Pedagog munosabati – pedagogning o‘quvchi-talabalar bilan tarbiya maqsadida aloqa o‘rnatishidir. Uni ma‘lum pedagog vazifalariga ega va o‘quv-tarbiya faoliyatining optimallashga yo‘naltirilgan pedagogning o‘quvchiga kasbiy ta‘siri deb ta‘riflasa bo‘ladi.
Pedagogik qayta tayyorlash - Pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur va etarli bo‘lgan pedagogik tayyorgarlik talablariga muvofiqlashtirish maqsadida mutaxassislarni qayta tayyorlashdir.
Pinbord - o‘qitish metodining mohiyati shundan iboratki, unda munozara yoki o‘quv suxbati amaliy metod bilan boglanib ketadi. Mazkur metod qo‘llanilganda taxsil oluvchilarda mulokot yuritish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi, shuningdek, o‘z fikrini fakat ogzaki emas, balki yozma ravishda bayon etish maxorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko‘nikmasi rivojlanadi.
Ratsionalizatsiya - metodlarni yoki biror ish - xarakatni takomillashtirish.
Releksatsiya - kuchli xayajon va jismoniy zuriqishdan so‘ng yengil yurish, tinchlanishning umumiy xolati.
Retrospektiv - o‘tmishga murojaat etish.
Sinf- yoshi va bilimi jihatdan bir xil bo‘lgan ma‘lum miqdordagi o‘quvchilar guruhidir.
Seminar – talabalarning ma‘ruzadan olgan ilmiy-nazariy bilimlarini kengaytirish, chuqurlashtirish maqsadida tashkil etilgan ta‘lim shakllaridan biridir. Seminar jarayonida o‘qituvchining o‘rni juda yuksak, ya‘ni o‘qituvchi talabaning o‘rniga javobni aytib bermaydi, balki muhokamalarni tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi.
Suhbat - ta‘limning keng tarqalgan usuli bo‘lib, darsning istalgan bosqichida qo‘llanishi mumkin. Ko‘pincha, bu usul savol-javob usuli deb ham yuritiladi. Suhbatning to‘rt xil turi mavjud bo‘lib, ular: yangi bilimlar berishda, bilimlarni mustahkamlashda, olingan bilimlarni tekshirishda, o‘tilgan materiallarni takrorlashda qo‘llanadigan suhbatlardir.
Ta‘lim – maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o‘tkaziladigan, o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradigan, ularning bilish qobiliyatini o‘stiradigan, dunyoqarashini shakllantiradigan jarayondir.
Tarbiya – yosh avlodni ma‘lum faoliyatga tarbiyalash uchun ularga ma‘lum maqsadga qarata planli va sistemali ta‘sir etishga aytiladi. Tarbiya bola tug‘ilgandan boshlab umrining oxirigacha davom etadigan jarayondir.