««xalqaro audit»


 Auditorlik hisobotini tuzish



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/61
tarix08.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#109379
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   61
««xalqaro audit»1

 
9.2. Auditorlik hisobotini tuzish 
Auditorlik hisoboti - auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini 
yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy 
hisobotdagi qoidabuzarliklar to’g’risidagi mufassal ma’lumotlardan, shuningdek 
auditorlik tekshiruvi o’tkazish natijasida olingan boshqa axborotdan iborat bo’lgan 
xo’jalik yurituvchi sub’ekt raxbariga, mulkdoriga, qatnashchilari (aktsiyadorlari)ning 
umumiy yig’ilishiga yo’llangan hujjat. Auditor hisobotida aniqlangan chetga 
chiqishlar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo’yicha tavsiyalar, shuningdek 
xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliya-xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirish 
bo’yicha tavsiyalar va takliflar mavjud bo’lishi kerak. 
Agap auditorlik tekshiruvi xo’jalik yurituvchi sub’ekt qatnashchilari 
(aktsiyadorlari) yoki nazorat qiluvchi va huquqni muxofaza qilish organlari 
topshirig’iga binoan auditorlik tashkiloti tomonidan o’tkazilayotgan bo’lsa, auditorlik 
hisoboti auditorlik tekshiruvi topshirig’iga binoan o’tkazilayotgan shaxsga ham 
taqdim etiladi. 
Auditorlik hisobotidagi axborot maxfiy hisoblanadi va oshkor qilinishi mumkin 
emas. Ushbu axborotdan foydalangan shaxslar axborotni oshkor qilganlik uchun 
qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. 
Auditorlik hisobotida quyidagilar bo’ladi: 
a) nomi («Auditorlik hisoboti» yoki «Auditorlik tashkilotining hisoboti»: 
ikkala nom bir xil kuchga ega); 
b) adresatning nomi; 
v) kirish qismi; 
g) tahliliy qism; 
d) yakuniy qism. 
Auditorlik hisobotining har bir sahifasiga moliyaviy hisobotning auditorlik 
tekshiruvini amalga oshirgan auditor (auditorlar) imzo chekishi shart. 


144 
Auditorlik hisoboti buyurtmachining barcha zaruriy rekvizitlarini ko’rsatish 
bilan auditorlik tekshiruvi buyurtmachisiga yuboriladi. 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin