««xalqaro audit»


 Auditning turlari va shakllari



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/61
tarix08.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#109379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
««xalqaro audit»1

 
1.3. Auditning turlari va shakllari 
Auditorlik tekshiruvi xarajatlarini hamda audit o’tkazish davrini kamaytirish 
maqsadida auditni quyidagi turlarga bo’linadi: 
1. 
Tasdiqlovchi audit; 
2. 
Tizimli-orientirlangan audit; 
3. 
Tavakkalchilikka asoslangan audit. 
Tasdiqlovchi audit tekshirish davomida auditor har bir xo’jalik muomalasini 
tekshirgan va tasdiqlagan hamda parallel ravishda hisob registrlarini tuzgan. Hozirda 
esa bu hisob ishlarini qayta tiklash deyiladi. 
Tizimli-orientirlangan audit mijozning ichki nazorat tizimining qay darajada 
ishlayotganligini tekshirishga asoslanadi. Agarda ichki nazorat tizimi oqilona tashkil 
qilingan hamda yaxshi ishlayotgan bo’lsa, tashqi auditorlar o’z ishlarini tanlab 
tekshirish hamda alohida ob’ektlarni nazoratdan o’tkazish bilan cheklanadi. Bu esa, 
albatta, auditorning ish vaqtini hamda audit jarayoniga qilinadigan xarajatlarni 
kamaytiradi. Ammo, auditor bunday tekshiruv o’tkazishda mijozning xo’jalik 
faoliyati tizimi samaradorligini har jihatdan baholashi hamda korxonada yuz 
beradigan o’g’irlik, firibgarlik holatlarini ham inobatga olishi lozim.
Tavakkalchilikka asoslangan audit tavakkalchilik baland bo’lgan joyda 
tekshirish vaqtini ko’proq ajratish hamda past tavakkalchilik bo’lgan joyda 
tekshirishga kam vaqt ajratishga asoslanadi. Bu tekshirish xarajatlarini kamaytirish 
yuzasidan kelib chiqadi.
Auditorlik tekshirivi iqtisodiy nuqtai nazardan ikki turga bo’linadi: 
1. 
Ichki audit; 
2. 
Tashqi audit. 



Ichki audit – bu xo’jalik ichida uning faoliyatining samaradorligini tekshirish 
va aniqlashda mustaqil baho berishdir. Ichki audit uchun korxonaning o’zi yoki uning 
bir bo’limi – korxona ichidagi nazorat bo’limi javob beradi. Ichki auditning maqsadi 
– korxona xizmatchilariga o’zlarining majburiyatlarini a’lo darajada bajarishga 
yordam berishdir. Ichki audit korxonaga tekshirilayotgan ob’ektlar haqida aniq tahlil, 
baholash, tavsiya maslahat va ma’lumotlarni beradi. 
Ichki auditning vazifalari quyidagilardan iborat: 

korxonaning ishiga moliyaviy nazorat; 

iqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha ichki nazorat tizimi ixtisoslashganligini 
tekshirish; 

boshqaruv xodimlarining ishlab chiqarish va sotish bo’yicha tahlil 
ishlari; 

korxonalarning likvidligi, rentabelligi va ish faoliyatini baholash. 

korxona ishini yaxshilash bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish. 
Korxonada ichki auditorning bo’lishi shu korxona uchun foydalidir. Tekshirish 
o’tkazish usullari tashqi auditnikiga o’xshash bo’lib, tekshirish hajmi va ob’ekti 
jihatdan farq qiladi. 
Ichki audit, avvalo, korxonada moddiy boyliklarning saqlanishi va 
foydalanilishi, hisob-kitobning to’g’riligi va boshqa ob’ektlarni tekshirishga 
qaratiladi. Ichki auditda, odatda, to’liq tekshirish o’tkaziladi.
Ichki audit faoliyatining eng keng tarqalgan turi operatsion auditdir. Operatsion 
audit – bu auditorning korxonada resurslardan samarali foydalanish, samarali 
yutuqlarga erish maqsadida korxonaning moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirishdir. 
Uning maqsadi – xodimlarning o’z vazifalarini bajarish va korxona rentabelligini 
oshirishga yordam berishdir. 
Ichki auditorlarga ham mustaqillik kerak. Ular axborot to’plashda korxona 
rahbari tazyiqidan xoli bo’lishi lozim. 
Ichki audit quyidagi shakllarda tuzilishi mumkin: 

yillik hisobotni tasdiqlash uchun aktsionerlarning umumiy yig’ilishida 
har yili saylanadigan, doimiy faoliyat ko’rsatadigan taftish komissiyasi shaklida. Uni 


10 
tuzish zaruriyati korxona Nizomida ko’rsatiladi. Ko’p hollarda taftish komissiyasi 
tuzilmay qoladi. 

Korxona rahbari tomonidan bevosita tashkil etilgan maxsus ichki nazorat 
bo’limi shaklida; 

Auditorlik firmasi bilan shartnomaga muvofiq ichki auditni o’tkazish 
shaklida. 
Agar korxonada ichki audit tashkil etilgan bo’lsa, tashqi auditor uning 
yordamidan foydalanishi mumkin. Tashqi auditor ishining samaradorligi ichki auditor 
bilan hamkorlik qilsa, ancha ortadi. 
Har yillik auditorlik tekshiruvi davomida ichki auditor tashqi auditor nazorati 
ostida alohida ishlarni bajarishi mumkin. 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin