Xalqaro ilmiy-texnik ma'lumotlar bazasidan foydalanish


"Добавить файлы" tugmasi yordamida local disklardagi .txt kengaytmali matnli fayllarni chiqarish amalga oshiriladi. 2 .txt kengaytmali matnli fayllarni ro`yhatlarini



Yüklə 92,58 Kb.
səhifə9/22
tarix22.04.2023
ölçüsü92,58 Kb.
#101539
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Xalqaro ilmiy-texnik ma\'lumotlar bazasidan foydalanish

1 "Добавить файлы" tugmasi yordamida local disklardagi .txt kengaytmali matnli fayllarni chiqarish amalga oshiriladi. 2 .txt kengaytmali matnli fayllarni ro`yhatlarini belgilab olish. 3 Bo`lim nomi sifatida fayl nomini tanlash: "Имя файла в качестве главы» va «первой линии в качестве главы". 4 Mos kodirovkani tanlash: Windows (ANSI), ASCII, Unicode, UTF-7, UTF-8, Unicode Big Endian. 5.Tasvarni joylashtirish:
Joylashtirgan tasvirni ko`rish uchun “Просмотр изображения” tugmasi bosiladi.
Android ekranida hosil bo`lgan effektni ko`rish.
Kitob konfiguradsiyasi
Mavzu: Ispring Sutedan foydalanib multimediali o'quv kurslarini yaratish 
Uzluksiz ta’lim tizimida elektron axborot ta’lim resurslarini (EATR) yaratish hozirgi vaqtda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Dasturiy ta’minotlar tahlilini bayon etishdan oldin, EAT resurslariga nimalar kirishini ko‘rsatib o‘taylik. EAT resurslariga fan bo‘yicha yaratilgan elektron darslik, o‘quv qo‘llanma, metodik ko‘rsatmalar, multimediyali vositalar, ma’lumotnomalar va lug‘atlar, gipermatnlar, elektron testlar va topshiriqlar hamda shunga o‘xshash talabaning mustaqil bilim olishini ta’minlovchi, o‘rganishga qiziqish uyg‘otuvchi resurslar kiradi[Fanning o‘quv–metodik majmuasi/ O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, 2009-yil]. Yuqorida keltirilgan resurslarga qo‘shimcha sifatida pedagogik dasturiy vositalar, video va audio ma’ruzalar, virtual laboratoriya stendlari, intreaktiv plakatlarni kiritish mumkin. EAT resurslarini yaratishda keng ishlatilib kelinayotgan dasturiy ta’minotlardan biri Ispring dasturi hisoblanadi [http://www.ispringsolutions.com]. Odatda, taqdimotni o‘tkazishga tayyorlanish jarayonida aksariyat hollarda Microsoft PowerPoint dasturiy ta’minotidan foydalaniladi. Ammo bunday taqdimotlar faqat mazkur mahsulot formatidagina bo‘lishi mumkin (ppt, pptx). Hozirgi vaqtda internet texnologiyalarining rivojlanishi va o‘z navbatida, masofali ta’lim turining paydo bo‘lishi natijasida taqdimot fayllarini internet brauzerining o‘zida onlayn ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish uchun flash (swf) formatida yoki HTML 5 texnologiyasi asosida yaratilgan fayl bo‘lishi kerak. Hozirga kelib, PowerPoint dasturida tayyorlangan taqdimotdan flash-rolik shakllantirish imkoniyatini beruvchi dasturlar yaratilgan. Mahsulot iSpring deb nomlanadi va iSpring Free, iSpring PRO va iSpring Presenter kabi variantlarga ega [http://www.ispringsolutions.com]. Mustaqil ekspertlarning fikriga ko‘ra, bugungi kunda mazkur mahsulot tezligi, bir formatdan boshqa formatga konvertatsiyalash sifati va optsiyalar soniga ko‘ra eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. iSpring nafaqat flash-taqdimotlarni yaratishga, balki ta’lim jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan roliklar tayyorlashda, xususan, ularga turli shakldagi so‘rovlar, elektron testlarni ham kiritgan holda o‘zaro interaktiv bog‘lanish imkoniyatini ham beradi. iSpring quyidagi imkoniyatlari mavjud: • tаqdimot fayllarini bir necha (exe, swf, html) formatlarda konvertatsiyalash imkoniyati; • taqdimot kontentiga tashqi resurslarni (audio, video yoki flash fayllarni) kiritish imkoniyati; • taqdimot kontentini muhofaza qilish: parol yordamida ko‘ra olish, taqdimotga «himoya belgi»si qo‘yish, taqdimotni faqat ruxsat etilgan domenlardagina «aylantirilishi»; • video qo‘shish va uni animatsiyalar bilan sinxronlashtirish; • elektron test(nazorat)larini yaratish va natijalarini elektron pochtaga yoki masofaviy o‘qitish tizimiga (LMS) uzatib berish imkoniyatini beradigan interaktiv matnlar yaratish uchun vosita o‘rnatilgan (Quiz tugmachasi); • masofaviy o‘qitish tizimida foydalanish uchun SCORM/AICC — mos keluvchi kurslarini yaratish; • taqdimot dastur darajasida aylantirish uchun ActionScript API; • videotasvirni yozish va uni taqdimot bilan sinxronlashtirish; • YouTube’ga joylashtirilgan roliklarni taqdimot tarkibiga kiritish imkoniyati.

iSpring dasturining interfeysi EAT resurslari ichida kiruvchi ma’lumotnomalar va lug‘atlarni yaratish uchun iSpring Kinetics dasturini keltirish mumkin. iSpring Visualsning quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud: • birоr-bir fan bo‘yicha elektron ko‘rinishdagi qulay bo‘lgan glossariy, ma’lumotnoma yoki lug‘at yaratish; • vaqt shkalasini yaratish; • 3 o‘lchovli kitob yaratish; • FAQ yaratish mumkin.
iSpring Kinetics dastur imkoniyatlari EAT resurslari ichida kiruvchi elektron nazorat turlarini yaratish uchun iSpring QuizMaker dasturini keltirish mumkin. iSpring QuizMaker quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud: • tаrmoqlangan testlar yaratish imkoniyati (adaptatsiyalashtirilgan testlarni yaratish) imkoniyati; • ikki, uch, to‘rt yoki besh javobli yopiq test topshiriqlari, ulardan biri to‘g‘ri, ikkitasi haqiqatga yaqinroq turidagi topshriqlari; • bir necha to‘g‘ri javobli yopiq test topshiriqlari; • ochiq test topshiriqlari; • o‘xshashlikni aniqlashga yo‘naltirilgan topshiriqlar; • to‘g‘ri ketma-ketlikni aniqlashga mo‘ljallangan topshiriqlarni yaratish imkoniyati.

Kompyuter yordamida onlayn taqdimotlar va elektron o‘quv kurslarini yaratuvchi zamonaviy dasturlardan biri iSpring Suite dasturlar to‘plamidir. iSpring Suite dasturlar paketiga iSpring


Pro, iSpring QuizMaker, iSpring Kinetics jamlanganBu dasturlardan iSpring QuizMaker dasturi audio, video fayllar, tasvir va formulalar yordamida interaktiv testlar va anketalar yaratadi. Interaktiv testlarni iSpring QuizMaker dasturi yordamida tuzish uchun kompyuterga iSpring
Suite dasturi bilan Adobe Flash (operatsion tizim razryadiga ko‘ra 32 va 64 bitli) dasturi o‘rnatilishi talab etiladi.dastur o‘rnatib bo‘lingach Pusk menyusidan
Bu oyna dasturning ishchi oynasi hisoblanadi. Ishchi oynaning Dobavit test bo‘limidan test yaratish amali boshlanadi. Ushbu bo‘limda pedagogik testlar turlarining 11ta turi keltirilgan ularni kerakligini tanlab test tuzishimiz mumkin. Ular quyidagilar: 1. Verno/neverno(to‘g‘ri/noto‘g‘ri) test turi –bunda savol berilib to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javobini tanlanadi; 2. Odinochnыy vыbor( bitta javobni tanlash) – bir necha variatdan kerakli javobni tanlash; 3. Mnojestvennыy vыbor(bir necha javobni tanlash); 4. Vvod stroki( satr kiritish) – javobni satrga kiritish yo‘li bilan javob berish; 5. Sootvetstvie(mos keltirish) – savollarni javoblariga mos keltirib qo‘yishorqali javob berish; 6. Poryadok (tartib) – javobni kerakli tartibga keltirib javob berish; 7. Vvod chisla(sonni kiritish) – satrga savol javbiga mos sonni kiritib javob berish; 8. Propuski (tushirib qoldirilgan) –tushirib qoldirilgan so‘zlarni kerakli joyga qo‘yib yozish; 9. Vlojennыe otvetы(jamlagan javoblar)–jamlangan javoblar ichidan to‘g‘ri javobni tanlash orqali javob berish; 10. Bank slov( so‘zlar ombori) –so‘zlar omboridan kerakli so‘zlarni to‘g‘ri ketma ketlikda qo‘yish orqali javob berish. Bunda so‘zlar omboriga so‘zlarni ham kiritish kerak bo‘ladi. 11. Aktivnaya oblast (faol soha) –rasmda aktiv sohani tanlab javob beriladi. Bunda rasmning biror sohasini tanlash kerak bo‘lgan savol kiritiladi.


Yüklə 92,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin