4
Rossiyada auditorlik kasbi Petr I davrida vujudga keldi. Bu davlatda auditorlik
kasbi, eng avval armiya sohasida paydo bo’lgan. Auditor
armida mulkiy masalarni
hal qilish uchun kerak bo’lgan. Ilk auditorlik firmalari Rossiyada 1987 yilda tuzilgan.
Turli mamlakatlarda auditorlik kasbi turlicha nomlangan. Masalan: AQShda
audit bilan shug’ullanadigan professional-jamoatchi buxgalterlar (public accountant),
Frantsiyada buxgalter-ekspert (expert comptable) yoki schetlar bo’yicha komissarlar
(commissaire
aux
comptes),
Germaniyada
esa
xo’jalik
nazoratchilari
(Wirtschaftsprufer) deb nomlangan.
Auditorlik faoliyatining keyingi rivojiga 1929-1933 yillardagi iqtisodiy inqiroz
kuchli turtki berdi. Aktsiyadorlik jamiyatlarining bankrotga uchrashi ular faorliyatini
nazorat qilish, tuzgan hisobotlarining mustaqil professionallar tomonidan tekshirilishi
va tasdiqlash tartibini qat’iylashtirishni talab qildi. Masalan, Germaniyada 1931 yilda
aktsiyadorlik
jamiyatlarining
hisobot
va
balanslarini
majburiy
auditorlik
tekshiruvidan o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilindi. AQShda 1934 yilda qimmatli
qog’ozlar va birja muomalalari bo’yicha komissiya tuzildi va ushbu komissiya AQSh
kompaniyalari buxgalteriya hisobi va hisobotlarini muvofiqlashtirishga doir chora-
tadbirlarni amalga oshirgan. Shu vaqtdan boshlab birjada ro’yxatdan o’tgan
barcha
aktsiyadorlik jamiyatlari hisobot yili tugagach, 3 oy mobaynida o’z hisobotlarini
auditor tasdiqlaganidan keyin nashr etishgan.
Auditorlik ishlarining rivojlanishi tufayli yirik
transmilliy kompaniyalar va
firmalar vujudga keldi. Ularning bir qancha davlatlarda o’z filiallari mavjud.
Artur Andersen – 118 ta davlatda, KPMG – 142 ta, Ernst end Yang – 141 ta
davlatda filiali bor. Rossiyada «Yunikon», «Rosekspertiza», FBK, «Rufa audit» va
boshqa auditorlik firmalari bor.
O’zbekistonda auditorlik amali xonliklar davridayoq mavjud bo’lgan. U
paytda auditorlik vazifasi o’z ichiga maslahatchi, tanobchi va ish yurituvchi kabilarni
olgan. Shuni ta’kidlash lozimki, u vaqtdagi audit tushunchasi hozirgi auditorlik
faoliyati mohiyatidan tubdan farq qilgan.
O’zbekistonda zamonaviy auditorlik kasbi 1990 yildan keyin boshlandi. Bozor
munosabatlari rivojlanishi bozor infratuzilmasining ajralmas qismi sifatida auditning
5
vujudga kelishiga olib keldi. Auditorldik faoliyatining O’zbekistondagi hozirgi holati
rivojlanish sari dadil odimlayotganidan dalolat bermoqda.
Germaniyada
auditorlik
faoliyati
«Auditorlarning
professional ustavi
to’g’risida»gi qonunga (24.07.1961 y) muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu qonunga
muvofiq, auditor deb, mazkur kasbni jamoatchilik oldida oshkora bajara oladigan va
tegishli imtihonni topshirish orqali o’zining shaxsiy va professional layoqatini
tasdiqlagan shaxs tan olinadi.
Auditor professional faoliyatining mazmuni
iqtisodiy sohada auditorlik
tekshiruvlarini amalga oshirish; soliq masalalari bo’yicha konsalting xizmati
ko’rsatish; ishlab chiqarishni boshqarish sohasida ekspert sifatida ishlashi va vasiylik
faoliyatidan iborat.
Germaniyada auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqini olish bilan bog’liq
savollar majmui puxta ishlab chiqilgan. Malaka imtihonlarini o’tkazish uchun Federal
erlar oliy ma’muriyatining vakillaridan rais tayinlanadi. Barcha komissiya a’zolari
e’tiroz bildirmasa, da’vogarlarni imtihonga qo’yish haqida rais qaror qabul qiladi.
Auditorlik faoliyatini professional boshqarish uchun
Auditorlar Palatasi tashkil
etilgan. Auditorlar faoliyatini nazorat qilish Palata va sud organlari tomonidan
amalga oshiriladi.
Frantsiyada auditorlik faoliyati 12 avgust 1969 yilda qabul qilingan dekret va 24
yanvar 1994 yildagi hukumat qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Bu yo’nalishdagi
asosiy ishlar professional tashkilot –
schetlar bo’yicha komissarlarning milliy
Dostları ilə paylaş: