38
etadi va amalga oshiradi. Hozirgi vaqtda bular jumlasiga: auditorlik amaliyoti
bo’yicha komitet, o’qitish bo’yicha komitet, etika (axloq) bo’yicha komitet,
moliyaviy hisob va boshqaruv hisobi bo’yicha komitet, rejalashtirish bo’yicha
komitet, jamoat sektori bo’yicha komitet va boshqalar kiradi.
Butun dunyo auditorlari mazmunan o’xshash ishni bajarsalarda,
har bir
mamlakatda auditorlik faoliyatini tashkil etish o’zining milliy xususiyatlariga ega
bo’lishi mumkin. Auditorlik faoliyatining xalqaro standartlari va me’yorlari esa u
yoki bu mamlakatning milliy standartlari va me’yorlarini bekor qilmaydi.
Ko’plab mamlakatlar (O’zbekiston 1999 yildan boshlab) o’zlarining
milliy
standartlarini va boshqa me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqmoqdalar. Ular IFACning
asosiy talablarini ta’minlash zaruratiga yo’naltirilgan o’z auditorlik uslubiyatiga ega.
Standartlar boshqa normativ hujjatlar kabi quyidagi rekvizitlardan tashkil
topadi:
standart nomeri, amalga kiritilish sanasi, standartning qo’llanish sohasi,
muammo tahlili va boshqalar.
Auditorlik standartlari 4 xil bo’ladi:
1.
Auditning umumiy standartlari;
2.
Auditning ishchi standartlari;
3.
Hisobot standartlari;
4.
Maxsus standartlar.
Auditning umumiy standartlariga quyidagilar kiradi:
Auditning asosiy tamoyillari
Moliyaviy hisobotlar auditining maqsadi va hajmi
Auditni o’tkazishga rozilik haqida auditorlik tashkilotining xat-majburiyatidir.
Auditning ishchi standartlariga quyidagilar kiradi:
Auditni rejalashtirish
Auditorlik isbotlash
Auditni hujjatlashtirish
Audit davomida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini o’rganish va
baholash
Buxgalteriya hisobotida o’zgarishlar bo’lganida auditorning hatti-harakati
39
Ekspert xizmatidan foydalanish
Auditorlik tanlash
Audit o’tkazish natijalari bo’yicha iqtisodiy sub’ekt rahbariga auditorning
yozma axboroti.
Hisobot standartlariga quyidagilar kiradi:
Moliyaviy hisobotni tekshirganligi xususida auditorlik hisoboti
Buxgalteriya hisoboti to’g’risida auditorlik xulosasini tuzish tartibi
Auditorlik xulosasini imzolash sanasi va buxgalteriya
hisoboti tuzilgan va
taqdim qilingandan keyingi sanadan yuz beradigan voqealarni aks ettirish.
Maxsus standartlarga quyidagilar kiradi:
Bank auditi bo’yicha maxsus standartlar
Sug’urta faoliyati auditi bo’yicha maxsus standartlar
Bojxona auditi bo’yicha maxsus standartlar.
Bu standartlarda auditorlik tekshiruvini o’tkazish hamda auditorlik xulosasini
tuzishning asosiy qoidalari ifodalanadi. Bular yordamida auditor auditorlik
tekshiruvining hajmi va ko’lamini,
shuningdek, muayyan uslubini tanlashi mumkin.
Shu bilan birgalikda audit standartlari auditorlik tekshiruvi sifatini baholovchi mezon
bo’lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: