26. Pedagogik jarayonni boshqarishda o‘qituchining asosiy quroli nima? A) shaxsiy majburiyatlar, o‘zini tutish;
B) muomala, tadbirkorlik;
S) axloqiy, aqliy, jismoniy harakatlar;
*D) o‘qituvchining asosiy quroli – so‘z, so‘z san’ati.
27. Ta‘lim jarayonining ikki yoqlama xarakteri? A) talaba va ota-ona muloqati;
* B) o‘quvchi (talaba) va o‘qituvchi faoliyati;
S) mutaxassis hamda muassasa faoliyati
D) tarbiya va ta‘lim birligi;
28. Ta‘lim deganda nimani tushunasiz? A) ta‘lim – yoshlarga ijtimoiy-siyosiy bilim beruvchi g‘oyalar tizimi.
B) ta‘lim deb - o‘quvchi-talabalarni turli xil fan soxasida yetuk malakali mutaxassis qilib shakllantiradigan bilimlar yig‘indisiga aytiladi.
S) ta‘lim – ongli faoliyat ko‘rsatish va ilm-axloq olishdir.
*D) ta‘lim deb – maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o‘tkaziladigan, o‘quvchi (talaba)larni bilim, ko‘nikma va malakalari bilan qurollantiradigan, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stiradigan va dunyoqarashini shakllantiradigan jarayondir.
29. O‘zbekiston Respublikasi «Ta‘lim to‘g‘risida» gi qonunining maqsadi nima? A) oliy o‘quv yurtlarini qayta isloh qilish.
B) oliy ta‘lim va xalq ta‘limi sohasida o‘qitish tizimini yaxshilash va yangilash tizimini yartish.
*S) ta‘lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
D) ta‘lim-tarbiya sohasida islohatlar o‘tkazish, yoshlarni tarbiyalashda milliy meros va milliy qadriyatlarga tayanib, o‘qitishni yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilishga erishishdir.
30. Milliy qadriyatlar deganda nimani tushunasiz? *A) milliy qadriyatlar- muayyan bir millatning, elatning qiziqishlari va manfaatlarini ifodalovchi munosabatlar yig‘indisini, mazmunini tashkil etadi.
B) milliy qadriyatlar- millatlarning urf-odat, an‘analarini mujassamlashtiruvchi g‘oyalar tizimi.
S) barcha millatga xos bulgan an‘analar
D) milliy qadriyatlar- bir millat urf-odatlarining boshqa millatlar an‘analaridan ustun turishi;