@ustozlar_uchun
Xalq ta‟limi xodimlariga
16-mavzu: Yangi yil muborak (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan).
(1 soat)
O‗quvchilarda yangi yil bayramida ezgu orzular bilan yangi yilga qadam qo‘yish,
maktabning odob-axloq qoidalariga qat‘iy rioya etish, yangi yilda tashkil etilgan bayram
tadbirlarida namunali ishtirok etish xislatlarini tarbiyalash hamda o‘quvchilar ongiga yangi yilda
inson qalbi ham qor kabi oppoq bo`lishi lozimligini singdirish.
17-mavzu: Vatan posbonlari. (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati
bilan). (1 soat)
O‗quvchilar qalbi va ongiga Vatan muvaffaqiyatida o‗zlarining ham shaxsiy burchlari
va mas‘uliyatlari borligini chuqur singdirish, ularda ona yurtga mehr-oqibatli bo‗lish, Milliy
armiyamiz haqida ma‘lumotlarga ega bo‗lish, Vatan muammolarini o‗zinikidek qabul qilish,
Vatan yukini o‗z elkasiga olish, mumkin qadar ona yurtiga foyda keltiradigan shaxs bo‗lib
ulg‗ayish xislatlarini tarbiyalash.
18-mavzu: Mening mahallam. (1 soat)
Xalqimizga xos fazilat. ―Bir bolaga yetti mahalla ota-ona‖, ―Qo‗shning tinch, sen
tinch‖, ―Mening mahallamda yashash yaxshi.‖
19-mavzu: Yaxshi tarbiya - inson ziynati. (1 soat)
O‗quvchilar qalbi va ongiga odob-axloq qoidalariga qat‘iy rioya etish tuyg‗ularini
singdirish, ularni zo‗ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviq qilishga qaratilgan har
qanday xatti-harakatlardan himoya qilish, o‗quvchilarda ichkilikbozlik, giyohvandlik va
―ommaviy madaniyat‖ kabi bizga yot illatlarga qarshi immunitetni shakllantirish.
20-mavzu: Bobolarimiz deydilar… (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan).
(1 soat)
O‗quvchilarda avliyolar avliyosi, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoirlar sultoni Alisher
Navoiyning hayoti va ijodiga bo‗lgan hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali
ularning qalbi va ongiga mehr-oqibat, insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik tuyg‗ularini
singdirish. Shuningdek, ularda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga
hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga ona Vatanga mehr-
muhabbat, millatlararo hamjihatlik, dinlararo bag‗rikenglik g‗oyalarini singdirish.
Dostları ilə paylaş: