@ustozlar_uchun
Xalq ta‟limi xodimlariga
“Tarbiyaviy soat” mashg„ulotlarining o„quv dasturi
(1-11 sinflar uchun)
1 – sinf
(33 soat)
1-mavzu: O„zbekiston-ona vatanim! (1 soat)
2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasi rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasi, shuningdek, ―Faol investitsiya va ijtimoiy rivojlanish
yili‖, davlat dasturi, ―Obod qishloq‖, ―Har bir oila – tadbirkor‖, ―Yoshlar kelajagimiz‖, ―Besh
ijobiy tashabbus‖ kabi muhim dastur va rejalar doirasida olib borilayotgan tub islohotlarning
ma`no – mazmuni va ruhi mujassam etgan holda singdirish.
2-mavzu: Tabiatni muhofaza qilish. (1 soat)
O‗quvchilar ongida atrof-muhitga, olam va odamga, hayvonot va o‗simlik dunyosiga
mehr-muhabbat bilan munosabatda bo‗lish, tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, atmosfera
va atrof-muhit tozaligini asrash, tarixiy va tabiiy boyliklarni asrash tuyg‗ularini shakllantirish
3-mavzu: Mening kun tartibim. (1 soat)
Kundalik tartib-qoidalar. O‗quvchining kun tartibi. Kun tartibiga rioya etish intizomlilik
belgisi.
4-mavzu: Xavfsizlik nima? (1 soat)
O‗quvchilarda bugungi murakkab globallashuv davrida butun dunyoga tarqalib
solayotgan din niqobidagi ekstremizm va terrorizmning yoshlar hayoti va kelajagiga solayotgan
tahdidlari haqida tushunchalar hosil qilib, ularda ogohlik, hushyorlik va jaholatga qarshi ma‘rifat
bilan kurashish xislatlarini tarbiyalash, ularni zo‗ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviqot
qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlardan himoya qilish, o‗quvchilarda ichkilikbozlik,
giyohvandlik va «ommaviy madaniyat» kabi bizga yot illatlarga qarshi immunitetni
shakllantirish.
Dostları ilə paylaş: