Xalq ta‟limi xodimlariga



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/83
tarix18.04.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#99725
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   83
2019 2020 TARBIYAVIY SOATLAR

bilan). (1 soat) 
O`quvchilarda yangi yil bayramida ezgu orzular bilan yangi yilga qadam qo‘yish, 
maktabning odob-axloq qoidalariga qat‘iy rioya etish, yangi yilda tashkil etilgan bayram 
tadbirlarida namunali ishtirok etish xislatlarini tarbiyalash hamda o‘quvchilar ongiga yangi yilda 
inson qalbi ham qor kabi oppoq bo`lishi lozimligini singdirish. 
 
17-mavzu: Ona yurtni mard o„g„lonlar qo„riqlaydi (14 yanvar – Vatan 
himoyachilari kuni munosabati bilan). (1 soat) 
O‗quvchilar qalbi va ongiga Vatan muvaffaqiyatida o‗zlarining ham shaxsiy burchlari 
va mas‘uliyatlari borligini chuqur singdirish, ularda ona yurtga mehr-oqibatli bo`lish, Milliy 
armiyamiz haqida ma‘lumotlarga ega bo`lish, Vatan muammolarini o‗zinikidek qabul qilish, 
Vatan yukini o‗z elkasiga olish, mumkin qadar ona yurtiga foyda keltiradigan shaxs bo‗lib 
ulg‗ayish xislatlarini tarbiyalash. 
 
18-mavzu: Barcha fuqarolar tengdirlar. (1 soat) 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan barcha fuqarolar qonun oldida 
tengligi, millatlararo hamjihatlik va dinlararo bag‘rikenglik ta‘minlanganligi. 
 
19-mavzu: Tejamkorlik. Gaz, elektr va ichimlik suvini tejash burchimiz. (1 soat) 
Gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvi milliy boyligimiz. O`quvchilarni tejamkorlikka 
o`rgatish, ularga ortiqcha isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslikni uqtirish orqali o‘quvchilarning 
iqtisodiy savodxonligini, iqtisodiy ongini, iqtisodiy fikrlashi va iqtisodiy madaniyatlilik 
darajasini oshirish. 
 
20-mavzu: Donolar bisotidan (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan). (1 soat) 
O`quvchilarda avliyolar avliyosi, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoirlar sultoni Alisher 
Navoiyning hayoti va ijodiga bo‘lgan hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali 
ularning qalbi va ongiga mehr-oqibat, insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik tuyg'u‘larini 
singdirish. SHuningdek, ularda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va 
ijodiga hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga ona 
Vatanga mehr-muhabbat, millatlararo hamjihatlik, dinlararo bag‘rikenglik g‘oyalarini singdirish. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin