Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi pedagogika nazariyasi va tarixi



Yüklə 5,55 Mb.
səhifə8/150
tarix10.09.2023
ölçüsü5,55 Mb.
#142395
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   150
MAJMUA PEDAGOGIKA TARIXI VA NAZARIYASI

A9

Ta'lim mazmuni

A10

Ta'lim metodlari va vositalari

A11

Ta'limni tashkil etish shakllari va turlari

A12

Professional ta'lim.

A13

Ta'lim olganlikni tashxis etish

A14

Tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni. Tarbiya tamoyillari

A15

Jamoa tarbiya ob'ekti va sub'ekti sifatida

A16

Tarbiyaning umumiy metodlari

A17

O‘quvchilarni falsafiy dunyoqarashga tayyorlash. O‘quvchilarning aqliy tarbiyasi

A18

Ta'lim tizimining ilmiy-uslubiy ta'minoti.

Mashg‘ulotlar shakli: Seminar mashg‘ulot (S)

S1

Pedagogik menejment nazariyasi va amaliyoti. Boshqaruvning nazariy asoslari

S2

Ta'lim muassasasining ichki boshqaruvi

S3

Korreksion pedagogika asoslari

S4

Inklyuziv ta'lim

S5

O‘zbekiston Respublikasi ta'lim tizimi. Ta'lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari.

S6

Muvaffaqiyatli inklyuziya resurslari

S7

Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta'lim-tarbiya va pedagogik fikrlar.

S8

Eng qadimgi manbalarda ta'lim-tarbiya masalalari

S9

VII asrdan IX asrgacha o‘lgan davrda maktab, tarbiya va pedagogik fikr taraqqiyoti

Mashg‘ulotlar shakli:Mustaqil ta‘lim(MT)

MT1

Demokratik jamiyatda o‘qituvchilik kasbi va unga qo‘yiladigan talablar.

MT2

Pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari.

MT3

O‘qituvchining jamiyatda tutgan o‘rni va vazifalari.

MT4

Shaxs rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar.

MT5

Ta'lim mazmunini belgilab beruvchi me'yoriy-huquqiy hujjatlar

MT6

Ta'lim metodlari tasnifi.

MT7

Ta'lim vositalari va ularni turlari.

MT8

Ta'limni tashkil etishning zamonaviy shakllari.

MT9

O‘quvchilarning bilim, kunikma va malakalarini baholashning reyting tizimi

MT10

Bolalar jamoasining shakllanish darajalari va bosqichlari.

MT11

Tarbiyaning umumiy metodlari tasnifi.

MT12

Tarbiya turlari mazmuni, maqsad va vazifalari, shakl va metodlari.

MT13

Ta'lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari.

MT14

Ta'lim muassasasini boshqarishga doir me'yoriy-huquqiy hujjatlar.

MT15

Eng qadimgi davrda yozuvning paydo bo‘lishi.

MT16

Abdulla Avloniyning asarlaridagi pedagogic g‘oyalari

MT17

Abdulla Avlioniyning ilmiy merosi tahlili.

MT18

O‘zbekistonda jadid usulidagi maktablar va ularda ta'lim mazmuni

MT19

T.N.Qori – Niyoziyning pedagogik qarashlari.

MT20

Adol'f Disterver ilmiy faoliyatini o‘rganish.



2 semestr

Mashg‘ulotlar shakli va semestrga ajratilgan soatlar:

120

Ma’ruza

24

Amaliy mashg‘ulotlar

24

Seminar mashg‘ulotlar

12

Mustaqil ta’lim

60

Kredit miqdori:

4

Baholash shakli:

Sinov

Kurs tili:

o‘zbek




TA’LIM NATIJALARI (TN)




Bilimlar jihatdan:

TN1

Ta'lim muassasasida ilg‘or pedagogik tajribani urganish va undan foydalanish bo‘yicha bilimga ega bo‘lish kerak;

TN2

Maktab va pedagogik fikrlar taraqqiyoti hamda axloqiy ta'limotlar haqida bilimga ega bo‘lish kerak;

TN3

Sharq uyg‘onish davri va unda ta'lim-tarbiya masalalari haqida bilimga ega bo‘lish kerak;

TN4

XIII asrning ikkinchi yarmi va XIV asrda Movaraunnaxrda tarbiya va maktablar taraqqiyoti bo‘yicha bilimga ega bo‘lish kerak;

TN5

Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivoji haqida bilimga ega bo‘lish kerak;




Ko‘nikmalar jihatdan:

TN6

Pedagogika nazariyasi va tarixining tadqiqot metodlarini biladi va tahlil qila oladi;

TN7

Ta'lim tamoyillari va metodlarini biladi va tavsiflaydi va qo‘llay oladi;

TN8

Ta'lim shakllari tashkil etish texnologiyasini biladi va tadbiq qila oladi;

TN9

Pedagogik jarayonning asosiy qonun va qoidalari hamda dars mashg‘ulotlarini tashkil etish yo‘llarini biladi va tadbiq qila oladi;

TN10

Dars mashg‘ulotiga va o‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar haqida ko‘nikmaga ega bo‘ladi tahlil qila oladi.

KURS MAZMUNI

Mashg‘ulot shakli: Ma’ruza (M)

M1

Pedagogika tarixi fan sifatida. Ibtidoiy jamoada tarbiya. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta'lim-tarbiya va pedagogik fikrlar.
“Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari. “Pedagogika tarixi” fani g‘oyalarining kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan o‘zaro aloqadorligi. O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta'lim-tarbiya jarayonida milliy meros, pedagogik qadriyatlardan samarali foydalanishning ijtimoiy ahamiyati haqida. Ta'lim-tarbiya va pedagogika tarixini davrlashtirish muammolari.
Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta'lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti. Eng qadimgi yozma manbalarda ta'lim-tarbiya masalalarining yoritilishi.

M2

VII asrdan IX asrning birinchi yarmigacha O‘rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar.
Islom dinining tarqalishi va uning ta'lim-tarbiyaga ta'siri. Musulmon maktablari va unda ta'lim-tarbiya mazmuni. Qur'oni Karim axloqiy-falsafiy ta'limotlar manbai. Hadis ilmining paydo bo‘lishi. Muhaddislar Imom Ismoil al-Buxoriy, Imom at-Termiziy va boshqalarning hadis ilmi rivojiga qo‘shgan hissasi.

M3

Sharq Uyg‘onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi.
IX-XI asrlar Sharq Uyg‘onish davri Abu Abdulloh Xorazmiyning didaktik qarashlari. Abu Nasr Forobiyning asarlarida pedagogik fikrlar. Abu rayxon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari. Abu ali Ibn Sino tarbiya va ta'lim haqida.
Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘atit-turk” asarida ta'lim-tarbiya masalalari. Yusuf Hos Hojibning “Qutadg‘u bilik” asari pandnoma asar sifatida. Ag‘mad Yugnakiyning “Hibbat ul-xaqoyiq” asarida didaktik qarashlar. Kaykovusning “Qobusnoma” asarining tarbiyaviy ahamiyati.

M4

XIII asrning ikkinchi yarmi va XIV asrda Movaraunnaxrda tarbiya va maktab.
Ijtimoiy hayotning ta'lim-tarbiya, maktab va pedagogic fikrlar rivojiga ta'siri. So‘fiylik ta'limotining ma'naviy hayotga ta'siri. Movaraunnahrda Amir Temur tomonidan markazlashgan davlat barpo etilishi va uning fan, madaniyat va ma'rifat rivojiga qo‘shgan hissasi. Mirzo Ulug‘bekning pedagogik g‘oyalari va ma'rifatparvarlik xizmatlari. Ulug‘bek davrida maktab islohoti. Zaxiriddin Muhammad Boburning pedagogik fikrlari.

M5

XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnaxrda pedagogik fikrlar rivoji.
Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va insonparvarlik masalalari. Navoiyning maktab va madrasalar rivojiga qushgan hissasi. Navoiyning o‘qituvchi (mudarris) to‘grisidagi fikrlari. Abduraxmon Jomiyning pedagogik qarashlari. Jaloliddin Davoniyning axloqiy qarashlari. “Axloqiy Jaloliy” asarining pedagogik fikrlar rivojidagi o‘rni.

M6

XVII asrdan XIX asrning birinchi yarmigacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji.
Buxoro amirligi, Quqon va Xiva xonliklarida ta'lim-tarbiya. Maktab va madrasalarda ta'lim mazmuni. Qizlar maktabi va unda ta'lim mazmuni. Munis Xorazmiyning “Savodi ta'lim” asari – husnixatga doir dastlabki qo‘llanma sifatida. Muhammad Sodiq Qoshg‘ariyning “Odob as-solihin” asari – yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlarni yorituvchi manba.

M7

XIX asrning 2 yarmi XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar.
XIX asrning 2 yarmida Turkistonda maktablar tizimi. Chor Rossiyasining ta'lim siyosati. Turkistonda maktablar tizimi. V.P.Nalivkinning ta'lim rivojidagi xizmati. Turkistonda rus maktablarining ochilishi. Yerlik aholi uchun rus-tuzem maktablarining tashkil etilishi. Turkistonda jadidchilik harakati. Yangi usul maktablarining ochilishi. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Abduqodir Shakuriylarning yangi usul maktablarini tashkil etishdagi ma'rifatparvarlik xizmatlari.

M8

Mavzu: 1924-1991 yillarda O‘zbekistonda ta'lim tizimi va pedagogik fikrlar rivoji.
Turkiston o‘lkasida ta'lim siyosati. 1924-1945 yillarda ta'lim va pedagogika fani. 1945-1991 yillarda O‘zbekistonda ta'lim tizimi va pedagogika fani rivoji.
Xalq maorifi sohasida maktab darsliklari va o‘quv qo‘llanmalar yaratish, ta'lim-tarbiya jarayonini mustabid tuzum maqsadiga muvofiq tashkil etilishi va uningsalbiy okibatlari.

M9

Mavzu: 1924-1991 yillarda O‘zbekistonda ta'lim tizimi va pedagogik fikrlar rivoji.
Maorif sohasidagi urushdan keyingi holatlar tahlili. Maktab darsliklari yaratish, ta'lim-tarbiya jarayoninida maktablarning 4 yillik, 8 yillik, 9 yillik, 10 yillik islohotlarni maqsadga muvofiq tashkil etilishi va uning mazmun mohiyati.

M10

Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi ta'lim tizimi. Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivoji.
Mustaqil O‘zbekistonda ta'lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun Respublikamizda ta'lim-tarbiyani tashkil etish va kadrlar tayyorlashning huquqiy asosi sifatida. Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivojiniyg asosiy yo‘nalishlari.

M11

Eng qadimgi davrlardan XIX asrning birinchi yarmigacha jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi. Yan Amos Komenskiyning pedagogik nazariyasi.
Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim davlatlarida maktab va tarbiya. QadimgiYunoniston faylasuflari tarbiya tug‘risida. Qadimgi Rimda pedagogik g‘oyalar rivoji. Tarbiy Yevropada maktab va pedagogik fikrlar. Iogann Genrix Pestalotsiyning didaktika va boshlangich ta'lim metodikasiga ko‘shgan xissasi. Adolf Distervergning rivojlantiruvchi ta'lim nazariyasi. Ya.A.Komenskiyning pedagogik nazariyasi. K.D.Ushinskiyning didaktik qarashlari va pedagogik merosi.

M12

Hozirgi davrda jahon mamlakatlari ta'lim tizimi va pedagogika fani rivoji.
Jahon mamlakatlari ta'lim tizimi. Iqtisodiy rivojlangan davlatlar ta'lim tizimi. Ta'lim modellari. XX asr jahon ta'lim tizimidagi global tendensiyalar. Xalqaro loyihalar va ta'lim dasturlari.


Yüklə 5,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin