««xalqaro audit»


 Axloq kodeksining asosiy talablari



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/61
tarix08.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#109379
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61
««xalqaro audit»1

5.2. Axloq kodeksining asosiy talablari 
Axloq kodeksining talablari quyidagilardir: 
1. 
Umumiy ma’naviy me’yor va tamoyillarga amal qilish. Auditorlar 
o’zining hayoti, ishlashi davomida umuminsoniy qoida va me’yorlarga rioya qilishga 
majbur. 
2. 
Jamiyat qiziqishlarini inobatga olish. Tashqi auditor faqat 
buyurtmachining emas, balki buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilarning 
barchasining qiziqishlarini inobatga olishi kerak. Mijozning soliq, sud, boshqa 
yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatini himoya qila turib, auditor himoya 
qiladigan jihatlar qonuniy va adolatli bo’lishini anglashi zarur. Agarda mijozning 
qiziqishlari noqonuniy bo’lsa, u himoya qilishdan bosh tortishi zarur. 
3. 
Auditorning ob’ektivligi. Talab qilingan ma’lumotlarrning aniq 
hajmigina auditorning qaror qabul qilish, tavsiyalar berish va xulosa yozishda 
ob’ektiv asosi bo’lishi mumkin. Auditorlar noto’g’ri axborotni fakt sifatida oshkor 
qilmasligi lozim. Har qanday professional xizmat ko’rsatish davrida auditorlar 
vaziyatga va aniq faktlarni ob’ektiv darajada ochib berishlari zarur. 
4. 
Auditorning e’tiborliligi (ziyrakligi). Professional xizmat ko’rsatish 
davrida auditor maksimal darajada diqqatni tekshirilayotgan ob’ektga jalb qilishi 
lozim. Auditorlar o’z ishiga zayraklik va jiddiylik bilan yondashishi, auditorlik 
standartlariga rioya qilishi, ishni to’g’ri rejalashtirishi va nazorat qilishi hamda qo’l 
ostidagi mutaxassislarni muntazam tekshirib borishi zarur. 
5. 
Auditorning mustaqilligi. Auditorlik xizmati ko’rsatish natijasida 
tuzilgan xulosa yoki boshqa hujjatda o’zining mijoz oldidagi mustaqilligini bayon 
etishi lozim. Hisobot tuzish bo’yicha topshiriq qabul qilganda, auditorlar mustaqil 
bo’lishlari va tartiblilik, xolislik va mustaqillik tamoyillariga zid deb e’tirof etilishi 
mumkin bo’lgan har qanday manfaatdorlikdan erkin bo’lishi shart. 
Quyidagi holatlar auditorlarning mustaqilligiga rahna solishi mumkin: 

mijoz tashkilotning ishi sudda bo’lsa; 

mijoz tashkilotning ishlarida auditor moliyaviy jihatdan qatnashsa; 


46 

auditor mijoz oldida moliyaviy va mulkiy bog’liqligi bo’lsa; 

mijoz tashkilotda qarindoshlari ishlashi munosabati bo’yicha bilvosita 
moliyaviy jihatdan qatnashsa; 

mijoz tashkilot direktori va boshqa boshqaruv xodimlari bilan qarindosh 
yoki shaxsiy do’stona munosabatda bo’lsa; 

mijoz tashkilot boshqaruvida auditorning ishtiroki bo’lsa. 
Yuqorida ko’rsatilgan holatlarda mustaqillik tamoyili buzilgan bo’ladi. 
6. 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin