««xalqaro audit»


Aniqlanmaslik tavakkalchiliklari



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/61
tarix08.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#109379
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   61
««xalqaro audit»1

Aniqlanmaslik tavakkalchiliklari auditor tomonidan bir tomonlama 
aniqlanadigan u qo’llayotgan auditning taomillari buxgalteriya hisobi hamda 
moliyaviy hisobotda haqiqiy, alohida yoki birgalikda muhim xarakterga ega bo’lgan 
xatolar va buzib ko’rsatishlarni aniqlashga ruxsat bermasligining ehtimolini bildiradi. 
Aniqlanmaslik tavakkalchiligi auditor faoliyati sifatining ko’rsatkichi bo’lib 
hisoblanadi hamda auditorning malakasi va aniq auditning tekshiruvini o’tkazishning 
xususiyatlariga bog’liq. Auditor ajratib bo’lmaydigan va nazorat tavakkalchiliklarni 
baholash 
asosida 
o’zining faoliyatida yo’l qo’yiladigan aniqlanmaslik 
tavakkalchiligini belgilashi hamda aniqlanmaslik tavakkalchiligini kamaytirish 
maqsadida tegishli auditning taomillarini rejalashtirishi lozim. Aniqlanmaslik 
tavakkalchiligi hamda ajratib bo’lmaydigan va nazorat tavakkalchiliklarining 
birlashtirilgan darajasi o’rtasida teskari bog’lanish mavjud. 


104 
Ajratib bo’lmaydigan va nazorat tavakkalchiliklari yuqori bo’lgan holda, 
aniqlanmaslik tavakkalchiligi auditorlik tavakalchiligini maqbul past darajasigacha 
kamaytirishi mumkin.. 
Aniqlanmaslik tavakkalchiligini pasaytirish maqsadida auditor quyidagilarni 
bajarishi lozim: 
- qo’llaniladigan auditning taomillarini takomillashtirish va bunda ularning 
sonining ko’payishi hamda mohiyati o’zgarishini ko’zda tutish; 
- tekshiruvga sarflanadigan vaqtni kamaytirish; 
- auditning tanlab olish hajmlarini o’stirish. 
Auditni rejalashtirish vaqtida auditor moliyaviy hisobotni sezilarli buzib 
ko’rsatishlarga qanday harakat va hatti-harakatlar olib kelishini ko’rib chiqadi.
Alohida schetlar hamda bitimlar turlari bo’yicha qoldiqlarning muhimligini auditning 
baholanishi auditorga qaysi masalalar hamda moddalarni o’rganish, qaysi tanlab 
olishdan foydalanish va qanday tahlil usullarini o’tkazish kerakligini hal qilishga 
yordam beradi. Bu auditorga umumiy audit tavakkalchiligini maqbul past 
darajagacha kamaytirishga xizmat qiladi. 
Muhimlik hamda auditorlik tavakkalchiligining darajasi o’rtasida teskari 
bog’lanish mavjud: muhimlikning darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, auditorlik 
tavakkalchiligi shunchalik past bo’ladi va teskarisi. 
Audit tekshiruvini rejalashtirishdan keyin auditor muhimlikning maqbul 
darajasi pastroq deb qaror qabul qilgan holda auditorlik tavakkalchiligi o’sadi. 
Auditor buni quyidagi yo’llar bilan aniqlashi lozim: 
- mumkin bo’lgan joyda baholanayotgan nazorat tavakkalchilik darajasining 
pasayishi hamda pasaytirilgan darajani nazoratning chuqurlashtirilgan yoki 
qo’shimcha testlarini bajarish yo’li bilan saqlanib turish; 
- aniqlanish tavakkalchiligini xolis (asosiy) taomillarning xarakteri, vaqti 
hamda darajasini takomillashtirish yo’li bilan pasaytirish. 
Bankda shuni ko’zda tutish lozimki, ajratib bo’lmaydigan tavakkalchilik 
ko’rsatkichlari doimiy bo’lib qoladi hamda tekshiruvning umumiy rejasini tayyorlash 


105 
jarayonida hisobga olinmagan mavjud bo’lgan dalillar aniqlangan holdagina 
o’zgarishi mumkinligini ko’zda tutmoq lozim.
Buxgalteriya hisobi va ichki nazorat ahvolini ekspertiza qilish bosqichida, 
so’ngra tekshiruvni o’tkazishda auditor har gal bir, ya’ni auditorlik tavakkalchiligini 
qanday chamalash va uni qanday qilib eng kam darajaga keltirish muammosiga duch 
keladi. 
Auditorlik tavakkalchiligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin