121. O‘zbekistonda uzluksiz ta'lim tizimining faoiyat olib borishi qay tarzda ta'minlanadi?
A) davlat ta'lim standartlari va davlat talablari asosida;
B) umumiy o‘rta ta'lim standartlari asosida;
S) ilg‘or pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalari asosida;
*D) kadrlar tayyorlash milliy modelini amalga oshirish jarayonida.
122. O‘quvchi faoliyatining asosiy turi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A) o‘qish, mehnat;
B) mehnat, o‘yin;
*S) o‘yin, o‘qish;
D) muomala, mehnat.
123. Ya.A.Komenskiyning “Buyuk didaktika” asari nechanchi yilda yozilgan?
A) 1630 yil;
B) 1631 yil;
S) 1700 yil;
*D) 1632 yil.
124. Yangi usul maktablari uchun birinchi bo‘lib “Ustodi avval” alifbosini kim yaratgan?
*A) Said Rasul Said Azizov;
B) Behbudiy;
S) Hamza;
D) Shakuriy.
125. Ta'lim nazariyasining tarkibiy qismlariga nimalar kiradi?
*A) ta'lim jarayonining mohiyati, ta'lim mazmuni, ta'lim tamoyillari, metodlari, shakllari va vositalari.
B) bilim, ko‘nikma, malaka, iroda, faoliyat turlari;
S) ta'lim mazmuni, dars janri;
D) ta'lim – tarbiya mazmunini ifodalovchi barcha qonun qoidalar.
126. Dastlabki yangi usul maktabi Turkistonning qaysi shahrida ochilgan edi?
*A) Andijonda;
B) Marg‘ilonda;
S) Toshkentda;
D) Chimkentda.
127. O‘quv dasturida nimalar ko‘rsatilgan?
A) o‘quv yilining strukturasi;
B) o‘quv predmetining (faniga) ajratilgan haftalik soatlar (darslar) miqdori;
S) O‘quv shaxsini tarbiyalash maqsadi va vazifalari;
*D) har bir o‘quv predmetining (fanining) mazmuni, o‘quv yillari bo‘yicha programma materiallarining (fanining) mazmuni va mavzularining taxminiy soatlari.
128. Masofaviy o‘qitish usulidan foydalanishning kamchiligi nimadan iborat?
A) ta'limni to‘g‘ri etkazishgning qiyinchiligi;
B) ilmiy pedagogik muassasalardagi o‘quv jarayonidagi muammolarning ko‘pligi;
S) ta'limni tug‘ri tashkil eta olmasligi;
*D) o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi bevosita muloqot va psixologik birlikning chegaralanganligidir.
Dostları ilə paylaş: |