Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi pedagogika nazariyasi va tarixi


Eng qalimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti



Yüklə 5,55 Mb.
səhifə59/150
tarix10.09.2023
ölçüsü5,55 Mb.
#142395
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   150
MAJMUA PEDAGOGIKA TARIXI VA NAZARIYASI

Eng qalimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti.

Eng qadimgi davrdan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikr taraqqiyoti tahlili shuni ko‘rsatadiki, miloddan avvalgi birinchi mingyillikda yurtimiz hududida Baqtriya, Xorazm, So‘g‘diyona, Marg‘iyona, Parfiya hamda Parkana kabi davlatlarda turli qabila va elatlar yashaganlar. Ular saklar, massagetlar, so‘g‘dlar, xorazmiylar, baqtirlar, chocbliklar, parkanaliklar kabi qabila va urug‘lardan iborat bo‘lib, hozirgi Markaziy Osiyo hududida yashovchi xalqlarning ajdodlari hisoblanadilar.


Ushbu davrdan boshlab, bu hududlarda o‘ziga xos madaniy an’analar tarkib topa borgan, masalan, eramizdan oldingi asrning birinchi yarmida qadimiy davlatlar: Baqtriya va So‘g‘diyona, Marg‘iyona. Xorazm, Parkana, Parfiya kabi o‘lkalarda xalq xo‘jaligining turli sohalarida rivojlanish ro‘y bergan. Biroq islomgacha bo‘lgan tarixiy davrda ta’lim-tarbiya, fan va madaniyat tarixini yoritish imkoni chegaralangan. Chunki, dastlab Iskandar boshchiligidagi yunon - makedon qo‘shinlari, so‘ngra Qutayba ibn Muslim rahbarligidagi arab istilochilari olib borgan talonchiliklar, vayronagarchiliklar tufayli o‘sha davrga tegishli deyarli barcha asarlar, manbalar yo‘q qilingan. Lekin islom va islomdan keyingi mavjud pedagogik qarashlarni, milliy ta’lim-tarbiyaga oid an’analarni, qadriyatlarni, xalq pedagogikasini ilmiy o‘rganish, puxta tahlil qilish va hayotga tatbiq etish, bugungi kunning muhim va dolzarb muammosidir. Respublikamizda istiqlolga erishgani- mizga qadar biz ta’lim-tarbiya ishlarimizga sobiq sho‘ro mafkurasini asos qilib oldik va o‘rgandik. Endigi vazifa Sharq pedagogikasi bilan G‘arb pedagogika- sining eng ilg‘or an’analarini o‘rganishga e’tiborni qaratishdan iboratdir. Chunki ilmu fan avval Sharqda taraqqiy etgan.
Buyuk nemis olimi Xerler: «Sharq ovrupaning muallimidir» -deb ta’kidlagan. Yuqoridagi fikrlarning o‘zi madaniyat, ma’rifat Sharqdan Yevropaga tarqalgan deyishga asos bo‘la oladi. Chunki, savodxonlik maktablarining, qadimiy yozuvlarning vujudga kelishi eng qadimgi manbalarda «Avesto», So‘g‘d, Baqtriya, Urxun-Enisey, Xorazm va boshqa yozuvlar Turon zaminida yuzaga kelganligi, shu muqaddas zaminda yashayotgan xalqlarning eng qadimgi ajdodlari savodxon kishilar ekanligidan dalolat beradi. Haqiqatan ham shunday, o‘zbek xalqining madaniy merosi ulkan bir dengiz. O‘tmishimizda unutilgan shunday ulkan sar- chashmalar borki, ularni puxta, atroflicha o‘rganmoq birinchi galdagi vazifamizdir.
Eng qadimgi kishilarga xos bo‘lgan xislatlar, ularing dastlabki, oddiy istaklari, orzu-umidlari qadimgi epos va miflarda aks etgan afsonaviy obrazlar hamda qahramonlar qiyofasida o‘z ifodasini topgan. Afsona va rivoyatlarda eng qadimgi ajdodlarimizning tafakkur dunyosi aks etgan.
Taniqli o‘zbek pedagogika tarixi sohasining yetuk mutaxassisi Komiljon Hoshimov eng qadimgi madaniy boyliklarimizni o‘rganishda quyida uch guruh manbalarga tayangan holda o‘rganishni tavsiya etadi:

  1. Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ko‘rgazmali ashyolar.

  2. Xalq og‘zaki ijodi materiallari hamda yozma manbalar.

  3. Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi.

Ma’lumki, ibtidoiy kishilar mehnat faoliyati jarayonida o‘z ehtiyojlarini qondirgan va bu jarayon yosh avlodda ham mehnat qilish, amaliy faoliyatni yo‘lga qo‘ya olish borasidagi nazariy bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilishga asos bo‘lgan. Mehnat faoliyatini tashkil etish jarayoni dastlabki paytlarda butun ijtimoiy hayotni yo‘lga qo‘yish negizida amalga oshirilgan bo‘lsa, keyinchalik tarbiya inson faoliyati asosiy jihati, ijtimoiy ongni shakllantirishning muhim omiliga aylandi.
Ibtidoiy jamiyatda tarbiya umumiy xarakter kasb etsada, bola o‘zi uddalay oladigan faoliyatning tashkil etilishida bevosita ishtirok etib, hayot kechirish va mehnat qilish ko‘nikmalarini o‘zlashtirgan. Bu davrda o‘g‘il bolalar erkaklar bilan ov qilish, ov qurol yasash kabi yumushlarni bajarsalar, qizlar ayollar tomonidan bajariladigan mehnat sirlarini o‘zlashtirar edilar. Hech qayerda yozilmagan odat va an’analarga ko‘ra, yosh bolalar keksalar nazorati ostida ma’lum tajribalarga ega bo‘lardilar. Bola ma’lum tayyorgarliklardan so‘ng maxsus sinovlardan o‘tib, amaliy faoliyatda faol ishtirok eta olish huquqini qo‘lga kiritar edi.
Urug‘chilik jamoasi davrida bolalar mehnatining ko‘lami kengayib, kasb- hunar faoliyatining turlari ko‘payib boradi. Tajribali kishilar bolalarni tarbiyalash bilan birga ularni yozishga ham o‘rgata boshlaydilar. Asta-sekin harbiy tarbiyaning boshlang‘ich ko‘rinishlari yuzaga kela boshlaydi. Bolalarga harbiy san’at sirlarini o‘rgatish ancha murakkab ish bo‘lib, ushbu tarbiyani tashkil etish maxsus bilim hamda tayyorgarlikka ega bo‘lishni taqozo etar edi.
Jamiyatning ijtimoiy jihatdan taraqqiy eta borishi bolalarga yer o‘lchash, suv toshqinlarining va turli kasalliklarning oldini olishga oid bilimlarni o‘rgatishga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirdi. Bu boradagi harakatning tashkil etilishi natija­sida turli maktablar faoliyat yurita boshladi. Maktablarda asosiy e’tibor bolalarga og‘zaki bilim berish bilan birga ularda yozuv ko‘nikmalarining shakllantirilishiga qaratildi.

Yüklə 5,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin