Mavzu:Ta'limda axborot kommunikativ texnologiyalardan foydalanish. Pedagogik dasturiy vositalar Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter texnologiyalari yordamida o`quv jarayonini qisman yoki to`liq avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta`lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o`qitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o`quv fani bo`yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yo`naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta`minot, qo`shimcha yordamchi vositalar kiradi.
Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:
o`rgatuvchi dasturlar – o`quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni o`zlashtirishga yo`naltiradi;
test dasturlari – egallangan bilim, malaka va ko`nikmalarni tekshirish yoki baholash maqsadlarida qo`llaniladi;
mashq qildirgichlar - avval o`zlashtirilgan o`quv materialini takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi;
Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qo`yiladigan talablar. Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish texnologiyasini amalga oshirish maqsadida ularning an`anaviy vositalardan ustunligini tasdiqlovchi qator ijobiy omillar mavjud. Mazkur omillar didaktik, psixologik, iqtisodiy, fiziologik guruhlarga ajratildi.
Pedagogik dasturiy vositalarga qo`yiladigan didaktik talablarga quyidagilar kiradi: ilmiylik, tushunarli, qat`iy va tizimli bayon etilishi bilan birgalikda (pedagogika, psixologiya, informatika, ergonomikaning asosiy tamoyillarini, zamonaviy fanning fundamental asoslarini hisobga olib, o`quv faoliyati mazmunini qurish imkoniyatini ta`minlash), uzluksizlik va yaxlitlik (ilgari o`rganilgan bilimlarning mantiqiy oqibati hamda to`ldiruvchisi hisoblanadi), izchillik, muammolilik, ko`rgazmalilik, faollashtirish (o`qitish mustaqilligi hamda faollilik xususiyatining mavjudligi), o`qitish natijalarini o`zlashtirish mustahkamliligi, muloqotning interfaolliligi, o`qitish, tarbiyalash, rivojlantirish va amaliyotning yaxlit birligi.