Xalq pedagogikasining didaktiv imkoniyatlari



Yüklə 154 Kb.
səhifə2/5
tarix06.04.2023
ölçüsü154 Kb.
#94010
1   2   3   4   5
Tadqiqot maqsadi: O’zbek xalq pedagogika va uning tarbiyaviy imkoniyatlari hamda istiqbollarini tadqiq etish
Tadqiqot obyekti: O’zbek xalq pedagogikasi manbalari, g’oyalari va tamoyillari
Tadqiqot predmeti: O’zbek xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlari va istiqbollari
Tadqiqot vazifalari:
1. Mavzuga oid ilmiy-nazariy manbalar, darslik va qo’llanmalar hamda ilmiy tadqiqot ishlarini tahliliy o’rganish;
2. Xalq pedagogikasining paydo bo’lish tarixini yoritish;
3. Xalq og’zaki ijodi va uning bola tarbiyasidagi o’rni va ahamiyatini tadqiq etish
4. O’zbek xalq pedagogikasida urf-odatlarning o’ziga xos o’rnini aniqlash.
Tadqiqotning metodologik asoslari: O’zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni, o’zbek xalq pedagogikasi manbalari, pedagogika va pedagogika tarixiga oid manbalar, o’zbek xalq pedagogikasi sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlari.


ASOSIY QISM
1. Xalq pedagogikasining paydo bilish tarixi
O’zbek xalq pedagogikasi kamrovi nihoyatda keng, bag’oyat serkirra va serjilo tushuncha bulib, u shu xalq paydo bulgan butun davrni uz ichiga oladi. Xalq donishmandligi va odobnomasining bu nodir sohasi ijtimoiy va maishiy-axlokiy hayotning barcha tomonlarini, xalq og’zaki ijodi, kadrshunosligi, udumshunosligi va marosimshunosligi yetakchi yunalishlarini, diniy-ahlokiy ta’limotni kamrab olishi bilan xarakterlanadi.
U xalqimizning asrlar davomida tuplangan boy tajribalarini, ijtimoiy-siyosiy, axlokiy, falsafiy, m’rifiy, estetik, ma’naviy hamda jismoniy yetuklik borasidagi karashlarini, tajriba-xulosalarini, lunda, ammo bag’oyat teran, donishmandnoma tarzda ifodalaydi. Ilk bor yaratilayotgan uzbek xalq pedagogikasida dono xalqimizning ta’lim-tarbiya, axlok, odob, inson kadriyatlari va uning ma’naviy ustivorligi, iymon-e’tikodi butunligi sohasidagi dunyokarshi, amaliy faoliyati, usul-metodlari, an’analari tabarruk islomning oob-axlok, ilmu fan tarakkiyotidagi ta’limotiga bog’lik holda, mukaddas Kur’oni karim va payg’ambarimiz Muhammad Rasululohning muborak hadisi shariflariga suyangan holda yoritish muljallangan.
Ma’lumki, xalqning pedagogik karashlari uzok asrlar davomida shakllangan va ular bizga alohida kullanma-dastur yoxud darsliklar shaklida yetib kelmay, balki asosan xalq og’zaki ijodiga kiruvchi turli janrlardagi asarlar, elshunosdan, kadrshunosdan, udumshunoslar hatida saklab kolingan hamda ollohning suzi bilan bulgan Kur’oni karim va payg’ambarimizning hadislarida uz ifodasini topgan.
O’zbek xalq pedagogikasi uzining yunalishi, ibratli xulosalrga boyligi, bebaho asarlari, ma’no-mantik jihatdan mukamalligi, teranligi, uslub, odobnomasi, ibratnomasi bilan har kanday millat, el havas kilsa arziydigan buyuk merosdir.
Xalq pedagogikasi hayotning, tafakkurning, odob-ahlok, ta’lim-tarbiyaning hamma jabhasini, barcha muammolarini kamrab olish bilan xarakterlanadi. Uning oldiga kuyilgan maksad vazifasi anik, ravshan, ayni chog’da xayrli, savobliva iohiydir: hayot guli, sarvari, egasi insonni yuksak fazilatlar ruhida tarbiyalashdir.

  1. Xalq pedagogikasi yosh avlodni tarbiyalash, ularni mustakil mehnat faolyatiga tayyorlashning juda kup vositalari, metodlari va usullariga ega. Xalq pedagogikasida tarbiyalanuvchilarni ishontirish, kuniktirish, ular xulki, mehnati va xatti-harakatlrini rag’batlantirish hamda baholashning vositalari va metodlri ham kadimdan ma’lum.

Xalq pedagogikasining asosiy koidalaridan biri bolalarni uz tengkurlari muhitida tarbiyalash bulgan. Bolalar muhitida turli uyinlardan foydalanilgan. Tarbiyalanuvchining xatti-harakatlari xalq ma’naviyatiga muvofik bulishi uchun birinchi galda uni uz xulki tug’riligi yoki notug’riligiga ishontirish, unda axlokiylik va axlokiysizlik, adolat va adolatsizlik holda anik tasavvur hosil kilish lozim. Tarbiyalanuvchilarni ishontirish uchun xalq ahlokiy-estetik me’yorlarini tushuntirish, ugitlar berish, eslatish, iltimos, istak bildirish, talab kilish, maslahat va boshka tadbirlar kullanadi. Bolalar katta yoshli kishilar xulki va xatti-xarakatlarini, hatto uzaro suhbatlarini ham muntazam kuzatish natijasida anchagina ahlok me’yorlarini mustakil uzlashtiradilar. Serfarzand uzbek oilasida shakllangan yana bir insoniy fazilat kattalarning kichiklarga mehribonligidir. Ota-ona doimo bolalariga, aka-opalar uka-singillariga g’amhurlik kiladilar.
Ma’lumki, ruzg’orda, ayniksa kup bolali oilada mayda-chuyda ishlar nihoyatda kup buladi. Hovli supirish, uy tozalash, kiyim-kechaklarni yuvish, ovkat pishirish va boshka kundalik ishlarni kupincha bollar bemalol bajarishlari mumkin. Fakat ularni shunday ishlarni bajarishga urganish va kuniktirish joiz. Keksalarni hurmat kilish, ular maslahatlari, yul-yuriklariga binoan ish tutish va unga amal kilish kadimdan uzbeklarga xos odat bulib kelgan. Kattalarning ma’naviy-axlokiy me’yorlarni tushuntirish, kam gapli bulishi, fikrlar kiska ifodalanish kerak degan holda mavjud bulgan va unga amal kilgan.
Tushuntirish mehnat tarbiyasida katta urin olgan masalan: ona uzining kiziga u yoki bu taom kanday pishirilishi, unga nimalar solinishi, kancha vakt kaynatilishi, kir yuvishda uni kanday sikish kerakligini tushuntirgan. Kattalarning maslahatlaridan jismoniy tarbiyada kup foydalangan. Ota-onalar, oiladagi kariyalar, ota-bobolarning tajribalari asosida yoshlarga sog’liklarini mustahkamlash, kasalliklardan saklanish va organizmni chiniktirish bolalarning uz xatti-harakatlarining tug’ri yoki notug’riligiga, adolatli yoki adoltsizligiga ishontirishning asosiy usullaridan biri hisoblangan.
Xalq pedagogikasida iltimos va istak doim birgalikda bulavermagan. Kupincha ulardan alohida–alohida foydalangan. Ota-onalar aksariyat hollarda uz bolalariga iltimos tarikasida topshiriklar berishgan.
O’zbeklar kupincha uz nutklarida sha’ma kilishgan. Bolalarni tarbiyalashda undan foydalangan kishilar sha’ma kilish bevosita kursatma berishdan kuchlirok ta’sir etishni bildirganlar. Sha’madan uz urnida foydlanish bolada muayyan hissiy kuzg’alishni vujudga keltiradi, uni uzining xulki va xatti-xarakatlarini jiddiy tahlil kilishga majbur etadi hamda kamchiliklarini yukotishda yordam beradi.
Ota-onalar hamda yoshi ulug’ kishilarning ijobiy namunasi, katta urtoklarning ibrati tarbiyaning asosiy metodlaridan biri bulgan.
Kattalar bolalarning urtoklari bilan ahil bulib uynashga yer chopish, ekin ekish, hosil yig’ib-terishda hamkishloklariga yordamlashishga, uz suzida turish, mehmon kutish, sabr-tokatli bulish, irodalilikka odatlantirish uchun harakat kilganlar va bunda turli mashg’ulotlardan foydalanganlar.
Bolalarning mashklari, xususan, mehnat tarbiyasida va akliy tarbiyada katta urin tutgan. Bolalar mustakil holda yoki kattalar yordamida toushlarni hamda suzlarni tug’ri talaffuz etishni, uz fikrlarini anik ifodalashni mashk kilganlar.
Xalq pedagogikasida sinash metodiga ham katta ahamiyat berilgan. jismoniy tarbiyada mehnat, shuningdek, turli uyinlar ot poygasi, kamon otish, ov kilishlar sinash vositasi sifatida xizmat kilgan.
Xalq pedagogikasida axlokiy tarbiyada jazolash tadbirlaridan ham foydalangan. Jazolashning asosiy usullari tanbeh, ogohlantirish, ta’na kilish, koyish, ayblash va hokoza.
Mana shularga asoslanib xalq bolalarni aqliy, ahloqiy va jismoniy kamol toptirishda xususan sog’lom kishilar kilib ustirishda tan jazosining zararini tushungan deyish mumkin va shuni ta’kidlash kerakki, xalq pedagogikasida ug’il va kizlarni tarbiyalashda talabchanlik, jiddiylik hamda ularga insonparvarlik munosabatlari muvaffaqiyatli ravishda uzviy bog’langan.
Xullas, xalq kup asrdan tarixida tarbiyaning uziga xos vositalari, metodlari hamda usullarini yaratgan va ular asta-sekin tarbiyaning an’anaviy omillariga aylangan. Xalq pedagogikasi tarbiyalashning xilma-xil uzviy vositalaridan, jamlangan metodlari va usullaridan keng foydalangan; xalq pedagogikasida tarbiya uzluksiz va muntazam yusinda bulgan, uning mazmuni esa mehnat kunikmalari hayotiy-maishiy ehtiyojlariga va vazifalariga bog’langan.




  1. Yüklə 154 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin