««xalqaro audit»


Xodimlarning auditorlik tashkilotlari bilan munosabati



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/61
tarix08.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#109379
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   61
««xalqaro audit»1

Xodimlarning auditorlik tashkilotlari bilan munosabati. Auditorlik 
tashkiloti xodimlari auditorlik tashkiloti obro’sini ko’tarish va rivojlantirish bo’yicha 
harakat qilishi, boshqa xodimlar va rahbarlar bilan samimiy munosabatni qo’llab-
quvvatlashi lozim. Auditorlik tashkiloti professional faoliyat bo’yicha usullarni 
amalga joriy etish, o’zining xodimlari malakasi va bilimini oshirish bo’yicha doimo 
qayg’urish lozim. 
Auditorlar doimo o’zining ishini sidqidildan bajarishi lozim. Auditorlarning 
o’z auditorlik firmalarini tez-tez o’zgartirib turishi axloq me’yorlariga zid holat 
hisoblanadi. Auditor auditorlik tashkilotini tark etayotganida auditorlik tashkilotiga 
tegishli barcha holatlarni to’liq hajmda va vijdonan topshirishi lozim. 
12. 
Nashr qilinadigan axborot va reklama. Auditorlar haqidagi 
ma’lumotni nashr qilish va auditorlik xizmatlarini reklama qilish ommaviy axborot 
vositalari, auditorlarning maxsus nashrlari va boshqalarda amalga oshirilishi mumkin. 
Auditorlik xizmatini reklama qilish to’g’ri, aniq va ishonchli bo’lishi lozim. Axloq 
kodeksiga zid bo’lgan quyidagi reklama va nashrlarga ruxsat berilmaydi: 
– 
mijozlar to’g’risidagi maxfiy axborotni ochishi mumkini bo’lgan 
ma’lumot; 
– 
muayyan sohadagi biron-bir mutaxassisga asoslanmagan shikoyat. 
13. 
Professional xizmatga aloqador bo’lmagan sohada auditorning 
harakati. Auditor auditorlik faoliyati davrida boshqa tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug’ullanmasligi lozim. 


49 
14. 
Xalqaro faoliyat. Axloqiy talablarni qo’llashda xalqaro amaliyotda bir 
qator vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Auditor faqat bir davlatning kasbiy tashkiloti 
vakili hisoblanishi yoki o’zi xizmat ko’rsatayotgan davlatda kasbiy tashkilot vakili 
hisoblanishi holati har bir alohida vaziyatda ishni yuritish usuliga ta’sir etmasligi 
lozim.
Bir davlatda attestatsiyalangan auditor boshqa davlatda yashashi yoki xizmat 
ko’rsatishi maqsadida u erda vaqtincha bo’lishi mumkin. Har qanday holda ham 
auditor audit andozalari va axloqiy talablarga muvofiq ravishda kasbiy xizmatlar 
ko’rsatishi lozim. Agar auditor «A» davlatda xizmatlar ko’rsatsa va ushbu davlatning 
axloqiy talablari «V» davlatda qabul qilingan talablardan farqlansa, quyidagi qoidalar 
qo’llaniladi: 

xizmat taqdim etilayotgan «A» davlatning axloqiy talablari «V» davlat 
auditorlarining axloq kodeksida ko’zda tutilganlaridan ko’ra engilroq bo’lsa, bu holda 
«V» davlat auditorlarining axloq kodeksi qo’llanilishi lozim; 

xizmatlar taqdim etilayotgan «A» davlatning axloqiy talablari «V» 
davlat auditorlarining axloq kodeksida ko’zda tutilganlaridan ko’ra qattiqroq bo’lsa, 
bu holda xizmatlar ko’rsatilayotgan «A» davlatdagi axloqiy talablar qo’llanilishi 
lozim. 

mamlakatning milliy (axloqiy) talablari mamlakat tashqarisida 
xizmatlarni bajarishda majburiy hisoblansa va yuqorida bayon etilganlardan ko’ra 
qattiqroq bo’lsa, bu holda milliy talablar qo’llanilishi lozim. 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin