"Yumshoq" franchayzing. Bunda potentsial hamkorga biznes ochish uchun zarur boʻlgan barcha mablagʻlarning faqat yarmini kiritishi taklif qilinadi. Ikkinchi yarmini qoplashni boshqaruv kompaniyasi oʻz zimmasiga oladi. Keyinchalik, bu hamkor boshqaruv kompaniyasining ulushini ham sotib olish va franchayzingni yagona egasi boʻlish imkoniyatiga ega boʻladi. Bunday tizim, masalan, Mail Boxes Etc kompaniyasi ishlaydi[3]. Baʼzi hollarda kompaniyalar hamkoriga faqat yangi korxona faoliyatini va joriy xarajatlarni boshqarishni qoldirib, franchayzing ochish uchun zarur boʻlgan investitsiyalarning 100 % gacha boʻlgan qismini oʻz zimmalariga olishlari mumkin.
Tovarli. Asosan savdo sohasida qoʻllaniladi. Franchayzi franchayzer tomonidan yoki uning tovar belgisi ostida ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish huquqini oladi. Franchayzing shartnomasi savdo texnologiyasini, xizmatlar va tovarlar assortimentini, ishlab chiqaruvchining tovar belgisidan foydalanishning aniq qoidalarini tartibga soladi. Masalan, maʼlum kompaniyaning poyabzal yoki kiyim-kechaklari sotadigan firma doʻkoni.

Ishlab chiqarishda (sanoatda). Franchayzi franchayzerning tovar belgisi ostida mahsulot ishlab chiqarish va sotish huquqini oladi. Franchayzi texnologiya va asosiy xom ashyoni olgan holda, ishlab chiqarish jarayoniga qoʻyiladigan talablar, mahsulot hajmi, uning sifati, sotish rejalari, xodimlarning malakasi va hisobotlari haqida kelishib oladi.
Franchayzing turlari
Xizmat koʻrsatishda. Franchayziga franchayzerning tovar belgisi ostida xizmat koʻrsatishning maʼlum bir turi bilan shugʻullanish huquqi beriladi, bunda, franchayzer oʻz hamkorini asbob-uskunalar, reklama va marketing texnologiyasi bilan taʼminlaydi. Qoʻllab-quvvatlashdan tashqari, franchayzer ishlarni nazorat qiladi. Xizmat koʻrsatish franchayzingiga kiyimlarni kimyoviy tozalash tarmogʻini misol keltirish mumkin.