Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi pedagogika nazariyasi va tarixi


Hadis ilmining paydo bo‘lishi. Muhaddislar (Imom Ismoil al – Buxoriy, Imom Iso at – Termiziy va boshqalar) ning hadis ilmi rivojiga qo‘shgan hissalari



Yüklə 5,55 Mb.
səhifə63/150
tarix10.09.2023
ölçüsü5,55 Mb.
#142395
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   150
MAJMUA PEDAGOGIKA TARIXI VA NAZARIYASI

Hadis ilmining paydo bo‘lishi. Muhaddislar (Imom Ismoil al – Buxoriy, Imom Iso at – Termiziy va boshqalar) ning hadis ilmi rivojiga qo‘shgan hissalari

Movoraunnahrda VII - IX asrlarda islom dinining keng tarqalishi barcha sohalar, fan, madaniyat, falsafa, ijtimoiy hayot rivojiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Bu davr tarixi, madaniyati, ilmu - fani, ta’lim-tarbiya jarayoni o‘ziga xos tarzda bo‘lib, turli xil silsilalari, urushlar, nizolar oqibatida ham o‘z tarqqiyot yo‘lida to‘xtamadi. Islom madaniyati shakllanishining ichki va tashqi manbalari, tamoyillari, ahkomlari, munosabatlari asta-sekinlik bilan rivojlana bordi, shuningdek ta’lim-tarbiya sohasiga oibd o‘zaro munosabatlar, ustoz - shogird munosabatlari paydo bo‘la boshladi. Hadis bu payg‘ambarimizning hayotiy faoliyatlari davomida biron-bir fikrni bildirganliklari, biror-bir ishni amalda qilib ko‘rsatganliklari hamda amaliy xatti-harakatlari to‘g‘risida aytilgan rivoyatlardir. Hadislarni birinchi marta yozish bilan mashg‘ul bo‘lgan muhaddislar Rabez ibn Sabeh, Said bin Abi Aruba, Malik bin Anas, Abdumalik bin Jurayj Makkiy, Abdurahmon al-Avzoiy Shoshiy, Sufyon Savriy Kufiy va boshqalar deb ko‘rsatilgan. Hadis ilmini o‘rganishning oltin davri deb VIII - IX asrlar tan olingan. Islom dunyosida eng nufuzli manbalar deb sanalgan oltita to‘plam (as- sahih as-sita) ni yaratgan muhaddislar ham vatandoshlarimiz bo‘lib, ular hadis ilmi rivojlangan IX asrda yashab ijod etganlar.


Ulardan tashqari 6 yirik muhaddisni qilgan ishlari alohida e’tiborga molikdur.

  1. Imom Buxoriy 810-yil 13-may kuni Buxoroda tug‘ilgan (810-870). Voyaga yetguncha 70 ming hadisni yoddan bilgan. Imom Buxoriy 600 ming hadis to‘plab shundan 100 ming sahih 200 ming nosahih hadislarni yodlagan.

Imom Ismoil al-Buxoriy iste’dodli, o‘tkir zehnli hamda ziyrak olim bo‘lgan. Manbalarga ko‘ra, Bag‘dod shahrida istiqomat qilgan vaqtida ko‘pincha qorong‘u kechalari sham yorug‘i va oyning nurida ijod qilib, kitob yozar ekan. Tunda yodiga bexosdan biror-bir fikr-mulohaza tushib qolsa, shamni yoqib, darhol o‘sha fikrni qog‘ozga tushirar, shu taxlitda ba’zan shamni yigirma martagacha o‘chirib-yoqar ekan» (U. Uvatov).
Imom Buxoriyning o‘tkir zehn egasi ekanligini quyidagi misoldan ham bilish mumkin.
Buxoriyning axloqiy tarbiyaga oid ta’limoti komil, axloqan pok insonni tarbiyalashda katta imkoniyatlarga egadir. Chunki uning asarlarida asosiy o‘rin tutgan Qun’oni karim oyatlari va Hadisi sharifda qayta-qayta ta’kidlangan insonni o‘z amallari borasidaga mas’uliyati, uning doimo nazorat ostida ekani va mukofot hamda jazoning muqarrarligini his etish yuksak insoniy va axloqiy talablarining amal qilishi uchun imkon yaratadi. Masalan, «ichingizdagi narsani xoh oshkor, xoh maxfiy tuting, Alloh baribir ularni hisob-kitob qilib qo‘ygay» yoki «Sizlarning quloqlaringiz, ko‘zlaringiz va terilaringizning o‘zlaringizga qarshi guvoh bo‘lmog‘idan yashirina olmas erdingizlar» - degan Qur’on oyatlarini olsak, bu so‘zlar yaxshlik bilan yomonlik, halol bilan harom o‘rtasida ikkilanib turgan insonni biroz bo‘lsa ham o‘ylantirib qo‘yadi va yomo niyatidan qaytaradi.
Imom Buxoriy ta’limotining inson axloqi va tarbiyasidagi ahamiyati shundan iboratki, u insonni hech qachon umidsizlik tushkinlik holatiga qo‘ymaydi, yaxshilik va tavba-tazarru uchun doimo imkon beradi, hatto yomonlikni ham yaxshilik va ezgulik bilan mahv etishga yo‘l ochadi.

  1. Imom Muslim (820-865) Naysabrning Qushayr qishlog‘ida tug‘ilgan. Iroq, Xijoz, Shom, Misr, Buxoro va boshqa joylarda bo‘lib, mashhur ulamolardan tahsil olgan va hadis ilmiga ulkan hissasini qo‘shgan.

  2. Imom Abu Dovud (816- 889) Sijistonda hozirgi Eron va Afg‘oniston hududida tavallud topgan. Yoshligidan hadis ilmiga qiziqib Iroq, Xuroson, Shom, Misr, Arab jazirasiga safar qilganlar va eshitgan hadislarni rivoyat etadi. Mashhur shayx roviy hofiz bo‘lib yetishdi. U jami 50 ming hadis rivoyat qilib shundan 4800 ta sahih hadisni « Sunnat « kitobiga kiritgan.

  3. Abu Iso Muhammad at-Termiziy 824-yili Termiz yaqinidagi Bug‘ (hozirgi Sherobod tumani) qishlog‘ida tug‘ilgan. Imom at-Termiziy Imom al- Buxoriyga shogird bo‘lgan. Uning eng katta asari «Sunan» bo‘lib, bugungi kunda shoir Mirzo Kenjabek tomonidan «Sunani Termiziy» nomi bilan o‘zbek tiliga o‘girgan va nashr qilindi (2 - jilddan iborat). Umrining so‘nggi yillarida at- Termiziy ko‘zlari ojiz bo‘lib qoladi va 892-yili ona shahri Termizda vafot etadi.

Imom at-Termiziyning «Sunan» kitobida keltirilgan hadislarda uning ta’lim- tarbiya, axloq-odobga oid fikrlari ko‘p uchraydi. Chunonchi, doim insonda yaxshilik fazilatlarini takomillashtirishni quyidagi hadislarda bayon etadi: «Alloh nazdida eng yaxshi do‘st deb doimo xayrli ishlarni qilib yuruvchi kishilarga aytiladi». «Alloh nazdida eng yaxshi qo‘shni o‘z qo‘shnilariga yaxshilik qilguv- chisidir», «Odamlarga shukur aytmaydigan kishi Allohga ham shukur qilmaydi».
Imom at-Termiziy to‘plagan hadislari orasida bolalarni axloq-odobga, marhumlarga hurmat ruhida tarbiyalashga da’vat kuchli: «Chinakam sabr-toqatli deb musulmon kishining musibat yuz bergandagi chidamliligiga aytiladi», «Haqiqiy mo‘min deb xushxulq va ayoliga nisbatan xushmuomala kishiga aytiladi». Umuman, Imom at-Termiziyning ma’naviy qadriyatlar merosini, uning axloq-odob va ta’lim-tarbiyaga doir qarashlarini, dunyoqarashini o‘rganishda va ulardan hozirgi yoshlar ta’lim - tarbiyasida foydalanishda u to‘plagan hadislaru alloma yaratgan «Sunan» kitobining ahamiyati g‘oyat katta.

  1. Imom Nasoiy (830-918) Xurosonning Niso shahrida tavallud topgan. Shom o‘lkalariga safar qilib zamonaning mashhur muhaddislaridan saboq oladi. Imom avval «As sunan Al Kubro» degan kitob yozadi. Keyinchalik undagi ishonarli hadislarini qoldirib «As sunan As Sug‘ro» deb nomlagan.

  2. Imom Ibn Mojja (824-888) Iroqning Qazvin shahrida tavallud topgan. Boshlang‘ich ta’limni olgach hadis ilmi bilan shug‘ullanish uchun Iroq, Shom, Misr, Ray kabi o‘lkalarga safar qiladi. Jami 32 ta kitob yozadi. Ushbu kitob 1500 bobni o‘z ichiga olgan Imomning «Sunan» kitobini Ishonarli Sahih va Fiqixda tengi yo‘q manba sifatida e’tirof etadi.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov «Imom al-Buxoriy hazratlari nafaqat o‘zbek xalqi, balki butun musulmon olamining faxr- iftixoridir. Ul tabarruk zotning hayoti tom ma’nodagi ilmiy va insoniy jasorat, bukilmas iroda, so‘nmas e’tiqod timsolidir» deb ta’kidlaydilar.
Hadislarda insonning kamolotga erishishi uchun talab etiladigan insoniy fazilatlar ifoda etilgan bo‘lib, bu fazilatlar sirasiga o‘zgalarga mehr-oqibat ko‘rsatish, saxiylik, ochiq ko‘ngillilik, ota-ona, kattalar va qarindoshlarga nisbatan muruvvatli bo‘lish, ularga g‘amxo‘rlik qilish, vatanga muhabbat, mehnat va kasb- hunarni ulug‘lash, halollik, poklik, do‘stlik, olijanoblik, rahm-shafqatlilik, kamtarlik, rostgo‘ylik va vijdonlilik kabi xislatlar kiritiladi. Bundan tashqari, insonning o‘zini yomon illatlardan tiyishi, yaxshilik sari intilishi kerakligi bora- sidagi pand-nasihatlar ham o‘z aksini topganki, bularning barchasi Qur’oni karimda qayd etilgan ko‘rsatmalarga asoslanilgan va komil insonni shakllan- tirishda asosiy mezon bo‘lib xizmat qiladi. Hadislarda jamiyat ravnaqi, insoniyat taraqqiyotining ta’minlanishiga ta’sir etuvchi muammolarga ham jiddiy e’tibor berilgan. Ularning orasida ekologik muammolarga alohida o‘rin ajratilgan bo‘lib, necha asrlardan buyon o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Ana shunday muammolar mohiyatini o‘z mazmunida aks ettirgan hadislarda ekin dalada ko‘chatlarni o‘tqazish, ularni himoya etish, ariq-zovurlar qazish va ularni vaqti-vaqti bilan tozalab turish, suv chiqarish kabi ezgu ishlarni amalga oshirishga undovchi fikrlar mujassamlangan. Masalan, tirik jonivorlarni o‘ldirmaslik; (shariatdan o‘ldirishga buyurilgan ilon va chayondan bo‘lak), jonivorlarga g‘amxo‘rlik qilish, ularga ozor bermaslik, inson yashaydigan joyni unga ozor beradigan narsalardan tozalash (227­va 446-b.adislar), kishilarga soya beruvchi daraxtlarni kesmaslik, hovli sahnlarini toza tutish haqidagi hadislar shular jumlasidan.
Hadislarda yomon ishlar, illatlar, yomon xatti-harakatlar gunoh sifatida qoralansa, inson farovonligi, jamiyat ravnaqi uchun qilinadigan yaxshi, ezgu xatti- harakatlar, faoliyat savob tarzida olqishlanadi.
Shunga ko‘ra, yetim molini yeyish, mol-dunyoga hirs qo‘yish, yolg‘onchilik, g‘iybatchilik, tuhmat, zino, ichkilikbozlik, giyohvandlik, foydasiz gapni ko‘p gapirish va boshqa illatlar gunoh hisoblansa, ota-ona, keksalar, zaiflar va muhtojlarga g‘amxo‘rlik qilish, ularni yo‘qlab turish, marhumlarni yaxshi so‘zlar bilan xotirlash, omonatga xiyonat qilmaslik kabilar savob sanalishi alohida ta’kidlanadi.
Inson kamoloti bevosita uning salomatligi bilan bog‘liqdir. Zero, sog‘lom insongina ham oila, ham jamiyatning ravnaq topishi yo‘lida faoliyat ko‘rsata oladi. Hadislar, umuman, Islom ta’limotida tozalik va poklik, shu jumladan, ruhiy va jismoniy poklikka katta e’tibor beriladi: «Haq taolo o‘zi pok, poklikni yaxshi ko‘radi, o‘zi toza, tozalikni yaxshi ko‘radi, o‘zi oliy himmatdir, oliy himmatlikni yaxshi ko‘radi, o‘zi ochiqko‘ngil, ochiqko‘ngillikni yaxshi ko‘radi, eshiklarning oldini pokiza tutinglar» (190-hadis).
Hadislarda inson erki, ozodligi va unga dahl qilmaslik masalalarining yoritilishiga ham katta ahamiyat berilgan.
Islom ta’limotida har tomonlama yetuk bo‘lishi uchun insonning erkin bo‘lishi kerakligi borasidagi fikrlar Qur’oni karimda ham, Hadisu sharifda ham birdek e’tirof etilgan. Xususan: «Alloh taologa farzlardan so‘ng amali solihlarning eng sevimlisi musulmon kishining diliga xursandchilik solishdir» (33-hadis); «Alloh o‘zi kechirguvchi zot, kechirguvchini yaxshi ko‘radi» (191-hadis); «Alloh taolo zulm qilmagan qozi bilan birgadir. Agar qozi jabr qilsa, Alloh undan uzoqlashadi va shayton unga yaqinlashadi» (194-hadis) kabi hadislar bunga yaqqol dalilidir, chunki inson qanchalik qadrlansa, barcha ezgulik va yaxshiliklar insonga yo‘naltirilgan bo‘lsa, uning manfaati uchun xizmat qilsa, inson ham shunga ko‘ra kamol topaveradi, yuksaklikka ko‘tariladi, o‘z navbatida bunday insonlar yashaydigan jamiyat ham rivojlanaveradi.
Demak, hadislar Muhammad payg‘ambarimizning sunnatlari bo‘lib, mazmunan har bir mo‘minning ishonchi, e’tiqodini mustahkamlaydi, shu bilan birga insonni ma’naviy kamolotga yetaklaydi. «Islom dini ma’rifatga asoslangani uchun ham har bir shaxsni aqliy, jismoniy jihatdan kamolga yetkazishga oid e’tiqod va imondan iborat bo‘lib, faqat ezgulikka xizmat qilish, olijanob bo‘lish, pokiza yurish, bir burda luqmani halol qilib yeyish, jaholat va jaholatparastlikka yo‘l qo‘ymaslik, o‘z birodarining, qarindosh-urug‘larining, millatining va vatanining qadriyatlarini asrashdan iboratdir». Shunday ekan, hadislar komil insonni shakllantirishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.



Yüklə 5,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin