7.3. Auditorlik tekshiruvini rejalashtirish
Rejalashtirish audit o’tkazishning boshlang’ich bosqichi hisoblanib, audit
o’tkazishning kutilayotgan hajmi, jadvallari va muddatlarini ko’rsatgan holda
auditorlik tashkiloti tomonidan auditning umumiy rejasini ishlab chiqishdan,
shuningdek, auditorlik tashkiloti tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektning
moliyaviy hisoboti to’g’risida xolis va asosli fikr shakllantirilishi uchun zfrur bo’lgan
auditorlik rusum-qoidalarini amalga oshirish hajmi, turlari va izchilligini
belgilaydigan auditorlik dasturini ishlab chiqishdan iborat bo’ladi.
Auditni rejalashtirishni auditorlik tashkiloti auditni o’tkazishning umumiy
qoidalariga, shuningdek quyidagi xususiy qoidalarga muvofiq o’tkazishi kerak, ya’ni:
- rejalashtirishning kompleksliligi;
- rejalashtirishning uzluksizligi;
- rejalashtirishning maqbulligi.
Auditni rejalashtirishning kompleksliligi qoidasi birlamchi rejalashtirishdan
boshlab auditning umumiy rejasi va dasturini tuzishga qadar rejalashtirish barcha
bosqichlarining o’zaro bog’langan va uyg’un bo’lishi ta’minlanishini taqozo etadi.
Auditni rejalashtirishning uzluksizligi qoidasi auditorlar guruhiga o’zaro
bog’langan topshiriqlarni belgilash va rejalashtirish bosqichlarini muddatlar hamda
93
xo’jalik yurituvchi turdosh sub’ektlar (alohida balansga ajratilgan tarkibiy
bo’linmalar, filiallar, vakolatxonalar, shu’ba jamiyatlar) bo’yicha balansda o’z
ifodasini topadi. Audit uzoq vaqt davriga rejalashtirilganda xo’jalik yurituvchi
sub’ektning auditorlik kuzatuvi bir yil davomida amalga oshirilsa, auditorlik
tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliya-xo’jalik faoliyatidagi o’zgarishlarni
va oraliq auditorlik tekshiruvlar natijalarini hisobga olgan holda auditni o’tkazish reja
dasturlariga o’z vaqtida tuzatishlarni kiritishi kerak bo’ladi.
Auditni rejalashtirishning maqbulligi qoidasi shundan iboratki, rejalashtirish
jarayonida auditorlik tashkiloti auditorlik tashkilotining o’zi belgilagan mezonlar
asosida audit umumiy rejasi va dasturining maqbul variantini tanlash imkoniyati
uchun rejalashtirishning variantliligini ta’minlashi kerak.
Auditni rejalashtirish paytida auditorlik tashkiloti quyidagi asosiy bosqichlarni
ajratishi kerak:
1. Dastlabki rejalashtirish;
2. Auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish;
3. Audit dasturini tayyorlash va tuzish/
Auditni samarali rejalashtirish uchun auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi
sub’ekt rahbariyati bilan auditni o’tkazish bo’yicha asosiy tashkiliy masalalarni
kelishib olishi kerak.
Dastlabki rejalashtirish bosqichida auditor xo’jalik yurituvchi sub’ektning
moliya-xo’jalik faoliyati bilan tanishishi va quyidagilar to’g’risida axborotga ega
bo’lishi shart:
- xo’jalik yurituvchi sub’ektning xo’jalik faoliyatiga ta’sir ko’rsatadigan,
umuman, mamlakat (mintaqa)dagi va iqtisodiy vaziyatni va uning tarmoq
xususiyatlarini aks ettiradigan tashqi omillar haqidagi;
- xo’jalik yurituvchi sub’ektning xo’jalik faoliyatiga ta’sir ko’rsatadigan, uning
individual xususiyatlari bilan bog’langan ichki omillar haqidagi.
Shu bilan birgalikda, auditor quyidagilar bilan ham tanishishi kerak:
-
xo’jalik yurituvchi sub’ektning tashkiliy-boshqaruv tuzilishi;
94
-
ishlab chiqarish faoliyatining turlari va ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlarning ro’yxati;
-
kapital tuzilmasi va aktsiyalar kursi;
-
mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasining o’ziga xosligi;
-
rentabellik darajasi;
-
xo’jalik yurituvchi sub’ektning asosiy xaridorlari va mahsulot etkazib
beruvchilar;
-
tashkilot ixtiyorida qoladigan foydani taqsimlash tartibi;
-
mavjud sho’’ba va tobe korxonalar;
-
xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan tashkil etilgan nazorat tizimi;
-
xodimlarga ish haqi to’lashni shakllantirishning tamoyillari.
Auditor xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy-xo’jalik faoliyatini audit qilishda
muayyan axborotlarni olishi kerak. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt to’g’risida axborot
olish manbalari quyidagilardir:
-
korxonaning Nizomi;
-
korxona ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risida hujjatlar;
-
korxonaning kuzatuv va ijro organlari majlislari, aktsiyadorlar yoki
shunga o’xshash boshqa boshqaruv organlari yig’ilishlarining bayonlari;
-
korxonaning hisob yuritish siyosatini tartibga soluvchi hujjatlar va unga
kiritilgan o’zgartirishlar;
-
buxgalteriya hisoboti;
-
statistika hisobotlari;
-
korxona faoliyatini rejalashtirish hujjatlari (rejalar, smetalar, loyihalar);
-
korxonaning kontraktlari, shartnomalari, bitimlari;
-
auditor maslahatchilarining ichki hisobotlari;
-
ichki firma yo’riqnomalari;
-
soliq tekshiruvlari materiallari;
-
sud da’volari materiallari;
-
xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilishlarini
tartibga soladigan hujjatlar, uning filiallari va shu’ba jamiyatlari ro’yxati;
95
-
xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati va ijrochi xodimlari bilan
suhbatlardan olingan ma’lumotlar;
-
xo’jalik yurituvchi sub’ektni, uning asosiy uchastkalari, omborlarini
ko’zdan kechirishda olingan axborot.
Dastlabki rejalashtirish bosqichida auditorlik tashkiloti auditni o’tkazish
imkoniyatini baholaydi. Agar auditorlik tashkiloti auditni o’tkazishni mumkin deb
hisoblasa, u auditni o’tkazish uchun shtatni shakllantirishga o’tadi.
Auditorlar guruhiga kiradigan mutaxassislar tarkibini rejalashtirish paytida
auditorlik tashkiloti quyidagilarni hisobga olishi shart:
- auditning har bir bosqichi: tayyorgarlik, asosiy va yakunlash bosqichi ish
vaqti byudjetini;
- guruh ishining taxmin qilinayotgan muddatlarini;
- guruhning miqdoriy tarkibini;
- guruh a’zolarining mansab darajasini;
-. guruh xodimlarining vorisligini;
- guruh a’zolarining malaka darajasini.
Audit umumiy rejasi va dasturini ishlab chiqishga kirisharkan, auditorlik
tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ekt to’g’risidagi dastlabki bilimlarga, shuningdek,
o’tkazilgan tahliliy rusum-qoidalarning natijalariga asoslanishi kerak.
Tahliliy rusum-qoidalarni o’tkazish yordamida auditorlik tashkiloti audit uchun
ahamiyatli bo’lgan sohalarni aniqlashi kerak.
Tahliliy rusum-qoidalarning murakkabligi, hajmi va o’tkazish muddatlarini
auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliya hisoboti ma’lumotlarining
hajmi va murakkabligiga qarab o’zgartirishi kerak bo’ladi.
Audit umumiy rejasi va dasturini tayyorlash jarayonida auditorlik tashkiloti
xo’jalik yurituvchi sub’ektda amal qilayotgan ichki nazorat tizimining
samaradorligini baholaydi va ichki nazorat tizimi xatarini (nazorat xatarini)
baholashni amalga oshiradi. Agar ichki nazorat tizimi noto’g’ri axborot paydo
bo’lgani to’g’risida o’z vaqtida ogohlantirsa, shuningdek, noto’g’ri axborotni
aniqlasa, uni samarador deb hisoblash mumkin. Ichki nazorat tizimining
96
samaradorligini baholarkan, auditorlik tashkiloti auditorlik isbot-dalillarining etarli
miqdorini to’plashi shart. Agar auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotning
ishonchliligi xususida etarli darajada ishonch hosil qilish uchun ichki nazorat tizimiga
va buxgalteriya hisobi tizimiga asoslanishga qaror qilsa, u bo’lg’usi audit hajmini
tegishli tarzda tuzatishi kerak bo’ladi.
Audit umumiy rejasi va dasturini tayyorlash paytida auditorlik tashkiloti
moliyaviy hisobotni ishonchli deb hisoblash imkonini beradigan jiddiylik va
auditorlik xatarining uning uchun maqbul darajasini belgilashi kerak.
Auditorlik xatarini rejalashtirarkan, auditorlik tashkiloti, xo’jalik yurituvchi
sub’ekt auditidan qat’i nazar, ushbu hisobotga xos bo’lgan moliyaviy hisobotning
ajralmas xatari va nazorat xatarini belgilaydi. Belgilangan xatarlar va jiddiylik
darajasi yordamida auditorlik tashkiloti audit uchun ahamiyatli cohalarni aniqlaydi va
zarur auditorlik rusum-qoidalarini rejalashtiradi. Audit jarayonida rejalashtirish
paytida belgilangan auditorlik xatari va jiddiylik darajasining o’zgarishiga ta’sir
ko’rsatadigan holatlar yuzaga kelishi mumkin.
Auditning umumiy rejasi va dasturini tuzarkan, auditorlik tashkiloti hisob
axborotiga ishlov berish darajasini inobatga olishi kerak, bu ham auditorlik
tashkilotiga auditorlik rusum-qoidalarining hajmi va tusini aniqroq belgilash
imkonini beradi.
Audit jarayonida auditorlik tashkilotida umumiy rejaning ayrim qoidalarini
qayta ko’rish uchun asoslar paydo bo’lishi mumkin. Rejaga kiritilayotgan
o’zgartishlarni, shuningdek, o’zgartishlar sabablarini auditor batafsil hujjatlashtirishi
kerak.
Umumiy rejada auditorlik tashkiloti auditni o’tkazish muddatlarini nazarda
tutishi va auditni o’tkazish muddatlarini, hisobot (xo’jalik yurituvchi sub’ekt
rahbariyatiga yozma axborot) va auditorlik xulosasini tuzishni nazarda tutishi shart.
Vaqt sarfini rejalashtirish jarayonida auditor quyidagilarni hisobga olishi kerak:
- haqiqiy xarajatlar;
- bundan oldingi davrda (takroriy audit o’tkazilgan taqdirda) vaqt sarfi hisob-
kitobi va uning joriy hisob-kitob bilan aloqasi;
97
- jiddiylik darajasi;
- auditorlik xatarlarining amalga oshirilgan baholari.
Umumiy rejada auditorlik tashkiloti dastlabki tahlil natijalari asosida auditni
o’tkazish usulini belgilaydi, ichki nazorat tizimining ishonchliligini, audit xatarlarini
baholaydi. Tanlab audit o’tkazishga qaror qilingan taqdirda auditor auditorlik
tanlamasini "Auditorlik tanlamasi" audit andozasiga muvofiq shakllantiradi.
Boshqaruvni va bajarilayotgan audit sifatini nazorat qilishni rejalashtirishga
doir qoidalar umumiy rejaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Umumiy rejada
quyidagilarni nazarda tutish tavsiya qilinadi:
Rahbarning reja bajarilishi va auditor assistentlari ishining sifati, ular
tomonidan ish hujjatlari yuritilishi va audit natijalari tegishlicha rasmiylashtirilishini
nazorat qilishi;
Auditorlik guruhi rahbarining auditorlik rusum-qoidalarini amalda ro’yobga
chiqarish bilan bog’liq uslubiy masalalarini tushuntirishi;
Muayyan faktni baholashda auditorlik guruhi rahbari bilan uning oddiy a’zosi
o’rtasida ixtiloflar paydo bo’lganda auditorlik guruhi a’zosi (ijrochi)ning alohida
fikrini hujjatli rasmiylashtirish.
Auditorlik tashkiloti umumiy rejada ichki audit rolini, shuningdek audit
o’tkazish jarayoniga eksportlarni jalb etish zaruratini belgilaydi.
Audit dasturi audit umumiy rejasini rivojlantirish hisoblanadi va audit rejasini
amalda ro’yobga chiqarish uchun zarur bo’lgan auditorlik rusum-qoidalari
mazmunining batafsil ro’yxatini o’z ichiga oladi. Dastur auditor assistentlari uchun
batafsil yo’riqnoma bo’lib xizmat qiladi va bir vaqtning o’zida auditorlik tashkiloti va
auditorlik guruhining rahbarlari uchun ish sifatini nazorat qilish vositasi hisoblanadi.
Auditor audit dasturini hujjatli rasmiylashtirishi, har bir bajariladigan auditorlik
rusum-qoidasini raqam yoki kod bilan belgilashi kerak, toki auditor ish jarayonida
o’zining ish hujjatlarida ularga havola qilish imkoniyatiga ega bo’lsin.
Auditorlik dasturini nazorat vositalari testlari dasturi ko’rinishida va
mohiyatiga ko’ra auditorlik rusum-qoidalari dasturi ko’rinishida tuzish kerak.
98
Nazorat vositalari testlari dasturi ichki nazorat va hisob tizimining faoliyati
to’g’risidagi axborotni yig’ish uchun mo’ljallangan harakatlar majmuining
ro’yxatidan iborat. Nazorat vositalari testlarining maqsadi shundan iboratki, ular
xo’jalik yurituvchi sub’ekt nazorat vositalarining jiddiy kamchiliklarini aniqlashda
yordam beradi.
Mohiyatiga ko’ra auditorlik rusum-qoidalari o’z ichiga buxgalteriya hisobida
hisobvaraqlar bo’yicha oborotlar va saldo to’g’ri aks ettirilganligini batafsil
tekshirishni oladi. Mohiyatiga ko’ra auditorlik rusum-qoidalari dasturi ana shunday
aniq batafsil tekshirishlar uchun auditor harakatlari ro’yxatidan iborat bo’ladi.
Mohiyatiga ko’ra rusum-qoidalar uchun auditor buxgalteriya hisobining ayni qanday
bo’limlarini tekshirishini belgilashi va buxgalteriya hisobining har bir bo’limi
bo’yicha audit dasturini tuzishi kerak bo’ladi.
Auditni o’tkazish shartlari va auditorlik rusum-qoidalari natijalarining
o’zgarishiga bog’liq holda audit dasturi qayta ko’rib chiqilishi mumkin.
O’zgarishlarning sabablari va natijalari hujjatlashtirilishi kerak.
Auditorlik dasturining har bir bo’limi bo’yicha auditorning ish hujjatlarida
rasman aks ettirilgan xulosalari auditorlik hisoboti (xo’jalik yurituvchi sub’ekt
rahbariyatiga yozma axborot) va auditorlik xulosasini tuzish uchun fakt materiali,
shuningdek, xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti to’g’risida
auditorning xolis fikrini shakllantirish uchun asos bo’lib hisoblanadi.
Auditni rejalashtirish jarayoni tugaganidan so’ng audit umumiy rejasi va
dasturi hujjatni rasmiylashtirilishi va ularga belgilangan tartibda viza qo’yilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |