25-mavzu: Navro„z – bahor bayrami ( 21 mart – Navro„z bayrami munosabati bilan). (1 soat) O‗quvchilarda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an‘analarimizga hurmat
tuyg‗ularini kuchaytirish orqali ular ongiga mehr-oqibat, insoniylik, milliyligini yo‗qotmaslik,
boy, asrlardan asrlargacha yetib kelayotgan urf-odatlarimizni saqlab qolish xislatlarini
tarbiyalash.
26-mavzu: Mehnat-mehnatning tagi rohat. (1 soat) O‗quvchilarda mehnatga bo‗lgan to‗g‗ri munosabatni shakllantirish orqali ularga halol
mehnat bilan topilgan boylik hech qachon yo‗q bo‗lmasligi haqidagi tushunchalarni singdirish,
o‗quvchilarni aqliy va jismoniy mehnatga o‗rgatish hamda ularda jamoa bilan birgalikda mehnat
qilish ko‗nikmalarini tarbiyalash, ularga orzu va orzusi bo‗yicha tanlagan kasbining mohir ustasi
bo‗lib yetishishlarida, barcha orzularining ro‗yobga chiqishida irodaning, mehnatning,
harakatning va ustozlar o‗gitining o‗rni alohida ahamiyat kasb etishligini tushuntirish.
27-mavzu: Ona tabiat qo„ynida. (1 soat) Ekskursiya mashg‘uloti orqali o‗quvchilar ongida atrof-muhitga, olam va odamga,
hayvonot va o‗simlik dunyosiga mehr-muhabbat bilan munosabatda bo‘lish, tabiat boyliklaridan
unumli foydalanish, atmosfera va atrof-muhit tozaligini asrash, tarixiy va tabiiy boyliklarni
asrash tuyg‗ularini shakllantirish.
28-mavzu: Men sevgan ertak qahramoni. (1 soat) Ertak qahramonlari o‗quvchilarga orzu va orzusi bo‗yicha tanlagan kasbining mohir
ustasi bo‗lib yetishishlarida kuchli ta‘sir ko‗rsatishi, shu bilan bir qatorda orzularining ro‗yobga
@ustozlar_uchun Xalq ta‟limi xodimlariga chiqishida irodaning, mehnatning, harakatning va ustozlar o‗gitining o‗rni alohida ahamiyat kasb
etishligini va bu jarayonda ertaklarning ahamiyatini tushuntirish.