O’zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatining milliy standartlarining umumiy tavsifi
Standartning nomi
Nomeri
Moliya vazirligi
tomonidan tasdiqlangan
sanasi va ro’yxat raqami
Adliya vazirligi
tomonidan tasdiqlangan
sanasi va ro’yxat raqami
Auditni rejalashtirish
3-son
14.07.1999 y.
N 54
10.11.1999 y.
N 837
Audit ishi sifatini nazorat qilish
5-son
04.08.1999 y.
N 62
03.09.1999 y.
N 811
Auditorlik
tekshiruvini
6-son
04.08.1999 y.
03.09.1999 y.
149
hujjatlashtirish
N 61
N 812
Muhimlik
va
auditorlik
tavakkalchiligi
9-son
04.08.1999 y.
N 63
03.09.1999 y.
N 813
Moliyaviy hisobotda bo’lgan boshqa
axborot
10-son
09.09.1999 y.
N 75
23.09.1999 y.
N 822
Ma’lumotlarning kompyuter ishlovi
(MKI) sharoitida audit
11-son
09.09.1999 y.
N 76
23.09.1999 y.
N 823
Tahliliy taomillar
13-son
04.08.1999 y.
N 64
03.09.1999 y.
N 814
Auditorlik tanlash
14-son
27.07.1999 y.
N 59
03.09.1999 y.
N 815
Ekspert xizmatidan foydalanish
16-son
27.07.1999 y.
N 60
03.09.1999 y.
N 816
Moliyaviy
hisobotning
chalkashliklari
aniqlanganida
auditorlik tashkilotining ish tutishi
24-son
31.05.2001.
№ 49
30.06.2001y.
N 1045
Auditorlik tekshiruvini o’tkazishda
me’yoriy-huquqiy hujjatlarga rioya
etishni tekshirish
25-son
27.01.2003.
№ 14
28.02.2003.
№ 1223
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati
bilan tanishish
31-son
31.05.2001
N 48
21.06.2001y.
N1043
Auditorlik dalillari
50-son
03.02.2002
№ 48
18.04.2002y.
N1128
Aloqador shaxslar o’rtasida bitimlar
bo’yicha auditorlik dalillarini olish
taomillari
55-son
27.01.2003.
№ 15
03.03.2003.
№ 1224
Moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan
keyingi hodisalar
56-son
09.04.2003
N 54
Boshqa auditor ishi natijalaridan
foydalanish
60-son
27.01.2003
N 16
20.02.2003 y.
N 1221
Auditorlik hisoboti va moliyaviy
hisobot
to’g’risidagi
auditorlik
xulosasi
70-son
14.02.2001 y.
N 20
10.03.2001 y.
N 1016
Maxsus savolni tekshirish
natijalari bo’yicha auditor hisoboti
80-son
27.01.2003
N 13
19.02.2003 y.
N 1220
Auditorlik tashkilotlarining kasbga
doir xizmatlari
90-son
14.02.2001 y.
N 19
10.03.2001 y.
N 1017
10.2. Milliy auditorlik standartlarini amaliyotga tatbiq etish muammolari
Respublikamizda auditorlik faoliyatining 10 dan ortiq standartlari ishlab
chiqilgan. Ushbu standartlar O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan
tasdiqlangan va amaliyotga joriy qilingan. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan
ishlab
chiqilgan
auditorlik
faoliyatining
milliy
standartlari
respublikamizda
auditorlik
faoliyatini
yuritishda
muhim
me’yoriy hujjat
150
hisoblansada, ammo ushbu me’yoriy hujjatlarning ishlab chiqilishida talaygina
muammolar mavjud.
O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan va qabul qilinayotgan auditorlik
faoliyatining milliy standartlarida uchraydigan eng katta kamchiliklardan biri – bu
mazkur standartlar asosan xalqaro standartlardan xuddi nusxa ko’chirgan
holatdagidek ishlab chiqilgan. Ma’lumki, respublikamizda iqtisodiy islohotlarni
amalga oshirishda o’zimizga xos va o’zimizga mos yo’lni tanlaganmiz. Shu boisdan
barcha faoliyat turlarida qoununiy asoslarni barpo etar ekanmiz, avvalo, mana shu
jihatni inobatga olishimiz lozim. Bu boradagi ishlarni yoritib berish maqsadida audit
ishi sifatini nazorat qilishga bag’ishlangan xalqaro va milliy standartlarning farqli va
qxshash tomonlarini solishtirib chiqish maqsadga muvofiqdir.
«Audit ishi sifatining nazorati» nomli xalqaro standart buxgalterlar xalqaro
federatsiyasi doirasida faoliyat yuritayotgan xalqaro auditorlik qo’mitasi tomonidan
ishlab chiqilgan. U auditorlik standartlari tizimining «Vazifalar» bo’limiga 220-
raqam bilan kiritilgan. Hozirgi paytda O’zbekistonda «Auditor ishi sifatining
nazorati» Moliya vazirligining 1999 yil 4 avgustdagi 62-son buyrug’i bilan
tasdiqlangan. Bu standartlarni bilish va ularni qo’llanilishi amaliyotida auditorlar va
auditorlik tashkilotlarining malakaviy darajasini ko’rsatadi.
Shunga asosan aksariyat auditorlik firmalari, ayniqsa, yirik firmalar bu
standartlardan keng foydalanmoqda va tekshirish uchun shartnoma, audit bitimlari
tuzishda shu standartga asoslanmoqda.
Xalqaro tajribani o’rganish maqsadida, shuningdek uni O’zbekistonda
auditorlik faoliyatiga tatbiq qilish sababli milliy va xalqaro standartlarning talablarini
qiyoslash juda muhimdir. Auditning milliy standartida qo’yilgan va xalqaro
standartda bayon qilingan maqsadlar bilan birga oshkora bajariladigan vazifalardan
eng muhimi bu auditni amalga oshirish davomida auditorlik tashkilotlari
xodimlarining burchlarini aniqlashdan iborat. Auditorlik firmalari faoliyati muddati
uzoq emasligi hisobga olinsa, bunday tashkiliy jihatlarning bayon qilinishi o’zini
to’la oqlaydi. Auditorlik firmasining o’zida ishni tashkil etishga oid talablar xalqaro
standartlarda ham shuningdek, tahlil qilinayotgan standartda ham bayon qilinmagan.
151
Shu jihatdan auditning milliy standarti auditorlik firmalari uchun to’laroq axborot
beradi.
Yuzaki qaraganda standartlardagi qoidalarning majburiyligiga yondoshuv
turlichadir. Biroq auditning milliy standartiga muvofiq, rasmiy auditorlik xulosasi
tayyorlashni ko’zda tutuvchi tekshiruv xalqaro auditorlik standartiga muvofiq
moliyaviy hisobotning auditorlik tekshiruviga tengdir. Chunki bunday tekshiruv
muqarrar xulosani berish bilan tugashi kerak. Ayni paytda xalqaro auditorlik
standartiga ko’ra alohida hollarda samarali natijalarga erishish uchun xalqaro
auditorlik standartlaridan chekinish zarur, deb hisoblash mumkin. Shuningdek,
auditorlar xalqaro auditorlik standartlariga taalluqli barcha qoidalarni hisobga
olishlari lozim: xalqaro standartlar faqat muhim jihatlarga qo’llanilishi mumkin.
Xalqaro standart tekshiruvida ishtirok etuvchilar auditorlarga (audit uchun
asosiy javobgar shaxs) va ularning yordamchilari (auditor bo’lmagan xodimlar)ga
bo’linadi. Bunda auditorlik firmasi rahbari ham, tekshiruv rahbari ham auditor
sifatida ishlashi mumkin. Chunki, 700-xalqaro auditorlik standarti – «Moliyaviy
hisobot bo’yicha auditorlik xulosasi»da auditorlik xulosasi auditorlik firmasi
nomidan, auditor tomonidan imzolanishi, zarur hollarda ikki imzo bo’lishi lozimligi
aytiladi.
Auditorlik
faoliyatining
milliy
standartidagi
tekshiruvi
barcha
ishtirokchilarining vazifalari batafsil bayon qilingan. Auditorlik tashkiloti
xodimlariga aniq vazifalarning biriktirib qo’yilishi auditning sifat tizimidagi
faoliyatini va uning nazorat tizimini yaxshilashga kqmaklashadi. Xalqaro standartda
bunday bo’lim mutlaqo yo’q, chunki ko’p yillik tajribada auditorlik firmasida ishni
tashkil qilish qoidalari allaqachon shakllangan va xodimlarning vazifalarini birinchi
navbatda firmalarning o’zlari mustaqil belgilaydi.
Audit sifatini nazorat qilish tizimiga ta’sir o’tkazuvchi omillar ikkala
standartda ham sanab o’tilgan milliy standartni ishlab chiqish paytida xalqaro
standart qoidalari keng qo’llanilganini ko’rish mumkin. O’zbekiston yirik
firmalaridagi sifatni nazorat qilish tizimi kichik firmalarda mavjud ishlayotgan
152
tizimdan farq qilishi mumkin. Biroq bu farq nazorat qilish uchun qo’llaniladigan
usullarda emas, faqat tizimning tashkiliy tomonida bo’lishi lozim.
Standartlarning bu bo’limida har bir auditorlik firmasida mavjud bo’lishi lozim
bo’lgan sifatni nazorat qilish tizimining usullari bayon qilingan. Xalqaro
standartlarda bu usullar sifatni nazorat qilish siyosatining maqsadi sifatida
belgilangan. Bunday tafovut shu bilan izohlanadiki, xalqaro standartga ilovada
belgilangan maqsadlarning har biriga nisbatan aniq tadbirlar keltirilgan. Shu jihatdan
qaraganda xalqaro standartda axborot ko’p bo’lib, hozirgi holatda juda foydalidir.
Shu sababli respublikamizda auditorlik firmalariga sifatni nazorat qilish tizimini
barpo etishda xalqaro standartda keltirilgan tadbirlardan keng foydalanish tavsiya
qilinadi.
Auditning milliy standartida xalqaro standartda bo’lmagan sifatni nazorat qilish
tizimining usullari mavjud.
Bu auditorlik tashkiloti xodimlari o’zlariga topshirilgan vazifani bajarmagan
taqdirda ularga nisbatan tegishli choralar ko’rishdir. Xodimlarga ta’sir o’tkazish
choralari Mehnat Kodeksida sanab o’tilgan va ular quyidagilardan iborat:
ogohlantirish, hayfsan e’lon qilish, ishdan bqshatish.
Bundan tashqari, ichki intizom qoidasida (uni auditorlik firmasi mustaqil ishlab
chiqadi) xodimlarning ayrim toifalari uchun boshqa intizomiy choralar ham ko’rilishi
mumkin. Sifatni nazorat qilish tizimining bu usullaridan foydalanishning
murakkabligi, zarur choralar qo’llanish oqibati xilma-xil bo’lishi mumkin. Shu
boisdan uni tanlashga puxta yondashish kerak. Firma xodimlari intizomiy jazo
choralari ko’rilishi mumkinligi to’g’risida oldindan ogohlantirilgan bo’lishi lozim.
Standartning ko’rib chiqilgan bu bo’limi auditorlik tekshiruvi davomida
xodimlar o’rtasida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishga bag’ishlangan
auditning milliy standarti xalqaro standart qoidalarini to’la takrorlaydi, hatto so’zma-
so’z tarjima qilingan, deyish mumkin. Bu qoidalarning mohiyati quyidagicha: audit
jarayonida, ya’ni xodimlarning ishiga tuzatish kiritish va auditorlik xizmatining
yuqori sifatli bo’lishini ta’minlash imkoni bor vaqtida kuchli nazorat amalga
oshirilishi lozim.
153
Standartda bunday nazoratni amalga oshiradigan xodimlarning vazifalari aniq
belgilab berilgan, ayni paytda nazorat vositasi sifatida audit dasturiga katta ahamiyat
berilgan. Shubhasiz, yordamchi bo’lib ishlayotgan barcha auditorlar ozmi-ko’pmi
joriy nazorat qilib boradi. Biroq bu jarayon rasmiylashtirilishi lozim, busiz nazorat
o’z maqsadiga erisha olmaydi. Auditni rejalashtirish bosqichida katta auditorlarga
aniq nazorat vazifalarini topshirib qo’yish, auditorning nazorat vazifalari to’g’risidagi
qoidalarni lavozim yo’riqnomalariga kiritish, tekshirish o’tkazish chog’ida nazorat
tadbirlarini hujjatlashtirish lozim.
Qilingan ishlarning natijalarini tekshirish uchun auditda ishtirok etmayotgan
xodimlarni qo’shimcha ravishda jalb etish mumkinligi ikkala standartda ham ko’zda
tutilgan. Bunday tekshirish g’oyat samarali bo’lishi mumkin, shu sababli uni faqat
yirik va murakkab iqtisodiy sub’ektilarnigina emas, barcha sub’ektlarni audit qilish
chog’ida qo’llash tavsiya etiladi. Bunday tekshirish teranligi turlicha – ish hujjatlarini
tahlil qilish va tekshirishda ishtirok etayotgan xodimlardan so’rashdan tortib,
auditorlarning noto’g’ri tavsiyalarini aniqlash maqsadida yozma axborot va auditorlik
xulosasini ko’zdan kechirishgacha bo’lishi mumkin.
Amalga oshirilgan tahlil auditorlik faoliyatining milliy va xalqaro auditorlik
standartlari orasida «jarlik» yo’qligini ko’rsatadi. Aksincha, ko’p qoidalar juda
qxshashdir. Bu tadqiq etilgan standartlargagina emas, boshqa standartlarga ham
taalluqlidir.
Dostları ilə paylaş: |