««xalqaro audit»


 Mijoz korxona rahbariyati uchun ma’lumotnoma



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/61
tarix08.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#109379
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   61
««xalqaro audit»1

 
8.4. Mijoz korxona rahbariyati uchun ma’lumotnoma 
Tekshirilayotgan korxona rahbariyati uchun ma’lumotnoma – bu auditorning 
mijoz korxona rahbariyatiga xat ko’rinishida tuzilgan hisoboti bo’lib, unda hisob 
yozuvlarida, buxgalteriya hisobi hamda ichki nazorat tizimida yo’l qo’yilgan 
kamchiliklar haqidagi ma’lumotlar, bunday kamchiliklar mavjud bo’lganda auditor 
tomonidan qo’llaniladigan chora hamda bunday kamchiliklarni bartaraf etish 
bo’yicha tavsiyalar bayon etiladi.
Mijoz korxona rahbariyatiga beriladigan ma’lumotnomada barcha kamchiliklar 
keltirilmasligi mumkin. Bu hujjatda asosane auditorlik tekshiruvi davomida mavjud 
bo’lgan kamchiliklar keltirib o’tiladi. Ma’lumotnomani korxona rahbariyatiga berish 
majburiy emas, ammo bu hujjatni taqdim qilish orqali auditor korxona rahbariyatiga 


137 
buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi, moliyaviy hisobotlarda yuz beradigan 
o’zgarishlarni o’z vaqtida tuzatish imkoniyatini beradi. Ma’lumotnomada keltirib 
o’tilgan kamchilik mamlakatning amaldagi qonunchiligiga to’g’ri kelmasligi hamda 
ushbu kamchiliklarni bartaraf etish yo’llari qayd etiladi. Tavsiyalarning berilishi 
auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasining mundarijasini o’zgartirmaydi. 
Rahbariyat uchun beriladigan ma’lumotnoma qisqa, aniq hamda tushunarli 
bo’lishi lozim.
Agarda ma’lumotlar alohida bo’limlar yoki hisob ob’ektlari bo’yicha ekspert 
hisoboti ko’rinishida bo’lsa, unda auditorning imzosi qo’yilmaydi. Agarda 
aniqlangan ba’zi-bir kamchilik va nuqsonlar moliyaviy hisobot bo’yicha ijobiy xulosa 
berishda ikkilanish holati yuzaga kelsa, bunday vaziyatda auditor ma’lumotnomaga 
imzo chekadi. Bu axborot maxfiy hisoblanib, faqatgina korxona rahbariyatining 
muayyan guruhiga taqdim etiladi.
 
 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin