««xalqaro audit»


(tavakkalchilik)ka asoslangan audit



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/61
tarix08.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#109379
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   61
««xalqaro audit»1

(tavakkalchilik)ka asoslangan audit vujudga kelgan. Bu nafaqat tasdiqlovchi 
auditning, balki maqsadli-sistemali auditning ham, ammo ko’proq statistik yoki 
nostatistik tanlab tekshirishga asoslangan jarayondir. Bizning respublikamizda 
auditorlik faoliyatiga statistik usullarni tadbiq qilish, aniqrog’i, auditorlik 
statistikasini fan tarmog’i sifatida shakllantirishga ilmiy negiz mavjud va uni 
rivojlantirish istiqbolga ega. 
G’arb mamlakatlarida, masalan, AQShda, buxgalteriya hisobining umumqabul 
qilingan printsiplari – BXUP – (GAAP – Generally Accepted Accounting Principles) 
tizimiga rioya qilish barcha buxgalterlar va auditorlar uchun majburiy hisoblanadi. 
AQSh ning o’zida buxgalteriya hisobi standartlari uzoq vaqt ommaviy muhokama 
qilinganidan so’ng, mustaqil kengash – Financial Accounting Standards Board 
(FASB) tomonidan tasdiqlanadi. 
Buxgalteriya hisobi standartlari bilan birga audit standartlari ham qo’llaniladi. 
AQShda ular auditning umumqabul qilingan standartlari – AUS (GAAS – Generally 


15 
Accepted Auditing Standards) deb ataladi. Ular auditorlik tekshiruvlarini tashkil etish 
va o’tkazishda hamda uchraydigan muammmolarni hal etishda qo’llaniladi. 
Standartlar Amerika qasamyod qilgan buxgalterlar instituti – AQBI (AICPA – 
American Institute of certified Public Accountants)ning maxsus bo’limi tomonidan 
ishlab chiqilgan. Ular mamlakatdagi barcha buxgalterlar uchun majburiy hisoblanadi. 
Standartlarga rioya qilinmagan hollarda sudlar va auditorlar ustidan nazorat qiluvchi 
boshqa organlar ular faoliyatini to’xtatishga haqlidir. 
2.2. Xalqaro audit tizimi va uning modellari 
XX asrning ikkinchi yarmi hamda XXI asr dastlabki yillari jahon mamlakatlari 
o’rtasida o’zaro hamkorlik va integratsiya jarayonlarining kuchayishi bilan 
izohlanadi. Xalqaro maydonda iqtisodiy munosabatlarning tobora chuqurlashib 
borishi jahonning turli mintaqalarida erkin iqtisodiy zonalarning vujudga kelishiga va 
transmilliy korporatsiyalar faoliyatining kuchayishiga turtki berdi.
Biznes va aloqalarning jahon mamlakatlari bo’ylab baynalmilallashuvi
buxgalteriya hisobi va audit tizimining ham xalqaro ko’rinishga ega bo’lishiga olib 
keldi. Shunday bir sharoitda transmilliy korporatsiyalar va ularning jahonning boshqa 
mamlakatlaridagi bo’linmalari o’rtasida hisob va audit tizimini yuritishda yangicha 
tartib ishlab chiqilishini taqozo qildi. Turli mamlakatlarda auditorlik faoliyatiga 
turlicha yondoshilishiga qaramasdan, jahon xo’jaligi va moliya bozorlarining 
baynalmilallashuvi kuchayib borayotganligini aks ettiruvchi unifikatsiyalangan 
qoidalarni ishlab chiqish zarur.


16 
Ma’lumki, xalqaro audit standartlari jahon mamlakatlarida turlicha qo’llaniladi. 
Bunga asosiy sabab, ushbu mamlakatlarda buxgalteriya hisobining turlicha modellari 
amal qilishidadir. Olimlarning ta’kidlashicha, hozirgi kunda dunyoda buxgalteriya 
hisobi va audit tizimining quyidagi modellari mavjud: 
Jahon mamlakatlarda buxgalteriya hisobi va audit tizimining turlicha yuritilishi 
hisob va audit sohasida standartlarni muvofiqlashtirish va tatbiq etishni taqozo etdi.
Xususan, bu tadbir bilan IAPS shug’ullanadi. IFAC huzuridagi Xalqaro auditorlik 
amaliyoti qo’mitasi (IAPS) auditorlik faoliyati kam taraqqiy etgan davlatlarda ushbu 
kasbning mavqeini ko’tarish maqsadida xalqaro auditorlik standartlarini qo’llashni 
muvofiqlashtirib turadi.
Bugungi kunga kelib xalqaro audit standartlarini jahon mamlakatlari bo’yicha 
qo’llanilish darajasiga ko’ra quyidagi ko’rinishi mavjud: 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin