Xalq pedagogikasining didaktiv imkoniyatlari


O’zbek xalq pedagogikasida urf-odatlarning o’ziga xos urni



Yüklə 154 Kb.
səhifə4/5
tarix06.04.2023
ölçüsü154 Kb.
#94010
1   2   3   4   5
2.3. O’zbek xalq pedagogikasida urf-odatlarning o’ziga xos urni

O’zbek xalq pedagogikasi an’analari, shu jumladan uning ajralmas kismi-og’zaki ijod namunalardagi odob-axlok, ta’lim-tarbiya borasidagi pandnomalar bag’oyat hayotiy, xalqchil va ibratlidir.


Xususan an’anaviy xalq kushiklari va maqollari odobnoma darslari ekanligini, folklarning boshka katta-kichik janrlari boshdan-oyok pandnomaligini unutmasligimiz kerak. Darhakikat, hakikiy insonni shaklantiruvchi odob-axlok to’risidagi xalq karashlari, xalq og’zaki ijodi asarlarida yashab keladi, ularda odob-axlok mavzusi uta donishmandlik bilan keng ishlanganiga guvoh bulamiz.
Kushik janri yoshlarning nafosat tarbiyasida alohida urin egllaydi. O’zbek xalq kushiklari asosan «Alla», «Yor-yor», «o’lan», «Azayig’i» kabi bir necha turda shaklllangan.
Bola dastavval ona «Alla» sini eshitadi. Binobarin, bola kurish baxtiga muyassar bulgan onalarning kay darajada bulmasin «Alla» aytolmasliklarini tasavvur kilish mumkin emas. hatto, kug’irchok uyonashni uddalay olgan jajji kizlar ham «alla» aytish bilan guyo kug’irchoklarini ovuntiradilar va shu orkali kushig’ olamiga ilk bor kadam kuyadilar.
Ona «alla» sining tarbiyaviy roli muhimdir. X asr Markaziy osiyo xalqlarining mashhur mutaffakiri va tibbiyotning buyuk siymosi Abu Ali Ibn Sino ona «alla»sining tarbiyaviy hamiyati hakida bolalarning talabini kondirmok uchun unga ikki narsani kullamok kerakligi, chunonchi: biri – bolani sekin-sekin tebratish, ikkinchisi –uni uxlatish uchun odat bulib kolgan musika –allalashdir, degan fikrni ilgari surgan.
Kushiklar (lirik, marosim, mavsum kushiklari, «Yor-yor» lar, «Alla»lar, yiki-yuklov, sog’im, urim, yanchik, bayram-sayllar kushiklari, bolalar folklorining namunalari va boshkalar) guzallik, samimiyat, mehr-shafkat, orzu-umid, kuvonch-shodlik, ham-g’ussa armon, kiskasi mahzun va ma’sum tuyg’ularni tarannum etish orkali har kanday kishida chukur insoniy tuyg’ularni ustiradi, hayotga, tabiatga, insonga cheksiz muhabbatni kamol toptiradi.
O’zbek xalq pedagogikasida yukoridagi kabi folklor janrlari bilan bir katorda bola yashab turgan muhit-sharoitning vositachi roli ham mavjudki, ular yoshlarning ma’naviy fazilatlarini shakllantirishda katta va samarali tarbiya vositasi hisoblanadi.
Shular jumlasiga: bolalar uyinlari (kup turda), choyxurlik (choyxona gurungi), bolalar gapi (gap aytish), bolalar majlisi, mehmondorchilik, hashar kabilarni kiritish mumkin.
Kolaversa, xalqning milliy urf-odatlari, turli marosimlari, n’analari, bayram va marosimlar bolalar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Chunonchi:
a) tuy marosimlari – beshik tuyi, sunnat tuyi, nikoh tuyi, hovli tuyi;
b) sayllar – dala sayli, gul sayli, kovun sayli;
v) yig’in (tomosha, tug’ilgan kunni nishonlash), yigit bazmi, kiz bazmi (majlisi), kelin salom, ulok, poyga, kurash, turli shakldagi musabokalar;
g) aza marosimi, ma’rakasi;
d) safarga chikish, ovga borish, ommaviy yig’inu tomoshalarga borish hamda bayramlar. (Ruza hayit, kurbon hayit, navruz).
Bunday davralar yoki yig’inlarning tarbiyaviy ta’siri katta bulgan va hozir ham uz ahasiyatini yukotgan emas.
Biz xalq pedagogikasining sharkona va turkona an’analari, oilaviy-maishiy yunalishlari, xalqning uziga xosligining milliy tuylarimiz, ommaviy bayram –sayillari, marosimlar, urf-odatlar va udumlarda ifodalash, xalq sport, jismoniy tarbiyaning turgan urni, milliy maktab muammolari kabi juda dolzarb, zarur va kerakli masalalar hamda kiskacha tuxtalib utishni lozim deb topdik.
Bular xalq og’zaki ijodida yosh avlodni ma’naviy-axlokiy tarbiyalash va tarbiya usullri, insoniy kadriyatlar va yurtsevarlik tarbiyasi, dust-birodarlik, ahillik, mehntsevarlik, kasb-hunarga muhabbat, halollik, tug’rilik, olijanoblik tarbiyasi, adolat, insof, dust-birodarlik, botirlik, saxiylik, kamtarlik, sabr-kanoat, muhabbat, vafo, or-nomus, samimiylik, uzlashish, yurish-turish, salomlshish kabi kadriyatlardir.
Milliy bayram va an’analar donishmandlik manbai, hayot sabog’i. Tarixiy tarakkiyotning hal kiluvchi kuchi hisoblangan xlk ommasi-milliy bayram va an’analar ijodkoridir.
Xalq uz bayram va an’analarini kuz korachig’idek asrash, avlodlarga meros kilib koldirishga harakat kildi.
Shaklar milliy, mazmunan umuminsoniy kadriyatlarni uzida mujassamlashtirgan xalq an’analari, urf-odatlari va marosimlari jahon madaniyati xazinasiga kushilgan buyuk hissa bulib hisoblanadi.
O’zbek xalqining milliy an’analari ijodiddan avlodga, bobodan otaga, otadan bolaga utib kelmokda va yoshlarni tarbiyalashda katta rol uynamokda. Zero xalqimizning madaniy merosini chukur bilmasdan miliy uzligini anglash va milliy g’urur tuyg’usini karor toptirish mumkin emas.
Har bir millat va elat uziga xos bayram, urf-odatlariga ega. Milliy bayram va an’analar.
Navruz bayrami, ruza hayit, kurbon hayit, mustakillik kuni:
Nikoh tuyi, kelinchak kulidan choy ichish, chorlar, kizlar majlisi shular jumlasidandir:
Yosh avlodning ma’naviy va xlokiy kamol topishiga ta’sir etuvchi an’analar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Gul sayli uzbeklarning kadimiy bayrami hisoblanadi, bu esa xalqimizning tabiat guzalliklari 5 dan zavk olishi, uta nozik ta’bligidan dalolat beradi. Lola sayli aslida Navruzning davomi, uning jralmas kismi bulgan bu bayrami hamal oyi oxirlarida, dala-kirlarda lolalar kiyg’os ochilgan bahor ayyomida utkazilgan.
Marosimlar – an’analarning yana bir kurinishdir. Marosim urf-odatning amaliy ifodasi.
Marosim kat’iy tartib – koida, oldidn belgilangan rasm-rusumlar, rejalashtirilgan taomlar bulib muayyan me’yor asosida utkaziladi. Marosimlar tantanali yoki kayg’uli bulishi mumkin. Marosimchilik har kanday g’oya pand-nasihatlardan, afsona va rivoyatlardan kura kishi kalbiga chukur, kuchli ta’sir etadi va mustahkam saklanadi. Bilim egallashga odatlanish, lafzi halollik, mehnatsevarlik, insonparvarlik, mehmondustlik - uzbek xalqini eng yaxshi fazilatlaridir. Yoshlarni yuksak axlok-odob ruhida tarbiyalash – kattalarning azaliy burchi. Milliy an’analar hayot sabog’i, kuchli tarbiya vositasi hisoblanadi.

  1. Xalq ohzaki ijodida dostonlarning urni va ularning bola tarbiyasidagi roli.

  2. Afsonalarning paydo bulishi tarixi va ularning tarbiyaviy ahamiyati.

  3. Xalq dostonlari va afsonalaridan namunalar.

Yurtimiz O’zbekiston mustakkilikka erishgandan keyin tarixiy hakikat va adolatni tiklash uchun umumxalq yurishi boshlandi. Ming yillar davomida yaratilgan xalqimiz koni va joniga aylangan ma’naviy durdonalarga yangicha karala boshlandi. Milliy an’analarning kadri kutarilishi kerakligi e’tirof etildi.
Ma’lumki, xalqning pedagogik karashlari uzok asrlar davomida shakllangan va ular bizga alog’ida kullanma, dastur yoxud darsliklar shaklida yetib kelmay, balki asosan xalq og’zaki ijoodiga kiruvchi turli janrlardagi asarlar tarzida yetib kelgan. Xalq og’zaki ijodiyoti asrlar buyi mehnat jarayonida insonni orzusi negizida shakllanib borgan, barkamol insonga karatilgan xlk og’zaki va yozma yodgorliklarida, ya’ni ertak, doston, kushik, topishmok, tez aytish, masal, matal, maqol va hikoyalarda uz aksini topgan. Xalq og’zaki idodiyoti asta-sekin tus olib, rivojlanib borgan. Xalq og’zaki ijodiyotida avvalo komil inson uchun ilm va hunar zarurligi, donishmandlik, akl va zakovat alohida urin egallaydi. Ma’lumki, ota-bobolarimiz kadim zamonlardan yaxshilikni yomonlikka, ma’rifatni jaholatga, nurni zulmatga karma-karshi kuyib, hamisha ma’rifatu-ziyoni, adolatu-ezgulikni olkishlab kelgan. O’zbek xalq og’zaki ijodidagi har bir janr bir olam, odob, ta’lim-tarbiyaning uziga xos darsligi deyish mumking. Xalq odobnomasi va ibratnomasining bu boy, teran, serma’no, mazmunli sohasi insonni har tomonlama tarbiyalash, kamolga yetkazish, ma’naviyatimizning ustivor, iymon’e’tikodimizning butun bulishligini, kadriyatlarimizning kadrlanish garovidir.
Afsona va dostonlarning paydo bulishi tarixi
«Afsona – nima va u kachon paydo bulgan?» - degan savolga javob izlash uchun avvalambor bu purma’no suzning ma’nosini chukur bilib olishimiz zarur. Afsona – og’izdan og’izga utib kelgan fantastik ba’zan diniy mazmundagi hikoya bulib, aslida sodir bulgani anik, ma’lum bir tarixiy vokea, yoki utgan trixiy shaxs hayoti bilan uzviy bog’lik buladi. Bobil minorasining kurilishi, Nuhturoni yoki Samarkandda Shohizinda mozori bilan bog’lik afsona bulsi, bularning har birining asosida tarixiy dalil-hakikat yotganligidan dalolat beradi. Ingliz adibi Chesterton aytganlaridek, afsona har kanday dalildan ham tarixiyrokdir. Dalil yolg’iz bir odam hakida suz yuritsa yoki u odamlar katnashgan vokea hakida ma’lumot bersa, afsona yuzlab va millionlab odamlar takdiri hakida, vokeani sodir kilgan odamlar hakida hikoya kiladi. Tarixi fakat xalq xotirasi ramzi bulmish afsonalar, rivoyatlar yordamidagina moddiy mohiyatini kashf eta oladi. Inson xotirasi afsonalarga hamnafas bulgandagina tirikdir. Afsona uzaro bog’lanishi asosida inson bilan vakt bog’lanishidir. «Tarix, deb yozadi N.Berdiyev, tom ma’nodagi afsonadir. Bola tarbiyasida afsonalarning roli, ahamiyati juda kattadir. Bola afsonalar orkali uz tarixini yaxshi urganadi, dunyokarashi kengayadi, axlokiy tarbiya oladi. «Chistoni elik-bek», «Baraktom kal’asi», «Xubbi Afsonasi». Amir Temur bobomiz hakidagi afsonalar yosh avlod tarbiyasida muhim urin tutadi. O’zbek xalq dostonlarining yaratilishi xalq og’zaki ijodiyoti tarixida noyob uchraydigan hodisalardan biri bulib, ular tarakkiyot xazinasiga kushilgan bebaho kushgan hissadir. Alpomish, Gurug’li, Erali va Sherali, Rustamxon, Zaydixon dostonlari shular jumlasidandir.
Biz xalq dostonlarini kuzdan kechirar ekanmiz, xalqning nom kuyish odatiga keng urin berilganini kuramiz. Shark xalqlari xususan uzbek xalqida shunday odat bor: bolalarga oiladiga kattalar, elu yurt urtasida mu’tabar bulgan kishilar, e’tiborli kariyalar nom kuyadilar. Bu kadimdan kolgan rasmdir.
Masalan: «Erali va Sherali» dostonida aytishicha, usha zamonning rasmiga kura bolaning birini podshoh uz kuliga olib, birni xotiniga kutartirib, ipak alvon chodirlarning ichidan haloyikka karab, bolalarga munosib ot kuyishni suradi.
Birisini berdim, haylo gulima,
Birisini uzim oldim kulima.
Bir maslahat sizlarday el-kunima,
Birodarlar, ot kuyinglar ug’lima.
Ba’zilar aytdi: egizak bulganidan keyin Hasan-Husan buladi deb, ba’zi birlar Shamsi va Kamar deyishadi. Hyech birining degani podshoga yokmay turganda, tukson yamokli tun kiygan Chol chikib Erali va Sherali deydi. Bu fikr hammaga ma’kuul buladi.
Doston - uzbek folklorining keng tarkalgan va yirik janrlaridan biri hisoblanadi. Uning yaratilish xalqimizning ma’naviy-maishiy kiyofasi, ijtimoiy-siyosiy karashlari, adolat va hakkoniyat, ozodlik va tenglik, kahramonlik va vatanparvarlik hakidagi ideallari bilan chambar-chas bog’likdir. Barhakikat, hakikiy insonni shakllantiruvchi odob-axlok hakidagi xalq karashlari, xalq og’zaki ijodi asarlari, xususan dostonlarda yashab keladi, ularda odob-axlok mavzusi uta donishmandlik bilan keng ishlanganiga guvoh bulamiz. Buning uchun birgina mashhur «Gurug’li» silsilasiga kiruvchi «Zulayxon» dostoniga nazar tashlash kifoya. Ushbu dostonni mashhur Bahodir va yurtboshi Gurug’lining bolaligi va ilk orzu umidlari, doimiy hamrohi va yuldoshi G’irotga ega bulib, or-nomus, kadr-kimmat va shan’ uchun boshdan kechirgan dastlabki haroyib bahodirliklari kursatgan shijoat-jasoratlari, yuksak bdiiy saviyada aks etgan. Bahodir Gurug’li hali bolaligida hayotning achchik-chuchigi, balan-pastini, yaxshi-yomonni, xiyonatu-diyonatini, razolatu-adolatni, yovuzligu-ezgulikni, rostu-yolg’onni, tug’riligu-ayyorlikni hamisha farklay olmaydi. Unga bularni urgatish uchun murabbiy darkor. Ammo, asosiy tarbiyachilar ota-ona yuk. shu sababli bu vazifani bjarish homiy – Xizr va 40 chilton zimmasiga tushadi. Kirk nasihatda insonni sevish, ardoklash, kadrlash, e’zozlash, uning baxt-saodati uchun kurashish zarurligi kabilar 40 chilton nasihat, duo, olkishlarining asosiy mahzini tashkil etadi. kishilarga muhabbat, dastavval biri akl, biri idrok bulishi, ota va onaga sidkidildan muhabbat, hayot bag’ishlagan azizlarni izzat-hurmatini joyiga kuyishdan boshlanishi insoniy burch ekanligi uktiriladi, isnsonga insonning hurmati, sadokati, mehr-muhabbati ifodlnadi. Bu nasihat, duolar bolalar tarbiyasida katta ahamiyatga ega bulib, ular hozirgi kunda ham uz tarbiyaviy ahamiyatini yukotgani yuk. shuning uchun ham hozirgi paytda tarbiyaga ta’sir kursatuvchi xalq og’zaki ijodiga bulgan e’tibor kuchayib bormokda. Xalq xotirasida saklanayotgan, avloddan-avlodga utib kelayotgan eng yaxshi ertak va dostonlar bolalarni tarbiyalaydi, yaxshilikka, yehnat va hakguylikka undaydi.



Yüklə 154 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin