Xalqaro baholash dasturlari haqida tushuncha



Yüklə 66,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix26.12.2023
ölçüsü66,71 Kb.
#197930
  1   2
XALQARO BAHOLASH DASTURLARI HAQIDA TUSHUNCHA



A.QODIRIY NOMIDAGI 
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
JISMONIY MADANIYUAT FAKULTETI 
SPORT FAOLIYATI (KURASH) YO‘NALISHI 
931-22-GURUH TALABASI 
MUSURMONOV DILMURODNING 
“XALQARO BAHOLASH DASTURLARI HAQIDA 
TUSHUNCHA” MAVZUSIDA
 TAYYORLAGAN 
Jizzax-2023 


XALQARO BAHOLASH DASTURLARI HAQIDA TUSHUNCHA 
 
Reja: 
 
1.Xalqaro baholash dasturlarini va ularning ahamiyati. 
2. PISA, PIRLS, TIMSS vа TALIS xalqaro dasturlari haqida ma’lumot. 
3.Xalqaro baholash tizimining asosiy xususiyatlari va ta’lim sohasidagi ahamiyati 


Tayanch tushunchalar: Xalqaro baholash , xalqaro dastur,ta’lim sifatini 
baholash, PISA, birlik, klaster, testlet va buklet, xalqaro monitoring 
Davlatimiz innovastion taraqqiyot yo’lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan 
bir davrda kelajagimiz davomchilari bo’lgan yoshlarni ijodiy g’oyalari va 
ijodkorligini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning bilim, ko’nikma va 
malakalarini davlat ta’lim standartlari asosida shakllantirish hamda ilg’or xorijiy 
tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish 
muhim ahamiyatga egadir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasida qo‘yilayotgan 
amaliy qadamlarga xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro 
tadqiqotlarning tashkil etilishi to‘g‘risida hukumat qarorining qabul qilinishi Ta’lim 
sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasidek (IEA-International 
Association for the Evaluation of Educational Achiyevement) nufuzli tashkilot bilan 
hamkorlik aloqalarining yo‘lga qo‘yilishini misol sifatida keltirish mumkin. Qariyib 
60 yildan ko‘proq vaqt mobaynida IEA tashkiloti ta’limni qiyosiy o‘rganish 
sohasida yetakchi tashkilot bo‘lib kelmoqda. Mazkur tashkilot ta’lim tizimida davlat 
siyosati va amaliyotning ta’sirini chuqurroq o‘rganish maqsadida ta’lim sohasida 
keng miqyosli tadqiqotlar olib boradi. Bu tadqiqotlar ta’lim jarayonlari va 
natijalarini ko‘rib chiqib, ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi o‘zaro bog‘liq omillarni 
qiyosiy tahlil qiladi. 1958-yildan buyon ushbu tashkilot ta’lim sohasiga oid ko‘plab 
mavzular bo‘yicha o‘ttizdan ortiq qiyosiy tadqiqotlarini o‘tkazdi. Jumladan, 
matematika va tabiiy fanlar (TIMSS), o‘qish (PIRLS), fuqarolik va fuqarolik ta’limi 
(ICCS), kompyuter va axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonlik (ICILS) kabi 
yo‘nalishlarda o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalari, umuman olganda ta’lim olish 
jarayonida erishgan yutuqlarini baholab kelmoqda. 
Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tajribalarni o’rganish, mavjud 
tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo’nalishdagi xalqaro va xorijiy 
tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik 
qilish, ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro loyihalarni amalga oshirish, zamon 


talablariga javob beradigan munosib milliy baholash tizimini takomillashtirish 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Shu maqsadda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 
dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro 
tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 997-sonli qarori bilan 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat 
qilish davlat inspekstiyasi qoshida “Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro 
tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi” tashkil etildi. 
O’z navbatida, “Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni 
amalga oshirish milliy markazi”ga ta’lim tizimida o’qish, matematika va tabiiy 
yo’nalishidagi fanlardan savodxonlik darajasini rivojlantirishning innovastion 
metodlarini ishlab chiqish hamda joriy etishga yo’naltirilgan ilmiy izlanishlar olib 
borish, ta’lim sifatini baholash sohasida xalqaro aloqalarni o’rnatish, xalqaro 
loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish kabi vazifalar yuklatildi. 
Shu bilan bir qatorda, Milliy markaz direktori – Xalqaro tadqiqotlarning 
milliy loyiha menejeri hisoblanib, xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish hamda 
muvofiqlashtirishda O’zbekiston Respublikasining vakili sifatida ishtirok etishi 
belgilab qo’yildi. 
Mazkur vazifalarning amaliy ifodasi sifatida O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspekstiyasi 
bilan Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti o’rtasida o’quvchilar 
savodxonligini baholash bo’yicha xalqaro dasturda (Agreement for participation 
programme for international student assessment - PISA 2021) ishtirok etish 
to’g’risidagi kelishuvga erishildi. IEA tashkiloti tomonidan olib borilayotgan 
tadqiqotlarning aksariyati o‘quvchilarning akademik faoliyatini bir yoki bir nechta 
fanlardan yoki fanlararo uyg‘unlik asosida baholashni o‘z ichiga oladi, bu esa dunyo 
bo‘yicha umumiy va har bir mamlakat kesimida ta’lim jarayonlarini chuqur tahlil 
qilishga yordam beradi. O‘quvchilarning erishgan yutuqlarini o‘rganishda barcha 
o‘quvchilardan emas, balki ushbu qatlamning vakillari sifatida tanlab olingan 
o‘quvchilardan obyektiv testlarni o‘tkazish orqali baholanadi. Shuningdek, maktab 


direktorlari, o‘qituvchilar, o‘quvchilar, hattoki ota-onalardan so‘rovnomalar 
o‘tkazilib, maktabdagi ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, jumladan, maktab 
resurslari, o‘quvchilarning ta’lim olishga oid qarashlari, o‘qitish usullari hamda uy 
sharoitida 
o‘quvchilarning 
bilim 
olishi 
qanchalik 
darajada 
qo‘llab-
quvvatlanayotganligiga doir qimmatli ma’lumotlar to‘planadi. Ushbu tadqiqotlar 
yuqori texnik va ilmiy talablar asosida o‘tkaziladi. Shuningdek, o‘rganilayotgan 
holatlarning xususiyatidan kelib chiqib, amaliy tadqiqotlar bilan birga kuzatuv kabi 
samarali usullardan ham foydalaniladi. Ushbu dasturning ko‘p yillar davomida 
muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotganiga 2021-yilda 20 yil to‘ladi. Progress in 
International Reading and Literacy Study (PIRLS) – boshlang’ich 4-sinf 
o’quvchilarining matnni o’qish va tushunish darajasini baholash uchun; Boshqacha 
qilib aytganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmalarini 
qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma’lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash 
imkonini beradigan, o‘qish va o‘qitishni yaxshilash uchun ta’lim sohasidagi davlat 
siyosatiga oid ma’lumotlarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturidir. 
Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) - 4 ва 8- sinf 
o’quvchilarining matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan o’zlashtirish 
darajasini baholash uchun; The Programme for International Student Assessment 
(PISA) - 15 yoshli o’quvchilarning o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi 
fanlardan savodxonlik darajasini baholash uchun; Shuningdek, PIRLS, yosh 
o‘quvchilar tomonidan maktabda va maktabdan tashqarida ta’lim olishning katta 
qismini tashkil etuvchi, ya’ni badiiy tajriba orttirish, ma’lumot olish va undan 
foydalanish ko‘nikmalarini baholash kabi ikkita keng qamrovli maqsadlarni 
ifodalaydi. Yana shuni aytish mumkinki, ushbu dastur zamon bilan hamnafas qadam 
tashlaydi hamda o‘zining baholash mezonlarini zamonaviy talablarga muvofiq 
ravishda takomillashtirib boradi. Bunga misol sifatida, 2021-yilda o‘tkaziladigan 
tadqiqotda o‘quvchilarga birinchi marta raqamli formatdagi topshiriqlarni taqdim 
etishni rejalashtirganini aytish o‘rinlidir. Raqamli formatga o‘tish bilan birga, 
internet muhitida boshqariladigan ePIRLS onlayn o‘qishni kompyuterda baholash 
kabi o‘zgarishlar ham ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 


2019-yil 29-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5712-son 
Farmonida 2030-yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 
ta ilg‘or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta’limi tizimida ta’lim 
sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida 
o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik 
darajasini baholashga yo‘naltirilgan ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini 
yaratish vazifalari belgilangan. 
PISA (Programme for International Student Assessment) – o’quvchilarning 
savodxonligini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqot dasturi bo’lib, dasturning asosiy 
maqsadi 15 yoshli o’quvchi yoshlarning o’qish, (matnni tushunish), matematika va 
tabiiy fanlar bo’yicha savodxonlik darajalarini hamda ijodiy fikrlash ko’nikmalarini 
turli xil testlar yordamida baholashdan iboratdir. Ushbu loyihalar o’quvchi 
yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlashi, egallagan bilimlarini hayotda qo’llay olish 
layoqatiga baho berish va keyinchalik bu ko’nikmalarni shakllantirishga xizmat 
qiladi. 
Har uch yilda amalga oshiriladigan PISA dasturi mamlakatlarga ta’lim 
tizimining yutuq va kamchiliklari yuzasidan o’z vaqtida axborot berish, tegishli 
dasturlarning ta’sirini tahlil qilish imkoniyatini yaratib, ta’lim siyosati sohasida 
qarorlar qabul qilishni qo’llab-quvvatlaydi. 
Ta’lim sifatini baholashga yo’naltirilgan PISA kabi xalqaro tadqiqotlar 
O’zbekiston ta’lim tizimida ilk marta o’tkazilayotganligi sababli ularni to’g’ri, 
samarali va ob’ektiv o’tkazish muhim ahamiyat kasb etadi. 
PISA–o’quvchilarning o’qish (matnni tushunish), matematika va tabiiy 
fanlardan bilim darajalarini baholashga qaratilgan xalqaro baholash dasturi bo’lib, 
o’quvchilarning maktab davrida orttirgan bilim va ko’nikmalarini aniqlashga 
mo’ljallangan. 
PISA xalqaro baholash dasturi shuningdek, o’quvchilar munosabati va 
motivastiyasi haqida qimmatli ma’lumotlar to’playdi, o’quvchilarda muammoni hal 
qila olish kabi ko’nikmalarni ham baholaydi. Masalan, global ahamiyatga ega 


masalalarni hal etishda o’quvchi-yoshlarning fikr- mulohazalari, ular bergan taklif 
va echimlarni baholaydi. 
PISA–xalqaro baholash dasturlarining natijalari asosida dunyo mamlakatlari 
o’quv dasturlarida mavjud bo’lgan talablar doirasida o’quvchilarning bilim va 
ko’nikmalarni qo’llash, fikrlash va muloqot qilish qobiliyatlariga baho beriladi. 
PISA hech qanday o’quv dasturini belgilamaydi yoki targ’ib qilmaydi yoki 
umumiy e’tirof etishni taqozo etmaydi. 
Ishtirokchi 
mamlakatlar 
ekspertlari 
va 
iqtisodchilarining 
fikricha, 
o’quvchilarda tabiiy fanlardan o’zlashtirilgan bilim va ko’nikma darajalari 
shakllanishi, mustahkamlanishi davlatlarning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun 
muhim dastlabki qadamlar deb hisoblanishini e’tirof etadi. 
PISA – o‘quvchilarning ta’limiy yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro 
dastur, PISA (inglizcha - Programme for International Student Assessment) – turli 
davlatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning savodxonligini (o‘qish, matematika, tabiiy 
fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dastur.
PISA bo‘yicha bahoning 50 ballga oshishi har yillik Yalpi ichki mahsulot 
(YaIM) ning 1% ga o‘sishini ta’minlaydi. 
PISA-ni so’ngi yillardagi vazifalarining asosiy jihati nimalardan iborat? 
Bu proektda test sinovlari o’quvchiga qiyinchilik tug’dirmaydi, bunda 
o’quvchining bilimlari asosiy o’rin tutmaydi, faqatgina bolaning ongini ishlatishni 
talab qiladi.
PISA- ning interaktiv vazifalari nimadan iborat:
2012 yilda birinchi marotoba ommaviy test sinovlari ishtirokchilariga maxsus 
turdagi vazifalar, ya’ni interaktiv turdagi vazifalar kiritilishi taklif qilingan. 
Interaktiv - o’quvchidan yangi qiyin sistemani oldindan xususiyatini bilmay turib 
mustaqil tadqiqot qilishni talab qiladi, tizim bilan bevosita amaliy hamkorlik orqali 
gipotezalarni (xayoliy) o’rtaga tashlaydi, ularni eksprimental tarzda sinab, ob’ektni 
tekshirihsga harakat qiladi. 
PISA –bu eng katta Xalqaro o'quvchilar bilimining tadqiqot qilish 
programmasi . 


PISA- natijalari butun dunyo yoshlarining qanday bilim va ko'nikmalarga ega 
ekanligini ko'rsatadi.
Umumta'lim fanlari bo'yicha kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o'quv 
topshiriqlarini ishlab chiqishda xalqaro tajribadan foydalanish, 
Timss (Trends in Mathematics and Science Study) – matematik va tabiiy-
ilmiy ta'lim sifatini tadqiqot etadigan xalqaro monitoringdan iborat. Unda 4-, 8-, 11- 
sinf o'quvchilari ishtirok etadilar. 1995 y., 1999 y., 2003 y., 2007 y., 2008., 2011 y., 
2015 yillarda o'tkazilgan. 2008 yilda Timss Advanced monitoring tadqiqotlari 
matematika va fizikani chuqur o'rganadigan maktablarning o'quvchilari o'rtasida 
o'tkazgan. Bu ikki predmet o'sib kelayotgan avlodning yangi texnologiyalardan 
foydalanish va takomillashtirish qobiliyatlarini hamda mamlakatning intellektual 
potensialini baholashda ustuvor soha hisoblanadi. 
PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) - matnni o'qish va 
tushunish sifatini o'rganish deb nomlangan xalqaro loyiha bo'lib, unda 4-sinf 
o'quvchilari ishtirok etadi. 2001 y., 2006 y., 2011 y., 2016 yillarda o'tkazilgan. 
-O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida 
ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari 
to’g’risida” 2018 yil 8 dekabrdagi 997-son qarori talablaridan kelib chiqadigan 
vazifalarimiz, PISA tadqiqotlarini amalga oshirish bo’yicha texnik talablar, unga 
tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish tartibi haqida ma’lumot berib o’tamiz 
-PISA 1990 yillar oxirida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) 
tomonidan muntazam ravishda xalqaro qiyosiy tadqiqotlar olib borish maqsadida 
ishlab chiqilgan bo’lib, u IHTTga a’zo mamlakatlarda 15 yoshli o’quvchilarning 
o’qish, matematika va tabiiy fanlar bo’yicha savodxonlik darajasini baholashning 
yuqori sifatli indikatorlarini yaratish uchun mo’ljallangan loyihadir.
-PISA, IHTTga a’zolik maqomiga ega bo’lgan davlatlar, ya’ni IHTTga a’zo, 
hamkor va ishtirokchi davlatlar bilan birgalikda hamda Parij shahrida joylashgan 
kotibiyat orqali boshqariladi 


PISA tadqiqotlariga tayyorgarlik ko’rish, amalga oshirish muddati 5 yilga 
mo’ljallangan 
bo’lib, 
xalqaro 
pudratchilar 
tomonidan
2018 yilda sinov materiallari ishlab chiqildi, 2019 yil sinov materiallarini 
moslashtirish ishlari olib boriladi, unga tayyorgarlik holatini tahlil qilish maqsadida 
milliy darajada baholashlar, 2020 yil PISA sinov baholashlari va 2021 yilda asosiy 
baholash tadqiqotlari bo’lib o’tishi belgilangan. Mazkur yillardagi olingan tahlillar 
natijalari 2022 yilda yakunlanadi va xalqaro hisobotlar tayyorlanadi. 
-Umumiy o’rta ta’lim maktablari xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik darajasini 
o’rganish va amaliy tavsiyalar berish maqsadida, (Ta’lim sifatini baholash bo’yicha 
xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi) Milliy markaz va xalq ta’limi 
vazirligi bilan hamkorligida 2019 yil davomida xalqaro tadqiqotlarga mos, 
o’quvchilarning ijodiy fikrlash salohiyatlarini aniqlashga qaratilgan sinov 
materiallari bazasini shakllantirish va Respublikamiz hududlaridagi maktablarda 
tayyorgarlik 
sinovlarini o’tkazish rejalashtirilmoqda. Mazkur sinovlar 
kamchiliklarimizni tahlil qilish va ularni yaxshilash bo’yicha taklif va tavsiyalar 
ishlab chiqish imkonini beradi. 
Ekspertlar uchun bu masala yuzasidan barcha jihatlarni hisobga olinganligini 
ta’minlash va ushbu jihatlarga etarlicha mos muvozanatda bo’lgan test materiallari 
to’plamini tanlab olishda ekspert fikrini berishdan iborat. PISAda bu ish xalqaro 
ekspertlardan tashkil topgan maslahat guruhlari bilan ishlaydigan baholash 
mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu materialni tanlash jarayonida 
ishtirok etuvchi mamlakatlar va iqtisodchilar ham muhim rol o’ynaydi. 
O’quvchilar PISA dasturida yolg’on ishlatishlari mumkinmi? PISA- 
dunyodagi eng ilg’or xalqaro, yuqori sifatli va yuqori samarali ta’limni baholash 
dasturi hisoblanadi va shuning uchun PISA ma’lumotlarining 100% to’g’ri va 
haqiqiy ekanligi juda muhimdir. 
Shu maqsadda, IHTT o’quvchining qobiliyatlarini, o’zi haqidagi ma’lumotlar 
va faoliyatini aniq aks ettirishi hamda har qanday aldov shakllarini ishlatmasligi 
uchun barcha darajalarda juda qattiq shartlarni qo’llaydi. Ushbu ishonch IHTT va 
har bir davlat o’rtasida ishtirok etish shartlari talablariga rozilik bilan 


mustahkamlanadi. Rozilik shartnomasining 4-moddasi davlatlardan sinov 
materiallari xavfsizligini nazorat qilish va baholashni xavfsiz boshqarish kabilarni 
o’z ichiga olgan PISA uchun keng qamrovli texnik standartlarni talab qiladi. 
Ushbu talablar keyinchalik “PISA-Harakatlar qo’llanmasi”, “Maktab 
koordinatorlari qo’llanmasi” va “Test ma’muriyati qo’llanmasi” orqali 
takomillashtiriladi. Ushbu qo’llanmalar barcha test materiallarini xavfsiz tarzda 
qabul qilish, ularni saqlash hamda test o’tkazish jarayonini xavfsiz boshqarish uchun 
aniq ko’rsatmalarga ega. Tasdiqlangan loyiha xodimlaridan boshqa hech kim PISA 
xavfsizligiga oid ma’lumotlar va foydalanish ta’qiqlangan materiallardan foydalana 
olmaydi. Tasdiqlangan loyiha xodimlari uchun rasmiy konfidenstiallik qoidalari 
mavjud. 
Nima uchun Xitoy Xalq Respublikasining barcha a’zolari PISAda ishtirok 
etmaydilar? So’nggi yillarda milliy vazirlik PISA dasturini Xitoyning bir necha 
viloyatlarida to’liqroq ishtirok etishga tayyorlash maqsadida sinovlarni 
o’tkazmoqda. Shanxay PISA-2009dan buyon ishtirok etib keladi. Pekin hamda 
Stzyansu va Guandun provinstiyalari esa PISA-2015 tadqiqotlarida ishtirok etdi. 
PISA tadqiqoti darslari mamlakatlarning ta’lim tizimi rivoji uchun qanday 
yordam bergan? PISAda ishtirok etgan mamlakatlar bo’yicha IHTTning 2012 yilgi 
so’rovnomasida respondentlarning aksariyati yuqori darajadagi davlatlar yoki 
rivojlanayotgan tizimlarning ta’lim siyosati o’zlarining faoliyatini amalga oshirish 
jarayonlarida samarali ta’sir ko’rsatganini ta’kidladilar. 
Yana ko’plab mamlakatlar PISA milliy yoki federal baholash strategiyasining 
yangi tarkibiy qismlarining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatganini aytib o’tishadi. 
Dasturlarni o’rnatish va standartlarga nisbatan ko’plab mamlakatlar PISA tizimining 
ta’sirini quyidagilarga qaratdi: milliy o’quv dasturlarini PISA me’yorlari va 
baholashlari bilan taqqoslash; milliy standartlarni shakllantirish; ularning ta’lim 
tizimiga ta’siri; PISAga o’xshash vakolatlarni o’quv dasturlariga kiritish; milliy 
talablarga javob beruvchi standartlarni belgilashga qaratilgan. 
PISA-2015 tadqiqot doirasida o’quvchilar bilimini baholash inson 
resurslaridan foydalanmagan holda kompyuterga asoslangan baholash tizimi asosida 


amalga oshirildi. Bu esa o’z navbatida, o’quvchilarning qobiliyatlarini izchillik bilan 
aniqlash imkonini berdi. Xususan, o’quvchilarning turli guruhlar bilan hamkorlikda 
ishlashi ishonchli tarzda taqqoslanishi mumkin.




Yüklə 66,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin