««xalqaro audit»



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/61
tarix08.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#109379
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   61
««xalqaro audit»1

7.2. Auditorlik tanlash 
Auditorlik tanlash deganda o’rganilishi lozim bo’lgan to’plamdan zaruriy 
miqdordagi birliklarning maxsus usullar bilan tanlab olinishi va ularning butun 
to’plamga tarqatilishi tushuniladi. Auditorlik tanlash auditorlik ishi texnologiyasi, 
auditorlik isbotlarini to’plash usullari, buxgalteriya hisobi tizimi va ichki nazorat 
tizimi bilan bog’liq.
Auditorlik tanlash quyidagi maqsadlarda qo’llaniladi: 
- vaqt va moddiy-moliyaviy mablag’larni tejashda; 
- umumiy to’plam haddan tashqari ulkan bo’lib, yoppasiga tekshirish imkoniyati 
bo’lmaganda; 
- tekshirish ob’ektini to’laroq, chuqurroq o’rganishda. 
Tanlab tekshirish 2 guruhga bo’linadi: 

muvofiqligiga ko’ra; 

moddiyligiga ko’ra. 
Tanlab tekshirishning muvofiqligiga ko’ra vazifasi qarorda keltiriladi. 
Tekshiriladigan hisobot davrida ichki nazorat me’yorlarining buzilganligi 


87 
tekshiriladi. U atributiv tekshirish ham deyiladi. Bunday tekshirishga misol qilib 
boshqa tomonning xizmatiga haq to’lash va hokazolarni kiritishimiz mumkin.
Moddiylik bo’yicha tanlab tekshirishning vazifasi ichki nazorat buzilishi 
natijasida qiymat ifodasidagi o’zgarishni tekshiradi. U miqdoriy tekshirish ham 
deyiladi. Unga quyidagilar kiradi: buxgalteriya hisobi hisobvaraqlaridagi qoldiqni 
tasdiqlash, birlamchi hujjatlardagi yozuvlar, 3-shaxslardan tasdiq olish va hokazo. 
Tanlab tekshirish quyidagilarni aniqlaydi: 

tanlash populyatsiyasi; 

kuzatish birligi; 

yig’ish birligi; 

yig’ish usullari; 

tanlash hajmi; 

reprezentativlikni tekshirish; 

populyatsiyadagi tanlangan ma’lumotlarni joylashtirish tartibi. 
Populyatsiya – aniqlanadigan elementlarning guruhidir (to’plamidir). Auditda 
aniqlanadigan elementlarga provodkalar, satrlar, yozuvlar kiradi. 
Kuzatish (rioya qilish)birligi – bu mijoz korxonada tayyorlangan yoki 3-
shaxsdan olingan hujjatlardir. 
Tanlash reprezentativ, ya’ni ishonchli bo’lishi lozim. Bu talab o’rganilayotgan 
jamlanmaning barcha elementlari tanlash uchun saylanish teng asosdagi ehtimollikka 
ega bo’lishini ko’zda tutadi. Reprezentativlikni ta’minlash uchun auditorlik tashkiloti 
quyidagi usullarning biridan foydalanishi mumkin: 
- tasodifiy tanlash. Tasodifiy sonlar jadvali bo’yicha amalga oshirilishi 
mumkin. 
- muntazam tanlash. Elementlarni tasodifiy tanlangan sondan boshlab 
muntazam oraliq orqali tanlanishini ko’zda tutadi. Oraliq yo jamlanma 
elementlarining muayyan sonida yoki qiymatni baholash asosiga quriladi. 
- aralash tanlash. Tasodifiy va muntazam tanlashning turli usullari uygunligini 
ifodalaydi. 


88 
Auditorlik tashkiloti, tanlashning o’tkazilishi natijalari bo’yicha auditorlarning 
professional 
mulohazasi 
butun 
jamlanmaga 
daxldor 
bo’lmagan vaqtda 
noreprezentativ, ya’ni ishonchli bo’lmagan jamlanmani ishga solishga haqli. Auditor 
alohida olingan operatsiyalar guruhini alohida topshirganda yoki tegishli ravishda 
ehtimolli xatolar belgilangan operatsiyalar toifasini tekshirganda noreprezentativ 
tanlash qo’llanishi mumkin. 
Auditorlik tashkiloti hisobvaraqlar bo’yicha saldo va operatsiyalarning aks 
ettirilishi to’g’riligini tekshirish yoki tekshirilayotgan jamlanmaning elementlari soni 
juda ham kamligidan statistik usullarning qo’llanishi to’la huquqli bo’lmaganligi 
sababli nazorat tizimi vositalarini yaxlit tarzda tekshirishi yoki agar auditorlik 
tanlashining qo’llanishi yaxlit tekshiruv o’tkazishdan ko’ra samarasizroq bo’lsa, 
tekshirishi mumkin. 
Yuqoridagi tartib, shuningdek, statistik usulda tuzilgan tanlashlarga nisbatan 
ham qo’llanadi. U auditorlik dalillarini to’plash uchun ishonchli imkoniyatlarni ifoda 
etishi lozim. 
Auditorlik tanlash tekshirilayotgan jamlanmaning 100 foizdan kam bo’lgan 
ob’ektlariga nisbatan auditorlik rusum-qoidalarini qo’llash maqsadida amalga 
oshiriladi. Bunday ob’ektlar deganda hisobvaraqlar saldosini tashkil etuvchi 
elementlar yoki butun tekshirilayotgan jamlanma haqida bir fikrga kelishga imkon 
beruvchi auditorlik dalillarini yig’ish uchun hisobvaraqlar bo’yicha aylanma 
(oborot)larni tashkil etuvchi operatsiyalar tushuniladi. Tanlashni tuzish uchun 
auditorlik tashkilotiga oid buxgalteriya hisobotining aniq, muayyan bo’limini 
tekshirish tartibini, tanlash o’tkazish amalga oshiriladigan, tekshirilayotgan 
jamlanmani va tanlash hajmini belgilab olishi kerak. 
Buxgalteriya hisobotining aniq, muayyan bo’limi tekshiruvini o’tkazishni 
ishlab chiqishda auditorlik tashkiloti tekshirish maqsadini va bu maqsadlarga 
erishishga yordam beruvchi auditorlik rusum-qoidalarini belgilab olishi kerak. 
Shundan so’ng auditor yuz berishi mumkin bo’lgan xatolarni aniqlashi, unga dalillar 
to’plashi va bu zarur dalillarni baholashi va shuning asosida ko’rilayotgan 
ma’lumotlar jamlanmasini belgilashi kerak. 


89 
Auditorlik tashkiloti o’rgatilayotgan jamlanmani shu tarzda aniqlashi kerakki, 
u auditning maqsadiga muvofiq kelsin. Jamlanma muayyan tarzda identifikatsiya 
qilinadigan birliklar to’plamidan tashkil topishi kerak. Auditorlik tashkiloti jamlanma 
elementlar tanlashini unga o’z oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishishga imkon 
beruvchi samarali va tejamkorlik tarzida o’tkazadi. 
Tanlashni o’tkazishda auditorlik tashkiloti o’rganilayotgan jamlanmani har 
birining elementlari o’xshash xususiyatlarga ega bo’lgan alohida guruhlarga 
("jamlanmaga tegishli") ajratishi mumkin. Jamlanmalarni ajratish mezonlari shunday 
bo’lishi kerakki, har qanday element bo’yicha, u qanday jamlanmaga tegishli guruhga 
oid ekanligini aniq ko’rsatish mumkin. Stratifikatsiya deb nomlanuvchi mazkur 
rusum-qoida, ma’lumotlar tarqoqligini (variatsiyani) kamaytirib, auditorlik 
tashkilotining ishini engillashtirishga imkon beradi. 
Jamlanmaning hajmi (o’lchamini) belgilashda auditorlik tashkiloti tanlash 
tavakkalchiligini, yo’l qo’yilgan va kutilayotgan xatolarni aniqlashi kerak. 
Tanlash shundan iborat bo’ladiki, auditorning tanlash ma’lumotlari asosida 
yuzaga kelgan, muayyan masalalar bo’yicha fikri, xuddi shu masalalar bo’yicha 
butun jamlanmani o’rganish asosida yuzaga kelgan fikrlardan farq qilishi mumkin. 
Tanlash tavakkalchiligi nazorat tizimi vositalarini testdan o’tkazishda ham, 
buxgalteriya hisobida hisobvaraqlar bo’yicha oborotlarni va saldolarning to’g’ri aks 
ettirilganligini tekshirishda ham mavjud bo’lishi mumkin. Auditorlik amaliyotida 
nazorat tizimi testlari va hisobvaraqlar bo’yicha oborotlar hamda saldo to’g’riligini 
tekshirish uchun birinchi va ikkinchi tur tavakkalchiliklar farqlanadi. 
Nazorat vositalarini testdan o’tkazishda quyidagi tanlash tavakkalchiliklari 
farqlanadi: 
- birinchi tur tavakkalchiligi - tanlash natijasi nazorat tizimining 
ishonchsizligini ko’rsatganda, aslida esa tizim haqiqatan ham ishonchli bo’lgani 
holda to’g’ri farazni rad etish tavakkalchiligi. 
- ikkinchi tur tavakkalchiligi - tanlash natijasi tizimning ishonchsizligidan 
dalolat berib, aslida esa nazorat tizimi zaruriy ishonchlilikka ega bo’lmagan holda, 
noto’g’ri farazni qabul qilish tavakkalchiligi. 


90 
Hisobvaraqlar bo’yicha oborotlar va saldoning buxgalteriya hisobida to’g’ri 
aks etganligini sinchiklab tekshirishda quyidagi tanlash tavakkalchiliklari farqlanadi: 
- birinchi tur tavakkalchiligi - tanlash natijasi tekshirilayotgan jamlanma jiddiy 
xatolarga ega ekanligidan dalolat berib, aslida esa jamlanma bunday xatolardan xoli 
bo’lgani holda to’g’ri farazni rad etish; 
- ikkinchi tur tavakkalchiligi - tanlash natijasi tekshirilayotgan jamlanma 
jiddiy xatolarga ega emasligidan dalolat bersa, aslida esa jamlanma jiddiy xatoga ega 
bo’lgan holda noto’g’ri farazni qabul qilish tavakkalchiligi. 
To’g’ri farazni rad etish tavakkalchiligi auditorlik tashkiloti tomonidan yoki 
tanlash o’tkazish natijasida uning hisob-kitobida xato borligi aniqlangan xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt tomonidan qo’shimcha ishlarni bajarishni talab etadi. Noto’g’ri 
farazni qabul qilish tavakkalchiligi auditorlik tashkiloti ishi natijalarini shubha ostiga 
oladi. 
Tanlashning o’lchami auditor tomonidan ijozatli deb hisoblanadigan xato 
miqdori bilan aniqlanadi. Uning miqdori qanchalik kichik bo’lsa, tanlashning zaruriy 
o’lchami shunchalik katta bo’ladi. 
Yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatolar auditor tomonidan tanlangan 
muhimlilik darajasiga muvofiq ravishda auditni rejalashtirish bosqichida aniqlanadi. 
Yo’l qo’yiladigan xatoning hajmi qancha kam bo’lsa, auditorlik tanlashning hajmi 
shuncha katta bo’lishi kerak. Nazorat tizimi vositalarini testdan o’tkazishda xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt tomonidan belgilangan va auditorlik tashkiloti rejalashtirish 
bosqichida aniqlangan nazorat rusum-qoidalaridan yuqori darajada ochish xato 
hisoblanadi. Hisobvaraqlar bo’yicha oborotlar va saldo to’g’riligini tekshirishda 
sal’doda yoki provodkalarning muayyan toifasidagi eng katta xato, yo’l qo’yiladigan 
xato hisoblanadi. Bunday xatolarning butun audit jarayoniga jamlanma ta’siri, 
buxgalgeriya hisobotlari jiddiy xatolardan xoli ekanligini ishonchlilikning etarli 
darajasida tasdiqlashga imkon berishi uchun auditorlik tashkiloti bunga yo’l qo’yishi 
mumkin. 
Agar auditor tekshirilayotgan jamlanmada xato mavjud deb hisoblasa, bunday 
xatolarning umumiy miqdori yo’l qo’yiladigan xato o’lchamidan oshmasligini 


91 
tekshirish uchun katta miqdordagi tanlashni amalga oshirishi kerak. Agar auditor 
tanlash xatolardan xoli deb hisoblasa, kichik o’lchamdagi tanlashdan foydalanadi. 
Har 
qanday 
tanlash 
uchun 
auditorlik 
tashkilotining 
majburiyatlari 
quyidagilardan iborat: 
- tanlashga kirib qolgan har qanday xatoni tahlil etish; 
- tanlashni amalga oshirishda olingan natijalarni butun tekshirilayotgan 
jamlanmaga ekstrapolyatsiyalash, ya’ni tatbiq etish; 

tanlash tavakkalchiliklarini baholash. 
Tanlashga kirib qolgan xatolarni tahlil qilishda auditorlik tashkiloti birinchi 
navbatda tanlashga kirib qolgan xatolarning tabiatini aniqlashi lozim. 
Tanlashni 
shakllantirishda 

qanday 
aniq 
maqsadlarni 
ko’zlab 
o’tkazilayotganini ta’riflash va tanlashda aniqlangan xatolarni shu maqsadlarga 
muvofiq ravishda baholash lozim. Agar ko’zlangan tekshiruv maqsadlariga tanlash 
tekshiruvlari yordamida erishilmagan bo’lsa, unda auditorlik tashkiloti muqobil 
auditorlik rusum-qoidalarini o’tkazishi mumkin. 
Auditorlik tashkiloti xatolarning sifat jihatini, ya’ni ularning mohiyati va ularni 
yuzaga keltirgan sabablarni baholashi, shuningdek, ularning auditning boshqa 
uchastkalariga ta’sirini aniqlashi mumkin. 
Aniqlangan xatolarni tahlil qilib, auditorlik tashkiloti ularning operatsiya 
turlari, ishlab chiqarish birliklari, xatolar aynan o’shalar uchun topilgan bo’linmalar, 
xatolarning kelib chiqish vaqti va hokazolar bilan bog’liq bo’lgan umumiy belgilarga 
egaligi to’g’risida xulosaga kelishi mumkin. Bu holda auditorlik tashkiloti 
tekshirilayotgan jamlanmani, muvofiq belgilariga ko’ra unga tegishli guruhlarga 
bo’lishi va aniqroq natijalarga erishishiga imkon berishini hisobga olgan holda 
ularning har birini alohida tekshirishi mumkin. 
Auditorlik 
tashkiloti 
tanlashlar 
bo’yicha olingan natijalarni butun 
tekshiriladigan jamlanmalarga tatbiq etishi shart. Tanlash natijalarini butun 
jamlanmalarga tatbiq etish usullari turlicha bo’lishi mumkin, lekin ular doimo 
tanlashni tuzish usullariga muvofiq kelishi lozim. Agar jamlanma jamlanmaga 


92 
tegishli guruhlarga ajratilgan bo’lsa, uni tatbiq etish ham ularning har biriga nisbatan 
amalga oshirilishi kerak. 
Auditor tekshiriladigan jamlanmadagi xato yo’l qo’yiladigan miqdordan ortiq 
emasligiga ishonch hosil qilishi kerak. Buning uchun auditor tatbiq etish vositasida 
olingan jamlanma xatolarini yo’l qo’yiladigan xato bilan solishtiradi. Agar birinchi 
xato yo’l qo’yilganidan ortiq bo’lsa, auditorlik tashkiloti tanlash xatolarini takroran 
baholashi lozim. Agar ularni nomaqbul deb topsa, u holda auditorlik rusum-qoidalari 
doirasini kengaytirishi yoki o’tkazilganlariga muqobil bo’lgan auditorlik rusumlarini 
qo’llagani ma’qul. 
Auditorlik tashkiloti auditorlik tanlashning barcha bosqichlarini va uning 
natijasi tahlilini majburiy tartibda ish hujjatlarida aks ettirishi shart. 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin