Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi pedagogika nazariyasi va tarixi



Yüklə 5,55 Mb.
səhifə101/150
tarix10.09.2023
ölçüsü5,55 Mb.
#142395
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   150
MAJMUA PEDAGOGIKA TARIXI VA NAZARIYASI

Ogohlantirish – noma‘qul hatti-harakatlarning oldini olish uchun qo‘llaniladi.
Ongli intizom - axloqning tarkibiy qismi hisoblanadi. Intizom deganda burchni bajarish – shaxsiy va ijtimoiy, davlat, shaxsiy va jamoatchilik majburiyatlarini kam-ko‘stsiz bajarish hamda ijtimoiy hayotda kishilarga, mehnatga va jamoat mulkiga jamiyat qabul qilgan xatti-harakat meyorlarida amal qilish tushiniladi.
Oila pedagogikasi - oila muhiti, a'zolari, sharoiti, ta'lim tarbiyasining umumiy masalalarini o‘rganadi.
Oliy ta'lim - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta'minlaydi.
Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o‘quv yurtlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta'lim muassasalarida) o‘rta maxsus kasb-xunar ta'limi asosida amalga oshiriladi.
Oraliq nazorat - fanning ma'lum bir qismi, bo‘limi yakunlangandan so‘ng o‘tkaziladi. Oraliq nazoratning o‘tkazilish tartibi, shakli ta'lim muassasasining ilmiy-pedagogik kengashi tomonidan belgilanadi
Pedagogika – inson tarbiyasi tug‘risidagi, yoshlarni va kattalarni tarbiyasi to‘g‘risidagi fan. Pedagogika ta‘lim-tarbiyaning maqsad va vazifalari, ularning mazmuni, usullari hamda tashkil etish shakllari haqida ma‘lumot beruvchi fanga aylandi. Pedagogika grekcha «paydagogik» so‘zidan olingan bo‘lib, «bola yetaklovchi» degan ma‘noni bildiradi
Pedagogika tarixi - turli tarixiy davrlarda maktablar ta'lim tarbiyasi, pedagogik g‘oyalarning mazmuni, rivojlanish masalalarini o‘rganadi.
Pedagogik texnologiya - avvaldan loyihalashtirilgan o‘quv-tarbiyaviy jarayonning amaliyotga tatbiqini tizimli va bosqichma-bosqich ta'minlaydigan texnologik tadbirlarning to‘plami.
Pedagogik faoliyatyosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq, davlat oldida javob beradigan, bolalarga ta'lim-tarbiya berishda maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir. Pedagogik faoliyat, u bilan kimlar shug‘ullanishlari xususida O‘zbekiston Respublikasi Ta'lim to‘g‘risidagi qonunining 5-moddasida quyidagicha izoh berilgan.

Yüklə 5,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin