@ustozlar_uchun Xalq ta‟limi xodimlariga xalos qiling. Yuzga suv purkash zarar qilmaydi, agar qo‗l ostingizda dorilar qutisi bo‗lsa,
nashatir spirtidan foydalaning kabi tushunchalarni singdirish.
6-mavzu: Shahar tashqarisidagi yo„llarda harakat (Yo„l harakati qoidalari). (1 soat) Transport vositasiga chiqishda: Transport vositalarini bekatlarda kuting, yo'ining
transport vositasi qatnaydigan qismiga chiqmang. Avtobus, trolleybus, tramvay va boshqa
transport vositalariga ular batamom to'xtagandan so'ng chiqing. Jamoat transportiga chiqish orqa
eshikdan, tushish esa old eshikdan amalga oshiriladi. Avtobus, trolleybus, tramvayga ular
harakatla- nayotgan paytda sakrab chiqmang, orqasiga osilmang, zinapoyalarida turmang kabi
tushunchalarni singdirish.
7-mavzu: Bo„lay desang baquvvat, bardam, sport bilan shug„ullan hardam. (1 soat) O‘quvchilarda jismoniy tarbiya va sportga qiziqishni kuchaytirish orqali ularni jismoniy
va axloqiy jihatdan barkamol etib tarbiyalash, o‘quvchilar ongiga sog‘lom turmush tarzi asosida
yashash qoidalarini singdirish. 8-mavzu: Ona tiliga ehtirom (O„z.Res. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan). (1 soat) O`quvchilarga Ona tili — bu millatning ruhi, til – dil kaliti ekanligi haqidagi hikmatlarni
uqtirib, Davlat tiliga bo`lgan hurmatni yanada rivojlantirish bilan bir qatorda o‘quvchilar qalbi
va ongiga boshqa millat va elatlar tillariga ham hurmat bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘ularini
singdirish.
9-mavzu: Oilada tejamkorlik. (1 soat) O`quvchilarni tejamkorlikka o`rgatish, ularga ortiqcha isrofgarchilikka yo`l
qo`ymaslikni uqtirish orqali o‘quvchilarning iqtisodiy savodxonligini, iqtisodiy ongini, iqtisodiy
fikrlashi va iqtisodiy madaniyatlilik darajasini oshirish.