Buxgalteriya hisobi va audit
tizimining modellari
Argentina, Boliviya,
Braziliya, Gayana,
Paragvay, Peru,
Urugvay, Chili,
Ekvador
Janubiy Amerika
modeli
Kontinental
model
Avstriya, Angola,
Belgiya, Burkina-
Faso, Gvineya,
Gretsiya, Daniya,
Jazoir, Misr, Zair,
Ispaniya, Italiya,
Kamerun, Mali,
Lyuksemburg,
Marokash, Norvegiya,
Portugaliya, Togo,
Senegal, Sera-Leone,
Frantsiya,
Shveytsariya,
Shvetsiya, Yaponiya
Avstraliya, AQSh,
Barbados, Benin,
Buyuk Britaniya,
Venesuela, Kipr,
Dominikan, Zambiya,
Isroil, Hindiston,
Indoneziya, Panama,
Irlandiya, Kanada,
Keniya, Kolumbiya,
Malayziya, Meksika,
Nigeriya, Fidji,
Niderlandiya, JAR,
Pokiston, Singapur,
Tanzaniya, Filippin,
Yamayka
Britan-Amerika
modeli
17
AQSh, Kanada va Buyuk Britaniyaning auditorlik faoliyatida milliy standartlar
amal qilib, xalqaro auditorlik standartlaridan ma’lumot uchun foydalaniladi.
Avstraliya, Braziliya, Niderlandiya va boshqa davlatlarda xalqaro auditorlik
standartlari milliy auditorlik standartlarini ishlab chiqishda asos bo’lib xizmat qiladi.
O’zbekistonda ham xalqaro audit standartlari asosida auditning milliy standartlari
ishlab chiqilmoqda va amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Malayziya va Nigeriyada milliy standartlar ishlab chiqilmaydi, ularning
auditorlik amaliyotida xalqaro standartlar to’lig’icha amal qiladi.
Har bir mamlakatda auditning standartlarini ishlab chiqishda maxsus
tashkilotlar faoliyat yuritadi. Masalan, AQShda standartlarni ishlab chiqish bilan
Moliyaviy hisobot standartlarini ishlab chiquvchi kengash (FASB) shug’ullanadi.
Ushbu standartlarning amalda qo’llanilishini nazorat qilish hukumatning Qimmatli
qog’ozlar va birjalar bo’yicha komissiyasi (SEC) zimmasiga yuklatilgan. FASB va
SECning o’zaro hamkorligi tufayli AQShda audit standartlari qo’llanilishining
samarali mexanizmi yaratilgan.
Auditning vatani hisoblangan Buyuk Britaniyada esa buxgalteriya hisobi va
audit siyosati asosan nohukumat tashkilotlar tomonidan olib boriladi. Shu boisdan
AQSh va Buyuk Britaniyada qabul qilingan audit standartlari bir-biriga mos
tushmaydi.
Xalqaro auditorlik standartlari (XAS)ning qo’llanilish
darajasi
XAS milliy standartlarni
ishlab chiqishda
qo’llaniladi
Malayziya,
Nigeriya
Avstraliya, Braziliya
AQSh, Kanada, Buyuk
Britaniya
XAS to’lig’icha amal
qiladi, milliy standartlar
mavjud emas
XASning faqat
ma’lumot uchun
ishlatilishi
18
Frantsiyada auditning milliy standartlarini Milliy kompaniya qo’mitasi
tomonidan ishlab chiqiladi. Ushbu davlatda qabul qilinadigan auditning milliy
standartlari xalqaro standartlarga to’lig’icha mos keladi, ayrim mutaxassislarning
aytishicha, Frantsiyada qabul qilinadigan milliy standartlar «Xalqaro standartlarning
frantsuzcha varianti» deb yuritiladi.
Umuman olganda, xalqaro auditorlik standartlari jahon miqyosida audit
tizimini unifikatsiyalashga xizmat qiladi. Respublikamiz iqtisodiyotini yanada
rivojlantirish yo’lida auditorlik faoliyatini xalqaro standartlar asosida tashkil qilish
hamda milliy auditorlik standartlarini qabul qilish jarayonida yuqorida sanab o’tilgan
mamlakatlar tajribasidan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |