Xalq pedagogikasining didaktiv imkoniyatlari



Yüklə 154 Kb.
səhifə1/5
tarix06.04.2023
ölçüsü154 Kb.
#94010
  1   2   3   4   5

XALQ PEDAGOGIKASINING DIDAKTIV IMKONIYATLARI

Reja:




KIRISH

ASOSIY QISM

1.

Xalq pedagogikasining paydo bilish tarixi

2.

Xalq og’zaki ijodi va uning bola tarbiyasidagi o’rni

3.

O’zbek xalq pedagogikasida urf-odatlarning o’ziga xos o’rni

XULOSALAR

ADABIYoTLAR

KIRISh

Prezidentimiz I.A. Karimov: “Biz tariximiz, madaniyatimizni o’zimiz uchun va butun dunyo uchun qayta tiklayapmiz... ...Ularni asrab-avaylash, ko’paytirish, ana shu ma‘naviy xazinadan mumkin qadar ko’proq odamlarni baxramand etish nechog’lik muhim ekanligini anglab yetdik”,-degan edi.


Milliy istiqlol tufayli ana shu vazifalarni tula amalga oshirish imkon tug’ildi. Milliy o’zlikni anglash imkoniga ega bo’ldik. Xalq pedagogikasi manbalarni o’rganish ushbu vazifalarni amalga oshirishga yanada ko’proq imkon beradi.
Milliy istiqlolgacha xalq pedagogikasi manbalarini sinfiy kurash haqidagi ta‘limot asosi.da baholab keldik. Barcha ma‘naviy qadriyatlarni ikki zid qismga ajratish oqibatida, ularning ko’pchiligidan maxrum bo’ldik. Oqibatda xalq tarbiya usullari eskilik sarqiti deb qaraldi.
Etnopedagogika manbalari xalq ma‘naviyati va madaniy boyliklarining tarkibiy qismidir. Xalqning o’zi hayot ekan uni yo’qotib bo’lmaydi. Etnopedagogika asarlari xalq og’zaki ijodi maxsuli bo’lib, og’zakichilik asosida avloddan-avlodga o’tib kelgan. Shu jarayonda uning turli janrlari afsona, rivoyat, ertak, doston, maqol, matal, topishmoq, olqish, qarg’ish, marsiya, aytishuv, naql, latifa, askiya, lof, erkalama, masxaralama, ovutmachoq, sanama, chorlama, tez aytish, marosim va mavsumiy qushiq va aytimlar vujudga kelgan. Ularning mazmunida pedagogik fikrlar targ’ib etilgan. Modomiki shunday ekan, ularni xalq madaniy merosi sifatida ilmiy pedagogik jihatdan o’rganish va ilg’or jihatlaridan pedagogik amaliyotda foydalanish zamon talabi, milliy mafkuramiz taqozasi hisoblanadi. Bo’lajak pedagogik kadrlar etnopedagogika ilmini o’z kasbiy bilimining tarkibiy qismi sifatida o’rganishi zarur bo’ladi.
Xalq pedagogikasida ta‘lim va tarbiya masalalari yaxlit pedagogik jarayonning ajralmas qismlari sifatida talqin etiladi. Shaxsiy namuna, ishontirish, o’rgatish, talab va iltimos, maslahat, va taklif, ma‘qullash, izza berish, rag’batlantirish va jazolash singari rang-barang tarbiya metodlari o’z aksini topganki ulardan xar qadamda pedagogik amaliyotda foydalanish mumkin.
Xalq pedagogikasida komil inson tarbiyasi faqat ota-onaning vazifasi emas, balki butun jamiyatning vazifasi sifatida talqin qilinada. Ayni payt tarbiyada ota-ona, oilaning ahamiyati inkor qilinmaydi. “Qush uyasida ko’rganini qiladi”, “Onasini ko’rib qizini ol”, “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona” singari maqollar shundan darak beradi. Demak, etnopedagogikada tarbiya ijtimoiy vazifa deb qaraladi. Shunga o’xshash fikrlar bilan fanni o’rganish asnosida alohida mavzularni o’rganish jarayonida tanishamiz.

Yüklə 154 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin