Franchayzi franchayzer tomonidan ishlab chiqilgan sxema boʻyicha biznes yuritish huquqini sotib oladi (toʻlovlarni toʻlaydi). Franchayzi oʻz savdo nuqtasini tayyorlash, ishga tushirish va ishlatish xarajatlarini oʻz zimmasiga oladi.
Franshiza — bu franchayzerning talablariga javob beradigan biznes yuritishning barcha jihatlari va shartlarini tavsiflovchi tizim.

Paushal toʻlov (nemis. pauschale — qalin, yogʻli boʻlak") — franshizaning qiymati, franchayzi dastlabki bosqichda franchayzerga toʻlaydigan belgilangan miqdordagi to'lov. Odatda bu umumiy boshlangʻich xarajatlarning 9-11 % ni tashkil qiladi. Oʻz ichiga biznes-buk (faoliyatni tashkil etish reglamenti), brend-buk (korporativ identifikatsiya elementlarini qurish va ulardan foydalanish va reklama qoidalari), xodimlarni boshqarish va oʻqitish, sotish metodikasi, tarkiblar va texnologiyalar, koʻrsatmalar, hisobotlar, hisob berish shakllari va boshqalarni o'z ichiga oladi.

Royalti — franchayzerga tegishli boʻlgan tovar belgilari, patentlar yoki boshqa mualliflik huquqlaridan foydalanganlik uchun oylik toʻlov. Bu franchayzi aylanmasi/daromadidan 2-6 % yoki aylanma/daramadga bogʻliq boʻlmagan miqdorda belgilanishi yoki hatto nolga teng boʻlishi mumkin. Reklama toʻlovi miqdoridan alohida shaklda toʻlanadi.