Xalq og‚zaki poetik 4420. qxd



Yüklə 461,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/61
tarix27.07.2022
ölçüsü461,77 Kb.
#62907
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   61
Xalq og‚zaki poetik 4420. qxd

Savol va topshiriqlar:
1. Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lini nima uchun ustoz baxshi sifatida
hurmat qilamiz?
2. Baxshi ijro etgan doston va termalar nomini ayting, ular
haqida so‘zlang.
3. Nima uchun «Alpomish» dostoni haqida ilmiy ish qilgan
olimlar Fozil shoir nusxasiga murojaat qiladilar?
4. Barchinning Boychiborga murojaatini yod oling.
134


Adabiyotlar:
1. Zarif Hodi. Fozil shoir — mashhur dostonchi. Fozil shoir
(Maqolalar to‘plami). O‘zbek xalq ijodi bo‘yicha tadqiqotlar, 3-
kitob. T., «Fan», 1973. 5—29-betlar.
2. Jirmunskiy V. M., Zarifov X. T. Uzbekskiy narodnûy ge-
roicheskiy epos. Moskva. GIXL. 1947. 39—43-betlar. 
MUHAMMADQUL JONMUROD O‘G‘LI PO‘LKAN
Xalq dostonlarini hayratomuz xotirasida saqlab bizgacha
madaniy meros sifatida yetib kelishiga munosib hissa
qo‘shgan ustoz baxshilardan biri Muhammadqul Jonmurod
o‘g‘li Po‘lkandir. Po‘lkan dostonchilik tarixida kamdan
kam uchraydigan iste’dod egasi edi. U yetmishdan ortiq
dostonlarni yod bilgan, o‘nlab termalar ijod qilgan noyob
baxshi edi. Vatanparvarlik ruhida yaratilgan uning «Temir -
xon podsho» dostoni keyinchalik «Chambil qamali» nomi
bilan e’lon qilingan va bir necha yillar davomida o‘rta mak-
tablarning adabiyot dasturidan o‘rin olgan.
Muhammadqul Jonmurod o‘g‘li Po‘lkan 1874 yilda
Samarqand viloyatining Xatirchi tumanidagi Qatag‘on
qishlog‘ida tug‘ildi.
U ota-onasidan yoshligidayoq yetim qoldi. Turmush
qiyinchiliklari Muhammadqulni o‘n yoshga to‘lganidanoq
mehnat bilan shug‘ullanishga majbur qildi. Taxminan 1884
yildan boshlab tirikchilik o‘tkazish maqsadida goh dehqon-
chilik, goh podachilik bilan shug‘ullandi. Baxshilarning
aksariyati podachilik bilan kun o‘tkazishar ekan, do‘mbira
chertishni mashq qilishgan. Keng dala. Asosiy yumush
qo‘y-echkilarning tarqab ketmasliklariga ko‘z-quloq bo‘lib
turishdan iborat. Shu bois kuni bo‘yi vaqtning o‘tishi uchun
do‘mbira chertishni mashq qilish ma’qul hisoblangan.
Po‘lkan ham turmush alamlarini do‘mbira chertishdan
olgan bo‘lsa, ajab emas.
Undagi baxshilik iste’dodini sezgan Qo‘rg‘on doston-
chilik maktabi vakili ustoz san’atkor Jassoq baxshi
Muhammadqulni o‘ziga shogird qilib oladi. Shundan keyin
yosh Muhammadqul hayotida o‘zgarish ro‘y beradi. Uning
oldida hayotdan ko‘zda tutgan maqsad paydo bo‘ldi. Bu
maqsad yosh yigitni kechayu-kunduz mehnat qilishga chor-
ladi. Jassoq tarbiyasida to‘rt yil muttasil doston aytish sir-
larini o‘rgandi. 25 yoshida baxshilik sinovidan o‘tib, mus-
taqil baxshi sifatida nom qozona boshladi. Ammo Muham -
135


madqul nihoyatda o‘ziga talabchan inson edi. Shuning
uchun mustaqil baxshi bo‘lishiga qaramay o‘z ustozi
huzuriga tez-tez borib uning bisotidagi dostonlarning ham-
masini o‘zlashtirmaguniga qadar tinchimadi. Nihoyat,
Jassoq baxshi bilgan hamma asarlarni yod oldi, ba’zan
ularga o‘zining xohishi bilan ayrim yangiliklar kiritib kuy-
lab yurdi. Lekin hayot unga yana bir sinovni tayyorlagan
edi. Otasidan meros bo‘lib qolgan bir parcha yerdan keladi-
gan daromad ro‘zg‘or tebratishga yetmay turgan bir paytda
birinchi jahon urushida qatnashayotgan chor Rossiyasi
Turkiston o‘lkasidan mardikorlikka olish haqida farmon
chiqaradi. Qishlog‘idagi Bo‘riboy ismli bir kimsa mardikor -
likka beriladigan pulni to‘laydi va uning o‘rniga 40 yoshni
qoralagan Muhammadqul front orqasida qora ishlarni
bajarish uchun jo‘natiladi. Bu safar natijasi sifatida baxshi -
ning «Mardikor» dostoni yaratiladi. Unda oq podshoh zul-
miga, o‘zbek xalqiga hech qanday aloqasi yo‘q urush
tashvishlariga bo‘lgan norozilik o‘z ifodasini topgan.
Po‘lkan nomi esa mardikor yurgan zamonlardan xotira
sifatida unga taxallus bo‘lib qoladi. Bu so‘z «polk» so‘zidan
olingan edi.
Ammo bari bir baxshining mahorat darajasi u ijro etgan
an’anaviy dostonlar mezoni bilan o‘lchanadi. «Alpomish»,
Go‘ro‘g‘li turkumidagi «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi», «Misqol
pari», «Gulnor pari», «Yunus pari», «Avazxon», baxshi alo-
hida mehr bilan ijro etgan «Yodgor», «Shayboniy»,
«Qironxon», «Kuntug‘mish» kabilar shular jumlasidandir.
Har bir baxshi o‘z xalqining yoshlarini tarbiyalovchi asil
farzanddir. Po‘lkan o‘zining ustozidan Qo‘rg‘on dostonchi-
lik maktabiga xos usullarni mukammal o‘rgangani uchun
butun ijodi davomida yoshlarni ajdodlarimiz qadriyatlariga
nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashga alohida ahamiyat bilan
qaradi. Ayniqsa, «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostoni bu soha-
da ibratlidir. Xususan, baxshi yashagan hududda Go‘ro‘g‘ -
lining kelib chiqishi tarixini bilishga qiziqadiganlar juda ko‘p
edi. Dostonda esa Go‘ro‘g‘lining dunyoga kelishi, uning
yoshligi haqida hikoya qilinadi. Xalq xaloskori — Go‘ro‘g‘li
va G‘irot qahramonligini tasvirlash esa o‘zbekning ota-
bobolari nechoqlik mard va jasur ekanliklarini ko‘rsatish
vositasi bo‘lgan. Vatanni asrash, e’zozlash baxshi dostonla -
rining bosh g‘oyasini tashkil etdi. Jumladan, «Chambil
qamali» dostonidan quyidagi parcha fikrimiz dalilidir:
136


Yovgarchilik bo‘ldi endi, yoronlar,
G‘ayrat qiling turkman
1
elning xotini...
Qovoqlarni uyinglar,
Qiz-xotinni jiyinglar,
Po‘pakni yig‘ib tashlab,
Sochni boshga tuyinglar.
Xotinlikni qo‘yinglar,
Sarboz anjom kiyinglar,
G‘ayrat qiling ayollar.
Dostonda safarga chiqqan Go‘ro‘g‘lining Chambilda
yo‘qligidan foydalanmoqchi bo‘lgan dushmanga qarshi
Yunus pari ayollarni safarbar qiladi. Go‘ro‘g‘lining yo‘qli -
gini bilintirmaydi. Chambilni dushman qo‘liga topshirmay-
di.
Muhammadqul Jonmurod o‘g‘li Po‘lkan kuylagan dos-
tonlar faqat mazmunan emas, badiiy jihatdan ham mukam-
mal edi. Baxshi hayratomuz mubolag‘alar, chiroyli sifat-
lashlar, o‘xshatishlarni qo‘llashda tengi yo‘q edi. Jumladan,
xalq maqollari uning she’riy misralariga shunday singib
ketar ediki, shoir mahoratiga qoyil qolmaslik mumkin
bo‘lmasdi:
Ot boshiga kun tushsa,
Suvliq bilan suv ichar.
Er boshiga kun tushsa,
Etik bilan suv kechar.
Po‘lkan shoir hayoti va ijodi haqida folklor-
shunosligimiz otasi Hodi Zarifov, Buyuk Karimov, Mansur
Afzalov, keyinchalik O. Sobirov, M. Saidov kabi olimlar
samarali tadqiqot ishlarini olib borganlar. Undan yozib
olingan va nashr qilingan terma va dostonlar soni yuzdan
ortiqdir. Xullas, Po‘lkan ustoz baxshilar qatoridan munosib
o‘rin egallashga haqli so‘z san’atkoridir. U 1941 yilda vafot
etdi.

Yüklə 461,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin