Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi pedagogika nazariyasi va tarixi



Yüklə 5,55 Mb.
səhifə105/150
tarix10.09.2023
ölçüsü5,55 Mb.
#142395
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   150
MAJMUA PEDAGOGIKA TARIXI VA NAZARIYASI

Ekologik tarbiya - insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini tarbiyalashdir. Ekologik ta'lim-tarbiyadan bosh maqsad ham turli yoshdagi kishilarda atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iborat.
Ekskursiya – ta‘lim va tarbiya ishlarining shunday turidirki, bu usul bilan o‘rganilayotgan narsa va hodisalarni tabiiy sharoitda (zavod, fabrika, dala, tabiatni kuzatishga) yoki maxsus muassasalarga (muzey, ko‘rgazma va h.k.larga) tashkiliy ravishda olib boriladi. Ekskursiya usuli asosan o‘qituvchi yoki ekskursiya o‘tkazishga mas‘ul bo‘lgan shaxsning kuzatilayotgan ob‘ektni bayon qilishi, tushuntirishi orqali olib boriladi.
Yoshlar pedagogikasi - turli yoshdagi kishilarga ta'lim tarbiya berish, shaxsni shakllantirishning o‘ziga xos tomonlarini o‘rganadi.
Yakuniy nazorat - semestr tamom bo‘lganda va o‘quv dasturining tegishli bo‘limi tugallangandan keyin amalga oshiriladi. Yakuniy nazoratning o‘tkazilish tartibi, shakli ta'lim muassasasining ilmiy-pedagogik kengashi tomonidan belgilanadi.
Yakuniy davlat attestasiyasi - davlat imtihonlari va malakaviy bitiruv diplom ishi (loyiha)ni himoya qilish bilan yakunlanadi.
Yaxshilik –ijobiy axloqiy fazilat bo‘lib, xulqiy sifatlarning majmuini, inson faoliyati yoki biror xatti-harakatiga ijobiy munosabatning yig‘indisini aks ettiradi. Yaxshilik qaror topishi uchun pedagogik jarayonda yomonlikka murosasiz bo‘lish, yaxshi istak bilan xushmuomala qilish, yaxshi qiliq, yaxshi xatti-harakatlarning birligi zarur.
O‘quv loyihasi – ahamiyatga molik nazariy yoki amaliy muammolarni ta'lim oluvchilar tomonidan amalga tadbiq qilishning tadqiqotchilik, izlanuvchanlik, ijodkorlik ish turidir. O‘qitishni loyihalash esa ta'limning umumiy maqsadi, mazmuni o‘quv maqsadlari o‘qish, o‘qitish, o‘zlashtirishni baholash, tuzatishlar kiritishdir.
O‘quv rejasi – davlat hujjatidir. Maktabning o‘quv rejasi maktabda o‘rgatish uchun tanlangan o‘quv predmetlarini, ularning ta’lim olish yo‘llari bo‘yicha taqsimlanishini, har bir predmetga ajratilgan soatlarning haftalarga bo‘linishini belgilaydi. O‘quv rejasi deb, o‘qitiladigan fanlar, o‘qitish uchun ajratilgan soatlar va o‘quv yilining tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatiga aytiladi.
O‘quv dasturi - o‘quv rejasi asosida ishlab chiqiladi. O‘quv dasturi har bir o‘quv fanining o‘qitish uchun ajratilgan bilim hajmi, tizimi va g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishini aniqlab beradigan davlat hujjatidir. O‘quv dasturida o‘quv yili davomida har qaysi sinfda alohida fanlar bo‘yicha o‘quvchilarga beriladigan ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarning hajmi belgilab beriladi.
Qobiliyat - shaxsning muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va uning ishini muvaffaqiyatli bajarishdagi sub‘ektiv shart-sharoitini ifodalovchi individual psixik xususiyatlaridir.
Hayfsan berish – agar tanbeh va ogohlantirish kutilgan natijani bermasa, o‘quvchi belgilangan intizomni buzaversa, salbiy holatlarni takrorlayversa, o‘quvchining aybi qay darajada va uning intizomini qanday sharoitda buzganini e‘tiborga olib unga hayfsan e‘lon qilish mumkin.

Yüklə 5,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin