning matnlari Samarqand dostonchiligi kabi nasrdan va
epik she’riy parchalardan tashkil topadi.
Samarqand dostonchiligi an’anasiga mansub «Ravshan»
dostonidan nasriy parcha keltiraylik:
«Oq qiz shunday qiz edi: oti Oqqiz, Zulxumorga naq qiz.
Oqqiz o‘zi oq qiz, o‘zi to‘lgan sog‘ qiz, o‘rta bo‘yli chog‘ qiz,
o‘ynagani bog‘ qiz, uyquchi emas, sog‘ qiz, eri yo‘q o‘zi —
toq qiz, ko‘p kalondimog‘ qiz, yaxshi — tekis bo‘z bolani
ko‘rsa, esi yo‘q — ahmoq qiz, qora ko‘z, bodomqovoq qiz,
sinli-siyoq qiz, o‘zi semiz — turishi yog‘ qiz; o‘yinga qulay-
roq qiz, to‘g‘ri ishga bo‘layroq qiz, o‘zi anqov olayroq qiz,
tanasi to‘sh qo‘ygan keng qiz, sag‘risi do‘ng qiz, urushqoq
emas — jo‘n qiz, a’zosi bari teng qiz...».
111
Endi she’riy parchalarga diqqat qiling:
«Chu, deb otin uradi,
Oyog‘ini tiradi.
Suvsiz cho‘lda G‘irko‘k ot,
Irg‘ib, sakrab boradi.
Suvsiz cho‘lda mard Hasan,
Qattiq qistab boradi.
Obro‘ ber, deb yo‘llarda
Hasan ketib boradi».
Shuningdek, Samarqand dostonchiligiga oid she’riy
parchalarda lirik mazmundagi o‘rinlar ham uchraydi:
Paydo bo‘ldim, ikki gavhar donadan,
Parvoz qilib uchdim manzilxonadan,
O‘lim uchun g‘am yemayman, bo‘yingdan.
Bir armonim, yolg‘iz edim enamdan .
Ma’lum bo‘ladiki, Samarqand dostonchiligida nasr
badiiy jihatidan nazm bilan tenglasha oladi. Saj’
1
dan iborat
Oqqiz ta’rifida o‘nlab qofiyalangan so‘zlar uchraydi. Ular
orasida hazil, kulgili o‘rinlar ham bor. Demak, nasrda badi-
iy mukammallikka erishilgan. She’riy parchalar esa ikki xil
bo‘lar ekan. Ko‘pincha ularda voqea bayon etiladi: otda
chopish, jang lavhalari, savol-javoblar, ziyofat tasviri va
hokazolar. Ammo ichki his-tuyg‘u ifodalangan o‘rinlar ham
uchraydi: ro‘y bergan voqeaga munosabat, ba’zan shodlik,
ba’zan o‘kinch tarzda ifodalanadi.
Xorazm dostonlarida holat boshqacharoq. Bu doston-
larda voqeaning bayoni, ro‘y bergan hodisa tafsiloti faqat
nasrda ifodalanadi. She’riy parchalarda esa lirik his-
tuyg‘ular aks etadi. «Oshiq G‘arib va Shohsanam» dostoni-
ga murojaat qilaylik:
«Shohsanam G‘aribni birdan ko‘radiyu, yana ko‘zdan
yo‘qotib, qayerga ketganini bilmay qoladi:
Uchirdim shunqor qushimni,
Hech bir yerda qarori yo‘q.
Vo hasrato, mahvoshimning,
To yetguncha qarori yo‘q» .
«Ravshan» dostonidan olingan parcha bilan «Oshiq
G‘arib va Shohsanam»dan olinganini solishtirsak, nasr va
she’rdagi farq aniq ko‘rinadi. Endi Namangan dostonchili-
gi an’anasiga oid «Zamonbek»dan olingan bir parcha kelti-
raylik:
112
1
Saj’ — nasriy parchalardagi so‘zlarning qofiyalanib kelishi.
«Go‘ro‘g‘li yigitlarining g‘ayrati kelib, o‘tday tutashib,
Shodmon polvon degan yigit Mamaniyoz orqasidan quvib
turgan joyi ekan:
«Ko‘ring Shodmon polvon ishini,
Uni-buni deganiga qo‘ymaydi,
Bora qolib turvayidan ushlaydi,
Taqimini bir ko‘tarib tashlaydi» .
Namunaning shakli va mazmunidan ma’lum bo‘ladiki,
nasrda ham, nazmda ham qahramonlar harakatining ba yoni
o‘z ifodasini bir xil topgan. Bu jihatdan Farg‘ona doston-
chiligi Samarqand an’anasiga o‘xshashdir
Yuqorida qayd etilgan dostonchilik an’analaridan
tashqari, ularning tarkibida dostonchilik maktablari ham
mavjud. Bir an’ana doirasida doston mazmunidagi mohi yat
saqlangan holda qahramonlar xatti-harakati, ruhiy ke
-
chinmalari yo‘nalishini farqli tarzda namoyon qilish dos-
tonchilik maktablari tushunchasini izohlaydi. Dostonchilik
maktablari haqida tasavvur hosil qilish uchun quyidagi
ma’lumotni keltirish o‘rinlidir. Atoqli olimlarimizning
ma’lumotlariga qaraganda, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li Ergash
Jumanbulbulning muhabbat mavzuidagi dostonlarini, xusu-
san, «Ravshan»ni yaxshi aytishini tan olgan.
Ergash shoir esa Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lining «Alpomish»
dostonini aytishiga, ayniqsa, qahramonlik lavhalarining
jo‘shqin talqiniga qoyil qolgan ekan. Ayni choqda, Fozil
Yo‘ldosh Ergash shoirning «Alpomish» qahramonlik dos-
tonini muhabbatli qilib aytishini ta’kidlagan ekan. Shuning
o‘zidan ma’lum bo‘ladiki, Bulung‘ur maktabiga mansub
Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li ko‘proq qahramonlik dostonlarini
yoki dostonlardagi qahramonlik lavhalarini ijro etishga
moyil bo‘lgan. Demak, Bulung‘ur maktabining o‘ziga
xosligini ham ana shu belgi bilan izohlash mumkin. Ergash
Jumanbulbul o‘g‘li vakil bo‘lgan Nurota (Qo‘rg‘on) mak-
tabi namoyandalari esa ko‘proq muhabbat mazmunidagi
dostonlarni ijro etganlar. Demak, Nurota maktabida
muhabbat lavhalarini, ruhiy holatlarni, his-tuyg‘ularni ifo-
dalashga ko‘proq e’tibor berilgan. Dostonchilik maktablari
haqidagi tasavvurga ana shunday belgilar vositasida aniqlik
kiritiladi. Aslini olganda, keyinchalik alohida-alohida mak-
tab sifatida shakllangan hududdan mohir baxshi yetishib
chiqqan. Keyingi shogirdlar ana shu baxshi tajribasidan va
ijro usulidan bahramand bo‘lganlar. Natijada, bir mahalliy
sharoitda aytilgan doston ikkinchisidan farqlanib borgan va
maktab sifatida shakllangan.
113
Xalq baxshilari ijodini o‘rganish ular ijro etgan doston-
lar orasida diniy mavzudagi asarlar ham mavjudligini tas-
diqlaydi. Bunday baxshilar mustaqillik yillarimizgacha
yashirin tarzda doston aytishga majbur bo‘lganlar. Mustabid
tuzumdagi turli tazyiqlar baxshilar sonining nisbatan
kamayib ketishiga olib keldi. Ular doston aytishdan tashqari
duoxonlik bilan ham shug‘ullanganlar.
Shunday qilib, xalq dostonlari alohida mahorat bilan
kuylangan markazlar shu hudud nomi bilan maktab sifati-
da atalgan. «Hozirgi kunda o‘zbek folklorshunosligida
Bulung‘ur, Qo‘rg‘on, Shahrisabz, Qamay, Sherobod, janu-
biy Tojikiston, Xorazm kabi poetik dostonchilik mak-
tablari
— baxshilik san’atining ajoyib markazlari aniqlan-
gan».
1
Shulardan Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li mansub bo‘lgan
Bulung‘ur dostonchilik maktabida ko‘proq qahramonlik
dostonlari badiiy jihatdan mukammal tarzda kuylangan. Bir
necha versiya, o‘nlab variantlari yaratilgan «Alpomish»
qahramonlik dostonining Qo‘ng‘irot versiyasi sifatida eng
oliy va badiiy barkamol namuna — Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li
variantining qabul qilinishi bejiz emas. Professor Hodi
Zarifov qayd etgan Amin baxshi ham shu maktab vakili edi.
Bu maktab shuhratiga qadimda Muhammad shoir,
Sultonmurod Suyar, Rahimbulbul kabi baxshilar o‘z ijodlari
va ijrolari bilan munosib hissa qo‘shganlar. Ular
«Alpomish», «Oysuluv», «Hasanxon», «Chambil qamali»
kabi dostonlarni alohida mahorat bilan ijro etganlar.
Samarqand dostonchiligida nom taratgan yana bir mak-
tab Qo‘rg‘on dostonchiligi deb ataladi. Ergash shoirlarning
ajdod va avlodlari shu maktab vakillari hisoblanadi. Avvalgi
sahifalarda qayd etilganidek, bu maktab sohiblari doston-
larni muhabbatli qilib aytganlar. Qo‘rg‘on maktabida
boshqalardan farqli o‘laroq Sulton kampir, Tilla kampir
ismli ayollar ham baxshilik san’atini egallaganlar. Ulardan
tashqari, Yodgor, Bo‘ron baxshi, Jassoq baxshi, Po‘lkan
shoirlar ijodi shu maktabda shakllangan usul bilan rivojlan-
gan. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi», «Ravshan», «Kuntug‘
-
mish», «Dalli» dostonlarini ijro etish aynan shu maktab
vakillariga xos edi.
Yana bir maktab Shahrisabz nomi bilan yuritiladi. Bu
maktabda Xidir shoir, Ernazar shoir, Abdulla shoir kabi
114
1
Dostları ilə paylaş: |