Royalti — franchayzerga tegishli boʻlgan tovar belgilari, patentlar yoki boshqa mualliflik huquqlaridan foydalanganlik uchun oylik toʻlov. Bu franchayzi aylanmasi/daromadidan 2-6 % yoki aylanma/daramadga bogʻliq boʻlmagan miqdorda belgilanishi yoki hatto nolga teng boʻlishi mumkin. Reklama toʻlovi miqdoridan alohida shaklda toʻlanadi.
Reklama toʻlovi — global reklama va marketing kampaniyalarini oʻtkazganligi uchun franchayzer foydasiga toʻlanadigan oylik toʻlov. Bu aylanma/daromaddan 1-3 % yoki belgilangan miqdorda boʻlishi mumkin. Royalti toʻlovi miqdoridan alohida shaklda toʻlanadi.

Toʻgʻridan-toʻgʻri franchayzing. Hududni cheklagan holda ish faoliyatini amalga oshirish huquqini bir shaxsga (bitta korxona uchun) berishni anglatadi.

Subfranchayzing. Ushbu shaklga koʻra, franchayzer subfranchayzerga belgilangan hudud uchun oʻz huquqlarining katta qismini oʻtkazadi. Subfranchayzer bu hududda savdo nuqtalarini ochish va franshizalarni uchinchi shaxslarga sotish huquqini oladi.
Master franshiza subfranchayzingga juda yaqin boʻlib, odatda, yirik xalqaro tarmoqlar faoliyatida qoʻllaniladi (odatda, belgilangan hududga butun mamlakat yoki mamlakatlar guruhi kiritiladi). Bosh kompaniyaning huquq va majburiyatlarining faqat bir qismi oʻrta boʻgʻinga berilgan oldingi shakldan farqli oʻlaroq, bu holda franchayzerning vakolatlarini toʻliq va eksklyuziv ravishda master-franshizaga oʻtkazib beriladi.