««xalqaro audit»


 Xalqaro audit standartlari tarkibi



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/61
tarix08.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#109379
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   61
««xalqaro audit»1

 
4.2. Xalqaro audit standartlari tarkibi 
Bozor 
infratuzilmasining 
unsurlari, 
avvalambor, 
auditorlik 
firmalari 
faoliyatining o’zimizga xos, milliy andozada ishlab chiqarish zaruriyatini tug’diradi. 
Shu bilan birgalikda bozor munosabatlarini jadallashtirishda respublikamizning jahon 
bozoriga chuqurroq integratsiyalashuvi iqtisodiy islohotlarni rivojlantirishni, iqtisodiy 
munosabatlarni yanada kengroq amalga oshirish uchun auditorlik faoliyatini xalqaro 
andozalarga moslashtirishni ham taqozo qilmoqda. 
Mamlakatimizda asta-sekin auditning milliy andozalari ishlab chiqilmoqda. 
Auditning milliy andozalarini ishlab chiqishda, avvalo, xalqaro andozalarga murojaat 
etiladi. Auditning xalqaro andozalari Xalqaro buxgalteriya andozalari bo’yicha 
qo’mita (XBABQ) tarkibida doimiy qo’mita huquqlariga ega bo’lgan Auditorlik 


40 
amaliyoti bo’yicha xalqaro qo’mita tomonidan ishlab chiqiladi. Ushbu qo’mita 1973 
yilda to’qqiz mamlakat, ya’ni Kanada, Avstriya, Germaniya, Frantsiya, Yaponiya, 
Meksika, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va AQShning professional buxgalteriya 
tuzilmalari tomonidan ta’sis etilgan.
Auditorlik amaliyoti bo’yicha xalqaro qo’mita Xalqaro buxgalterlar 
federatsiyasi kengashi nomidan audit standartlarini chop etdi, shuningdek, audit 
tekshirishlarini o’tkazish bilan bir vaqtda qo’shimcha xizmat ko’rsatish bo’yicha 
xalqaro standartlarni ishlab chiqdi.
Hozirgi kunda 30 dan ortiq auditorlik faoliyatining xalqaro andozalari ishlab 
chiqilgan. Respublikamizda esa 10 dan ortiq auditorlik faoliyatining milliy andozalari 
ishlab 
chiqilgan. 
Bozor 
munosabatlarini 
erkinlashtirish 
va 
uni 
yanada 
chuqurlashtirish, 
iqtisodiy 
integratsiyani 
rivojlanish 
sharoitida 
moliyaviy 
axborotlarning jahon miqyosida amaliyotga keng joriy qilish zaruriy va to’xtovsiz 
jarayonlardan biri hisoblanadi. 
Shu bilan birgalikda O’zbekiston suveren davlat sifatida audit bo’yicha 
hukumatlararo va xalqaro professional tashkilotlarga kirishi hamda auditning xalqaro 
andozalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etishi lozim. Bu esa milliy auditorlik 
andozalarini xalqaro andozalar bilan muvofiqlashtirish imkonini beradi. Bu tadbirlar 
oxir-oqibatda respublikamizning jahon iqtisodiy integratsiyasiga tobora chuqurroq 
qo’shilishiga imkon beradi. 
Hozirgi kunda auditning xalqaro standartlari ro’yxati quyidagilardan iborat: 
«Xalqaro audit standartlari va turdosh xizmatlarga izoh» - 100-son XAS 
«Terminlar glossariysi» - 110-son XAS 
«Xalqaro audit standartlarining kontseptual asoslari» - 100-son XAS 
«Moliyaviy hisobotlar auditining maqsadi va uni tartibga soluvchi asosiy
tamoyillar» - 200-son XAS 
«Audit o’tkazish to’g’risidagi kelishuv xati» - 210-son XAS 
«Audit sifatini nazorat qilish» - 220-son XAS 
«Hujjatlashtirish» - 230-son XAS 
«Aldash va xato» - 240-son XAS 


41 
«Moliyaviy hisobot auditi bo’yicha qonunlar va me’yoriy hujjatlarni ko’rib 
chiqish» - 250-son XAS 
«Auditni rejalashtirish» - 300-son XAS 
«Biznesni bilish» - 310-son XAS 
«Auditda muhimlik» - 320-son XAS 
«Tavakkalchilikni va ichki nazorat tizimini baholash» - 400-son XAS 
«Kompyuter axborot tizimi sharoitida audit» - 401-son XAS 
«Xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar xizmatlaridan foydalanuvchi sub’ektlar auditiga 
doir savollar» - 402-son XAS 
«Auditorlik dalillar» - 500-son XAS 
«Auditorlik dalillar – aniq moddalarga taalluqli qo’shimcha savollar» - 501-son 
XAS 
«Dastlabki moliyaviy hisobot auditida boshlang’ich qoldiqlar bo’yicha 
auditorning ma’suliyati» - 510-son XAS 
«Tahliliy amallar» - 520-son XAS 
«Auditorlik tanlash va testlashning boshqa tanlash amallari» - 530-son XAS 
«Hisob baholashlarning auditi» - 540-son XAS 
«Manfaatdor tomonlar» - 550-son XAS 
«Kelgusi davr moliyaviy ma’lumotlarini o’rganish» - 560-son XAS 
«Uzluksiz faoliyat» - 570-son XAS 
«Sub’ekt rahbariyatiga tushuntirish berish» - 580-son XAS 
«Boshqa auditorlar ish natijalaridan foydalanish» - 600-son XAS 
«Ichki audit xizmati ishini ko’rib chiqish» - 610-son XAS 
«Ekspert xizmatidan foydalanish» - 620-son XAS 
«Moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik xulosasi» - 700-son XAS 
«Taqqoslanadigan ko’rsatkichlar» - 710-son XAS 
«Tekshirilgan moliyaviy hisobotlarda boshqa axborotlar» - 720-son XAS 
«Maxsus maqsaddagi audit shartnomasi bo’yicha auditorlik hisobot» - 800-son 
XAS 
«Istiqbolli moliyaviy ma’lumotlarni tekshirish» - 810-son XAS 


42 
«Moliyaviy hisobotning sharhi bo’yicha kelishuv» - 910-son XAS 
«Moliyaviy hisobotga taalluqli amallarni bajarish bo’yicha kelishuv» - 920-son 
XAS 
«Moliyaviy ma’lumotlarning kompilyatsiyasi bo’yicha kelishuv» - 930-son XAS 
Auditni xalqaro talablarga muvofiq o’zgartirish keyingi vaqtlarda O’zbekiston 
uchun tobora dolzarb ishga aylanmoqda. Bozor munosabatlarini jadallashtirishda 
respublikamizning jahon bozoriga yanada chuqurroq kirib borishi iqtisodiy 
islohotlarni rivojlantirishni, iqtisodiy munosabatlarni yanada kengroq amalga oshirish 
uchun auditorlik faoliyatini xalqaro standatlarga moslashtirishni taqozo qilmoqda. Bu 
borada auditorlik faoliyatining milliy standartlari ishlab chiqilmoqda.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin