11-mavzu: Bayrog„imiz – faxrimiz (18 noyabr - O„z.Res. Davlat bayrog„i qabul qilingan kun munosabati bilan). (1 soat) O‗quvchilarda davlat ramzlariga bo‗lgan hurmatni rivojlantirish, O‗zbekiston
Respublikasi Davlat bayrog‗ini yuksaklarga ko‗tarishda ularning o‗rni kattaligini uqtirish,
O‗zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‗i o‗zga yurtlarda ko‗tarilganda g‗urur va iftixor
tuyg‗usini oshirishini singdirish.
12-mavzu: Ertaklar yaxshilikka – yetaklar. (1 soat) O‗quvchilarga orzu va orzusi bo‗yicha tanlagan kasbining mohir ustasi bo‗lib
yetishishlarida, barcha orzularining ro‗yobga chiqishida irodaning , mehnatning, harakatning va
ustozlar o‗gitining o‗rni alohida ahamiyat kasb etishligini va bu jarayonda ertaklarning
ahamiyatini tushuntirish.
13-mavzu: Qomusimiz – baxtimiz (8 dekabr – Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun munosabati bilan). (1 soat) O‗quvchilarda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo‗lish, ularni
o‗rganish va amal qilish tuyg‗ularini tarbiyalash hamda ular ongiga ―jinoyat jazosiz qolmaydi,
har kim qilmishiga yarasha javobgarlikka tortiladi‖ degan qoidani singdirish. 14-mavzu: Madhiyani kuylaylik (10 dekabr - O„z.Res. Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan). (1 soat) O‗quvchilarda davlat ramzlariga bo‗lgan hurmatni rivojlantirish, ular ongiga O‗zbekiston
Respublikasi Davlat madhiyasini har bir fuqaro bilishi, yoddan ayta olishi, hurmat qilishi,
mazmunini anglashi, davlat madhiyasi matni va musiqasi mualliflarini bilishi lozimligini
singdirish.
15-mavzu: Mas‟uliyat nima? (1 soat) Mas‘uliyat tushunchasi. O‗quvchilarga orzu va orzusi bo‗yicha tanlagan kasbining mohir
ustasi bo‗lib yetishishlarida, barcha orzularining ro‗yobga chiqishida mas‘uliyat va irodaning,
mehnatning, harakatning va ustozlar o‗gitining o‗rni alohida ahamiyat kasb etishligini
tushuntirish.