Lirik qo‘shiqlar
Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, xalq qo‘shiqlarining
hamma turi qaysi mavzuni yoritishidan qat’i nazar, lirik
asarlar namunasi hisoblanadi. Fol
klorshunoslikda lirik
qo‘shiqlar namunasi tilga olinar ekan, sevgi-muhabbat
mavzusidagi qo‘shiqlarni nazarda tutish odat tusiga kirgan.
Bu o‘rinda sevgi-muhabbat qo‘shiqlarida his-tuyg‘u, ichki
kechinmalar, muhabbat hissiga ega bo‘lishdan mamnunlik
kayfiyati yetakchi o‘rinni tutishi muhimdir. Har bir inson
balog‘at yoshiga yetganida muhabbat tuyg‘usining paydo
bo‘lishidan qoniqish hosil qilmog‘i lozim. Shuning uchun
qizni sevish yoki sevilish, ishq savdosiga yo‘liqish tashvish-
lari insonni shoirlikka undaydi. Binobarin, ishq-muhabbat
mavzusidagi xalq qo‘shiqlarini ana shu tashvish, lazzat den-
gizida suzgan insonlar, ya’ni yigit va qizlar yaratgan, de
-
yishimizga to‘la asosimiz bor. Bo‘lmasa, xalq orasida «suy-
gan qo‘shiqchi, kuygan baxshi» kabi hikmatli so‘zlarni
yashab kelishiga asos topilmasdi. Lirik qo‘shiqlar matnini
o‘rganish bu qo‘shiqlarni faqat muhabbat tuyg‘usini yurak
qon tomirlaridan his qilgan shaxslar yaratishi mumkin,
degan xulosaga olib keladi. Bir misolga murojaat qilaylik:
Yurakkinamning taftiga tandir qiziydi,
Ko‘zginamning yoshiga o‘rdak suziydi.
Yuqoridagi misralarni xirgoyi qilib aytgan shaxs yigit
yoki qiz bo‘lishidan qat’i nazar, shubhasiz muhabbat deb
atalmish sirli va gashtli olam go‘shasida sayr qilgan bo‘lishi
ajab emas.
95
Muhabbat qo‘shiqlari odatda bir shaxs tomonidan kuy
jo‘rligida ijro etiladi. Ammo mashhur qo‘shiqlar gap-gash-
taklarda, turli munosabat bilan kichik doirada o‘tkaziladi-
gan yig‘inlarda jamoa bo‘lib ijro etilishi mumkin.
Ma’lumki, lirik qo‘shiqlar xalq og‘zaki ijodining mus-
taqil janri sifatida bir qator xususiyatlarga egadir:
1. Lirik qo‘shiqlar deb atalmish xalq poetik she’riyatiga
mansub asarlarda inson ruhiy olami, uning ishqiy kechin-
malari aks etadi.
2. Agar boshqa mavzudagi qo‘shiqlar, ba’zan uch (kelin
salomlar), olti va sakkiz misralardan iborat bo‘lsa, ishqiy
mazmundagi lirik qo‘shiqlar to‘rt misradan tashkil topadi.
3. Biz nazarda tutayotgan lirik qo‘shiqlar asosan to‘rt
misrada tugal fikr anglatish imkoniyatiga egadir:
Dayraning ul yuzidan sel keladi,
Sel bilan ikki o‘rdak teng keladi.
O‘rdakka o‘rdak munosib, g‘ozga g‘oz
Yigitga qayliq munosib, qizga noz.
Ammo lirik qo‘shiqlar qatoridan bir necha bandlardan
iborat bo‘lgan asar namunalari ham o‘rin olgan. «Galdir»,
«Sumbula», «Omon yor» kabi qo‘shiqlar shular jumlasidan
hisoblanadi.
4. Agar «Bo‘zchi» qo‘shig‘ini faqat bo‘z to‘quvchi
kosib lar, «churiya»ni echki sog‘uvchi ayollar mehnat faoliy-
ati davomida ijro etishsa, lirik qo‘shiqlar kasb, payt, o‘rin
tanlamaydi: ularni istalgan vaqtda istagan shaxs xohishiga
ko‘ra baland ovoz bilan yoki hirgoyi qilib aytaveradi.
Ma’lum bo‘ladiki, lirik qo‘shiqlarning ommalashuvi boshqa
mavzudagi she’riy asarlardan ko‘ra kengroq imkoniyatga
egadir.
Xalq orasidagi «Laylini Majnun ko‘zi bilan ko‘r», degan
hikmatli gap bor. Haqiqatan ham, muhabbat dardiga
yo‘liqqan kimsa tasavvurida o‘zining sevgi lisidan go‘zalroq,
aqlliroq, donoroq odam dunyoda yo‘qdek ko‘rinadi.
Shuning uchun ham xalq lirik qo‘shiqlarida sevgilisi —
qizning «qaldirg‘och qanoti»dek qoshlari, yangi tandirdan
uzilgan «shir
moy»dek yuzlari, «Arslonbob asali»ning
mazasini beruvchi lablari oshiq yigit tomonidan ehtiros
bilan kuylanadi.
Ayni paytda, yosh qizlarning nigohi yigitning «Beqasam
to‘ni»ga, «maysadek kiprigi»ga, «marvariddek tishi»ga
tushadi va go‘zal qo‘shiq namunasi yaratiladi.
96
Masalan:
Qoshingni qaro deydilar
Qora qosh ukam, yor-yor,
Ko‘rsat qoshingni bir ko‘rayin,
Jonim ukamey, yor-yor.
Yoki:
Beqasam to‘nlar kiyib,
Muncha meni kuydirasiz,
Gohi-gohida bir qarab,
Voy, beajal o‘ldirasiz.
Qadim zamonlardan ma’lumki, bir-birini sevgan oshiq-
ma’shuqlar hamisha ham turmush qurish baxtiga muyassar
bo‘lavermaydilar. Shuning uchun lirik qo‘shiqlarda o‘ta
yuqori emotsional kayfiyat bilan bir qatorda dard, hasrat,
alam ohanglari ham o‘rin olgandir:
Oq ilon, oppoq ilon,
Oydinda yotganing qani?!
Sen meni yomon deding,
Yaxshini topganing qani?!
Lirik qo‘shiqlarda faqat go‘zal yorning tashqi qiyofasi
o‘z aksini topadi desak, to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki shunday
qo‘shiqlar borki, ularda sevikli yorning chaqqonligi,
mehnatsevarligi, odobliligi ham o‘z ifodasini topadi:
Gulijon o‘zi chaqqon,
Qoqi gulini taqqan.
Bir kulishi bor uchun,
Oyijoniga yoqqan.
Bir qator xalq lirik qo‘shiqlari yigit va qizlarning
aytishuvlaridan ham iborat bo‘lishi mumkin. Bu qo‘shiqlar-
da iloji boricha yigitlar bir taraf, qizlar bir taraf bo‘lib, so‘z
o‘yinida bir-birlaridan g‘olib kelishga urinadilar. Aslini
olganda, bunday aytishuv qo‘shiqlari yigit-qizlarga hayot
go‘zalligi haqida, bu go‘zallikdan bahramand bo‘lish haqi-
da ma’lumot beruvchi lirik parchalarni eslatadi:
Ko‘zingni shahlo deydilar,
Shahlo ko‘z ukam, yor-yor.
Ko‘rsat ko‘zingni men bir ko‘ray,
Jonim ukam ey, yor-yor.
Ko‘zimni ko‘rib nima qilasiz,
Siz akajonim, yor-yor?
97
4—Xalq og‘zaki poetik ijodi
Tog‘da ohu ko‘zlarini,
Ko‘rmabmidingiz, yor-yor?
Yuzingni qizil deydilar,
Qizil yuz ukam ey, yor-yor.
Ko‘rsat yuzingni men bir ko‘ray,
Jonim ukam, ey, yor-yor.
Yuzimni ko‘rib nima qilasiz,
Siz akajonim, yor-yor?
Bog‘lardagi qizil gulni,
Ko‘rmabmidingiz, yor-yor?
Shunday qilib, lirik qo‘shiqlar asrlar davomida yosh
yigit-qizlar o‘rtasidagi bir-birlariga bo‘lgan ehtirosli muno -
sabatlarning badiiy ifodasi sifatida yashab keldi va
yashamoq da.
Allalarni ham lirik qo‘shiqlar tarkibining go‘zal namu-
nalari sifatida baholash mumkin. To‘g‘ri, folklorshunoslik
ilmida allalarni bolalar folklori sifatida tahlil qilish an’anasi
bor. Ammo ayni choqda, bu asarlarni lirik qo‘shiqlar
namunasi sifatida baholash ham xato bo‘lmaydi. Chunki
alla qo‘shiqlarining matnini o‘rganish, ularni bevosita so‘z
san’ati namunasi sifatida lirik qo‘shiqlar qatorida baholash
ma’qulligini ko‘rsatmoqda.
Ma’lumki, alla yosh go‘dak bolalarga uxlash paytida
ona yoki buvi tomonidan aytiladi. Beshikda bo‘lgan
chaqaloqqa allaning matnidan ko‘ra kuy ohangi ko‘proq
ta’sir ko‘rsatadi. Qo‘shiq matnini bola tushunmaydi. Ammo
alla qo‘shiqlarida farzand ko‘rgan oilaning quvonchi, baxti,
shu bilan birga, dardi, alami va orzulari aks etadi.
Qo‘shiqlarda, avvalo, farzandli bo‘lishning naqadar insonga
quvonch bag‘ishlashi e’tiborimizni o‘ziga jalb qiladi. Allada
shukrona keltirish, taqdir bergan omaddan qoniqish alohi-
da o‘rinda turadi. «Alla» so‘zining Ollohdan kelib chiqqan-
ligi haqidagi fikrlar ham yuqoridagi mulohazada o‘z tas-
dig‘ini topadi, deb o‘ylaymiz.
Dostları ilə paylaş: |