««xalqaro audit»



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/61
tarix08.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#109379
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61
««xalqaro audit»1

Tayanch so’z va iboralar: 
1. Muhimlik darajasi 
 
2. Tavakkalchilik 
darajasi 
3. Rejalashtirish 
 
 
4. Ichki nazorat tizimini 
baholash 
 
Takrorlash uchun savollar: 
1. Auditni rejalashtirish qanday bosqichlardan iborat? 
2. Auditorlik isbotlash deganda nimani tushunasiz? 
3. Auditni hujjatlashtirish qanday amalga oshiriladi? 
4. Audit davomida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi o’rganish va 
baholash nimani o’z ichiga oladi? 
5. Buxgalteriya hisobotida o’zgarishlar bo’lganida auditorning hatti-harakati 
deganda nimani tushunasiz? 
6. Qaysi hollarda ekspert xizmatidan foydalaniladi?
7. Auditorlik tanlash qanday amalga oshiriladi? 


118 
8-BOB. AUDITNING HISOBOT STANDARTLARI 
8.1. Moliyaviy hisobot tarkibidagi boshqa ma’lumot 
Moliyaviy hisobot tarkibidagi boshqa ma’lumotga quyidagilar kirishi mumkin: 
Ijroiya organi raisi yoki ish boshqaruvchisining xati; 
Moliya hisobotlari va ichki nazorat uchun uning mas’ulligi xususida 
ma’muriyatning bayonoti; 
Asosiy moliyaviy ko’rsatkichlar; 
Quyidagilarning moliyaviy sharhi: 
a) kapital qo’yilmalar; 
b) texnik qarash va kapital ta’mirlash, reklamaga, shuningdek, tadqiqot va 
ishlanmalarga doir foydalanish xarajatlari; 
Tushuntirish yozuvlari; 
Moliyaviy ma’lumotlarni ochib beradigan chizmalar, jadval va grafiklar. 
Boshqa ma’lumot va tekshirilgan moliyaviy hisobotlarini o’z ichiga olgan 
hujjatni auditor o’qishi kerak. 
Hujjatni o’qiyotgan auditor xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyati va 
moliyaviy ahvolini yaxshi bilishi, audit paytida aniqlangan muammolardan xabardor 
bo’lishi shart. 
Auditor 
boshqa 
ma’lumotni tekshirilgan moliya hisobotlari bilan 
taqqoslashdan tashqari raqamli ma’lumotlarni qayta sanaydi, ularni ish qog’ozlaridagi 
raqamlar bilan solishtiradi. 
Agar boshqa ma’lumot moliya hisobotlariga kiritilgan ma’lumotlarni o’z ichiga 
olsa, bunday ma’lumotlar tekshirilgan moliya hisobotlaridagi ma’lumotlar bilan 
taqqoslanishi kerak. 
Boshqa ma’lumotda tilga olingan barcha ko’rsatkichlar tekshirilgan moliya 
hisobotlari asosida qaytadan sanab chiqiladi. 
Yangidan sanab chiqilgan ma’lumotlar boshqa ma’lumotdan olingan 
ko’rsatkichlar bilan taqqoslanishi kerak. 
Boshqa ma’lumot moliya hisobotlarining, masalan, sotilgan mahsulot tannarxi, 
savdo chiqimlari va umumiy boshqaruv xarajatlari to’g’risidagi ma’lumotlarini 


119 
tasdiqlaydigan tushuntirish yozuvlarini o’z ichiga olishi mumkin. Ana shu 
tushuntirish yozuvlarining ayrim qismlari auditor ish qogozlaridagi kengaytirilgan 
qoralama balans ma’lumotlari bilan taqqoslanadi. 
Agar boshqa ma’lumotni o’rganayotganda auditor ana shu ma’lumot bilan 
tekshirilayotgan moliya hisoboti o’rtasida jiddiy zid kelishni aniqlasa, auditor moliya 
hisoboti yoki boshqa ma’lumot tuzatilishi kerakmi yoki yo’qligini belgilashi kerak. 
Agar tekshirilayotgan hisobotga tuzatish kiritish zarur bo’lsayu, xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt tuzatishlarni o’z moliya hisobotiga kiritishdan bosh tortsa, auditor 
shak-shubhasiz ijobiy xulosadan farq qiluvchi xulosa tuzishi kerak. 
Agar boshqa ma’lumot tuzatishga muhtoj bo’lsayu, xo’jalik yurituvchi sub’ekt 
unga tuzatishlar kiritishdan bosh tortsa, auditor auditorlik xulosasiga aniqlangan 
jiddiy zid kelish bayon etilgan xatboshini kiritish masalasini ko’rib chiqishi yoki 
boshqa choralar ko’rishi shart. Kqrilgan choralar, masalan, dastlabki auditorlik 
xulosasidan farqlanadigan yangi xulosa tuzish yoki fikrini ifodalashdan bosh tortish, 
alohida holatlarga, zid kelish tabiati va muhimligiga bogliq bo’ladi. Auditor yuzaga 
kelgan vaziyatda bundan keyin nima qilish xususida tavsiyalar olish uchun yuristga 
murojaat qilishi kerak. 
Jiddiy zid kelishlarni aniqlash maqsadida boshqa ma’lumotlarni o’rganayotgan 
auditor faktlarni jiddiy buzishlarga duch kelishi mumkin. 
Mazkur standart nuqtai nazaridan olganda "faktlarni jiddiy buzishlar", agar 
tekshirilayotgan moliya hisobotida taqdim qilingan masalalarga taalluqli bo’lmagan 
bunday ma’lumot noto’g’ri taqdim etilgan bo’lsa, mavjud deb hisoblanadi. 
Agar auditor boshqa ma’lumotda faktlarni jiddiy buzishlar borligini aniqlasa, u 
ana shu masalani xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati bilan birga muhokama qilishi 
kerak. Masalani rahbariyat bilan muhokama qilayotganida auditor har doim ham 
boshqa ma’lumotning va auditor so’rovlariga rahbariyat javoblarining asosliligini 
baholashi mumkin emas va mulohazalar hamda fikrlar o’rtasida haqiqatan ham farq 
bor-yo’qligini ko’rib chiqishi kerak. 


120 
Auditor shubhasiz faktlar jiddiy buzilgan deb hisoblagan taqdirda u 
rahbariyatdan xo’jalik yurituvchi sub’ekt yuristi singari malakali uchinchi tomon 
bilan maslahatlashishni iltimos qilishi va olingan javobni tahlil qilishi shart. 
Agar auditor boshqa ma’lumotda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati 
tuzatishdan bosh tortayotgan faktlar buzilishi mavjud degan xulosa chiqarsa, auditor 
o’zining nuqtai nazarini yozma shaklda ijroiya kengashiga ma’lum qilishi va keyingi 
tadbirlari xususida o’z yuristi bilan maslahatlashib olishi kerak. 
Hech qanday boshqa ma’lumotdan auditorlik xulosasi tuzilgunga qadar auditor 
foydalana olmagan taqdirda u boshqa ma’lumot bilan moliya hisoboti muvofiq 
kelmasligining muhimlik darajasini belgilash uchun boshqa ma’lumotni iloji bo’lgan 
eng qisqa muddatlarda o’rganishi kerak bo’ladi. 
Agar boshqa ma’lumotni o’rganarkan, auditor jiddiy zid kelishlarni belgilasa 
yoki faktlarni ochiqdan-ochiq jiddiy buzishlarni aniqlasa, u moliya hisoboti va 
boshqa ma’lumotni qaytadan ko’rish kerakligi yoki kerak emasligini belgilashi kerak. 
Tekshirilayotgan moliya hisobotini qayta ko’rib chiqish taqozo etiladigan 
taqdirda "Balans tuzilgan sanadan keyingi voqealar" standarti qoidalariga amal qilish 
lozim. 
Boshqa ma’lumotni qayta ko’rib chiqish zarur bo’lgan va xo’jalik yurituvchi 
sub’ekt uni amalga oshirishga rozi bo’lgan hollarda auditor holatlar bo’yicha rusum-
qoidalarni bajarishi shart. Rusum-qoidalarga ilgari chiqarilgan moliya hisoboti, 
auditorlik hisoboti va boshqa ma’lumot foydalanuvchilariga o’zgarishlar to’g’risida 
ma’lum qilinganiga ishonch hosil qilish uchun rahbariyat amalga oshirgan tadbirlar 
sharhi kiritilishi mumkin. 
Boshqa ma’lumotni qayta ko’rib chiqish zarur bo’lgan, lekin rahbariyat qayta 
ko’rishni amalga oshirishdan bosh tortadigan hollarda auditor tegishli harakatlar 
amalga oshirilishi mumkinligini ko’rib chiqishi shart. Bunday harakatlarga auditorda 
shubha uyg’otadigan boshqa ma’lumotga doir masalalarda xo’jalik yurituvchi sub’ekt 
rahbariyatini yozma shaklda xabardor qilish, shuningdek, yuridik maslahat olish kabi 
tadbirlar kiritilishi mumkin. 


121 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin