Xizmat koʻrsatishda. Franchayziga franchayzerning tovar belgisi ostida xizmat koʻrsatishning maʼlum bir turi bilan shugʻullanish huquqi beriladi, bunda, franchayzer oʻz hamkorini asbob-uskunalar, reklama va marketing texnologiyasi bilan taʼminlaydi. Qoʻllab-quvvatlashdan tashqari, franchayzer ishlarni nazorat qiladi. Xizmat koʻrsatish franchayzingiga kiyimlarni kimyoviy tozalash tarmogʻini misol keltirish mumkin.
Biznes formatli. Franchayzer hamkoriga nafaqat savdo huquqini, balki ushbu turdagi biznesni tashkil etish uchun litsenziyani ham beradi. Hujjatlarda tadbirkorlik kontseptsiyasi aniq belgilanib, xodimlarni oʻqitish boʻyicha batafsil yoʻriqnomalar, interyer dizayniga, xodimlarning kiyim-kechaklari qoʻyiladigan talablar koʻrsatilgan boʻladi. Reklama siyosati, ish yuritish va tovar yetkazib beruvchilar bilan munosabatlar tartibga solinadi.
Franshiza sotib olishdan oldin oddiy huquqiy tahlil oʻtkazish mumkin. Buning uchun shartnoma boʻyicha ochiq maʼlumotlar bazalaridan foydalangan holda bitimning maʼlum jihatlari tekshirish kifoya: yuridik shaxs, uning arbitrajlik ishlar boʻyicha sud tarixi, ijro protsessining mavjudligi va boshqalar. Bankrotlik holatida turgan kompaniya tomonidan franchayzing sotilgan holatlar mavjud. Shuningdek, savdo belgilarining ochiq reestriga koʻra qachon va kim tomonidan roʻyxatga olinganligi, bu franchayzing savdosi boshlanishidan oldin sodir boʻlgan-boʻlmaganligini va roʻyxatdan oʻtgan litsenziya shartnomalari hajmini baholash uchun tovar belgisini tekshirib koʻrish mumkin.