Xalqaro ilmiy-texnik ma'lumotlar bazasidan foydalanish


Maktabgacha ta’lim tizimida axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi



Yüklə 92,58 Kb.
səhifə22/22
tarix22.04.2023
ölçüsü92,58 Kb.
#101539
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Xalqaro ilmiy-texnik ma\'lumotlar bazasidan foydalanish

Maktabgacha ta’lim tizimida axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi
Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tizimining mazmuni va sifati bizning jamiyatimizning dolzarb masalalari va ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib hisoblanmoqda va uni rivojlantirish hamda samaradorligini oshirish usullari va tadbirlari izlanmoqda, shu bilan birga maktabgacha ta’lim-tarbiya jarayonida yangi axborot kommunikasion texnologiyalarini joriy etish masalasi ommalashtirilmoqda. Ayni paytda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida respublikamizda ta’lim tizimini tubdan isloh etish jarayonida ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va undan samarali foydalanishni ta’minlash, ta’limga yangi axborot texnologiyalarini keng joriy etish, o’quv muassasalaridagi axborot-resurs markazlari faoliyatini zamonaviy talab va mezonlar asosida tashkil etish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotir.
Shuning uchun ham taraqqiyotimizning asosiy tarmoqlaridan biri bo’lgan maktabgacha ta’lim jarayonini jadal rivojlantirish va takomillashtirish jarayonida axborot kommunikasion texnologiyalarining o’rni va samaradorligi beqiyosdir.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim berishda axborot texnolo-giyalaridan foydalanish ancha nozik masala hisoblanib, ko’plab munozara va turli xil fikrlarni kelib chiqishiga sabab bo’lishiga qaramay, maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularni har tomonlama yetuk inson bo’lib rivojlanishida, mashg’ulot jarayonida tarbiyalanuvchilarning badiiy-musiqiy faoliyatini, matnlarni o’qish, rasmlarni ko’rish va ajrata bilish tasavvurlarini kengaytirish, kompyuterli o’yin dasturlari orqali fikrlash va mustaqil qarorlar qabul qilish bilim, malaka va ko’nikmalarini shakllantirishda axborot kommunikasion texnologiyalari vositalaridan foydalanish o’zining ijobiy samarasini bermoqda.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi uchun mo’ljallangan
barcha kompyuterli o’yin dasturlarining hammasi ham ta’lim jarayonida o’z samarasini beravermaydi. Shuning uchun ham kompyuter o’yinlarini tanlash va ulardan foydalanish uchun jiddiy yondoshuv va e’tibor kerak bo’ladi. Kompyuterli o’yin dasturlari shunday yaratilgan bo’lishi kerakki, unda bajariladigan har bir harakat bolalar tomonidan to’g’ri qabul qilinishi, bajarilishi va tasavvur etilishi lozim. O’yin dasturidagi har bir harakatni bola tushuna olish, uni qanday bajarish kerakligini o’ylash va amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’lishi lozim.
Bundan tashqari maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuv-chilarni axborot texnologiyalari bo’yicha boshlang’ich savodxonligini ham oshirish mumkin, ya’ni kompyuterning umumiy tuzilishi, asosiy qurilmalari to’g’risida umumiy tushunchalarni, klaviaturadan foydalana olish malakalarini hosil qilish mumkin. Bu bolalarni kompyuter o’yinlaridan foydalana olish bilim va ko’nikmalarini shakllanishida asosiy omil bo’lib hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida kompyuterli o’yin dasturlaridan foydalanish bolalarda bir qancha pedagogik-psixologik funksiyalarni amalga oshiradi va shakllantiradi:

  • charchoq va quvvatsizlikni yo’qotadi; 


  • o’z qobiliyati va iqtidorini namoyish qilish ikonini beradi;


  • mustaqil harakat qilish imkonini beradi;


  • hamkorlik qilish usullarini ishlab chiqish imkonini beradi;


  • muloqot qilish ko’rinishlarini shakllantiradi;


  • insonlar bilan qanday munosabatda bo’lishni o’rgatadi;


  • o’z-o’zini nazorat qilishni shakllantiradi;


  • obrazli tasvvurlash va fikrlash rivojlanadt;


  • nutq, kreativ fikrlash va kognitiv qobiliyatlari rivojlanadi.


Bugungi kunda respublikamizda maktabgacha ta’lim tizimini kompyuter, multimediali elektron qo’llanmalar, internet, elektron ma’lumotlar bazasi va shu kabi yangi axborot texnologiyalari asosida tashkil etish hamda mashg’ulot va boshqarish jarayonida ulardan keng foydalanishga oid bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.


Maktabgacha ta’lim tizimida zamonaviy axborot kommunikasion texnologiyalari vositalari asosida tashkil etiladigan mashg’ulotlar quyidagi talablarga javob bera olishi lozim:

  1. mashg’ulotda pedagogik va axborot texnologiyalar yordamida barcha didak-tik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini ta’minlash;


  2. axborot texnologiyalar asosida tarbiyalanuvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olish asosida ular tomonidan bilim-larning puxta o’zlashtirilishi uchun kerakli imkoniyatlarni yaratish;


  3. axborot kommunikasion texnologiyalari vositalari bolani har tomon-lama rivojlanishini motivasiyalash va faollashtirish;


  4. axborot kommunikasion texnologiyalari vositalari asosida ta’lim-tarbiya jarayonining barcha bosqichlari mantiqiyligi va emosionalligini oshirish;


Axborot kommunikasion texnologiyalaridan foydalanish orqali maktabgacha ta’lim tizimining samaradorligi quyidagi ikki asosiy omil bilan aniqlanadi:




  1. tatbiq etilayotgan axborot-kommunikasion texnologiyalari vositalari-ning sifati;


  2. axborot texnologiyalari vositalarining tarkibiy qismi hisoblangan zamonaviy dasturiy vositalari (multimediali elektron qo’llanmalar, internet, elektron ma’lumotlar bazasi, kompyuter o’yin) ning sifati.




Axborot-kommunikasion texnologiyalari asosida maktabgacha ta’lim tizimi samaradorligini oshirish uchun elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish, takomillashtirish va ta’lim jarayoniga joriy etish maqsadida kompyuterli nashrlar, virtual laboratoriya, ijodiy ishlanmalar, virtual sayohatlar va multimediali dasturlari yaratilmoqdaki, ular multimediali va internet o’qitish texnologiyalaridan foydalanish imkonini beradi.
Yüklə 92,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin