«xalqaro audit» fanining predmeti, ob’ekti va metodi


Auditorlik xisobotining taxliliy qismi



Yüklə 355,9 Kb.
səhifə45/55
tarix22.10.2023
ölçüsü355,9 Kb.
#159598
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55
«xalqaro audit» fanining predmeti, ob’ekti va metodi-hozir.org (1)

Auditorlik xisobotining taxliliy qismi. Auditorlik hisobotining tahliliy qismi standartga havola qilishi va unda quyidagilar bo’lishi shart:
xo’jalik yurituvchi sub’ektda ichki nazorat holatini tekshirish natijalari (batafsil bayoni);
buxgalteriya hisobi holati va moliyaviy hisobotni tekshirish natijalari; moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amalga oshirish paytida qonunchilik talablariga
rioya etilishini tekshirish natijalari;
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash hamda to’lashning to’g’riligini tekshirish natijalari;
aktivlarning butligini tekshirish natijalari.
Xo’jalik yurtiuvchi sub’ekt ichki nazoratining holatini tekshirish natijalari to’g’risidagi axborot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:
ichki nazorat tizimining xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining miqyoslari va xususiyatiga muvofiqligi umumiy bahosi;
auditorlik tekshiruvi mobaynida aniqlangan ichki nazorat tizimining xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining miqyoslari va xususiyatiga jiddiy nomuvofiqliklari bayoni.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisoboti holatini tekshirish natijalari to’g’risidagi axborot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:
buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini baholash;
auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlashning belgilangan tartibini jiddiy buzishlar bayoni.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirish paytida qonunlarga rioya etishini tekshirish natijalari to’g’risidagi axborot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt amalga oshirgan moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarining qonunchilikka muvofiqligini baholash;
auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan, xo’jalik yurituvchi sub’ekt amalga oshirgan moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarning qonunchilikka jiddiy nomuvofiqliklari bayoni.
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblashi va to’lashning to’g’riligini tekshirish natijalari to’g’risidagi axborot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:
tuzilgan va tegishli organlarga taqdim etilgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’g’riligining bahosi;
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash va to’lashning belgilangan tartibini buzish faktlari, soliq solinadigan bazani belgilash paytidagi chetga chiqishlar bayoni.
Aktivlar butligini tekshirish natijalari aktivlarni inventarlashga asoslanishi va o’z ichiga ularning haqiqatda mavjudligi va butligi to’g’risidagi ma’lumotlarni olishi kerak.
Auditorlik xisobotining yakuniy qismi. Auditorlik hisobotining yakuniy qismi auditorlik tashkilotining aniqlangan chetga chiqishlar va huquq buzilishlarini bartaraf etishga doir tavsiyalarini, shuningdek xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy- xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirishga doir takliflari va maslahatlarini o’zi ichiga olishi kerak.

Yüklə 355,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin