Mavzu: Masofaviy ta'lim va uni tashkil etish asoslari. Masofaviy ta'lim modellari Reja:
1.Masofaviy o’qitish va uning ta’lim tizimida tutgan o’rni.
2.Masofali o’qitish tushunchalari.
3.Masofali o’qitishning ta’lim tizimidagi o’rni.
1. Masofaviy o’qitish jarayoni haqida tushunchalar.Ta’lim jarayonida bir qancha tushunchalar mavjuddir. Qo’yida shu tushunchalardan ba’zi-birlari keltirilib, ularga ta’riflar berib o’tilgan [1].
O’qitish - bu ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan tizimli bilim va ko’nikmalar bilan qurollangan jarayondir.
Ta’lim - bu o’qitishning natijasi bo’lib, shaxsiyatni tarbiyalash va rivojlantirishdir.
Masofaviy o’qitish - eng yaxshi an’anaviy va innovastion metodlar, o’qitish vositalari va formalarini o’z ichiga olgan sirtqi va kunduzgi ta’lim singari kompyuter va telekommunikastion texnologiyalarga asoslangan ta’lim formasidir.
Masofaviy o’qish - bu yangi informastion texnologiyalar, telekommunikastion texnologiyalar va texnik vositalarga asoslangan ta’lim tizimidir. U ta’lim oluvchiga ma’lum standartlar va ta’lim qonun-qoidalari asosida o’quv shart-sharoitlari va o’qituvchi bilan muloqotni ta’minlab berib, o’quvchidan ko’proq mustaqil ravishda ishlashni talab qiluvchi tizimdir. Bunda o’qish jarayoni ta’lim oluvchini qaysi vaqtda va qaysi joyda bo’lishiga bog’liq emas.
Masofaviy ta’lim - masofadan turib o’quv axborotlarini almashuvchi vositalarga asoslangan, o’qituvchi maxsus informastion muhit yordamida, aholining barcha qatlamlari va chet ellik ta’lim oluvchilarga ta’lim xizmatlarini ko’rsatuvchi ta’lim kompleksidir.
Masofali o’qitish (distant education) - o’quv jarayonining maqsadi, mazmuni,
uslublari, o’qitish vositalari va Internet texnologiyasi yordamida tinglovchi va
o’qituvchilar masofadan turib interfaol muloqot qilish jarayonidir.
E-learning (Electronic Learning - ing. so’zining qisqachasi) - elektron o’qitish tizimi,
elektron o’qitish, masofali o’qitish, kompyuterli o’qitish, tarmoqli o’qitish, virtual
o’qitish, axborot va elektron texnologiyalarini qo’llab o’qitish kabi atamalarining
sinonimidir.
YuNESKO mutaxasssislari bergan ta’rif «e-Learning - Internet va
multimedia yordamida o’qitish» ta’rifi ham mavjud.
Bu mazmunan juda ko’p ma’noni anglatishi mumkin, jumladan:
► shaxsiy kompyuter, mobil telefon, DVD, audio-video-radio-televizorlardan
foydalanib elektron materiallar bilan mustaqil ishlash;
► uzoqdagi o’qituvchidan maslahat olish, masofali muloqot qilish imkoniyati;
► umumiy virtual o’quv faoliyatni yurituvchi foydalanuvchilarning taqsimlangan
jamoasi (ijtimoiy tarmoq)ni yaratish;
► elektron o’quv materiallarni o’z vaqtida kunu-tun etkazish;
► elektron o’quv materiallari va texnologiyalari, masofali o’qitish vositalari
uchun me’yorlar va spestifikastiyalar;
► barcha tashkilot rahbarlari va bo’limlari guruhlarining axborot madaniyatini
shakllantirish va rivojlantirish hamda ular tomonidan axborot texnologiyalarini
egallashlari, o’zlarining odatdagi faoliyatlarini samaradorligini ko’tarish;
► innovastion pedagogik texnologiyalarni egallash va tarqatish, ularni
o’qituvchilarga uzatish;
► o’quv veb-ashyolarni rivojlantirish imkoniyati;
► dunyoning ixtiyoriy nuqtasida turib ixtiyoriy vaqtda va ixtiyoriy joyda
zamonaviy bilim olish;
► psixofizik rivojlanishida (nogiron) alohida xususiyatlari mavjud bo’lgan
shaxslarga oliy ta’lim olish mumkinligi.
Masofali o’qitish quyidagi beshta:
dasturiy (tizimining lokal va global (Internet) tarmog’idan foydalanuvchilar
uchun axborot taqdim etiladigan);
texnik (axborot tarmog’iga ulangan va tashqaridagi ochiq axborot manbalariga
ulanish uchun Internetga chiqish imkoniyatiga ega bo’lgan lokal kompyuter tarmog’idan);
axborot (o’quv kurslari bo’yicha keng ma’lumotnomali axborotlar);
o’quv-uslubiy (kurslar ma’lumoti, mazmuni, elektron ma’ruza matnlari, virtual amaliy
mashg’ulotlar va laboratoriya ishlari, talaba-o’qituvchi muloqoti uchun teleanjuman,
elektron pochta, nazorat testlari, o’zlashtirish monitoringi bloki, virtual
kutubxonalarga va turli materiallarga murojaatlar ro’yxati, Internet tarmog’idagi o’quv
kurslar);
moliyaviy ta’minotlarga ega bo’ladi.
Demak masofaviy o’qitish masofaviy ta’lim kompleksidagi jarayon ekan. Masofaviy o’qitishning va masofaviy ta’limning o’ziga xos xususiyatlari, pedagogik tizimi, zarurligi va maqsadi mavjud.
Masofaviy ta’lim an’anaviy ta’lim turidan qo’yidagi xarakterli xususiyatlari bilan farqlanadi.