Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi pedagogika nazariyasi va tarixi


Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlarni rivojlanishining asosiy



Yüklə 5,55 Mb.
səhifə85/150
tarix10.09.2023
ölçüsü5,55 Mb.
#142395
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   150
MAJMUA PEDAGOGIKA TARIXI VA NAZARIYASI

Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlarni rivojlanishining asosiy
yo‘nalishlari
Mustaqil Respublikamizda xalq ta’limi tizimi mazmunini yangilash va yangi ijtimoiy muhit sharoitida uni yanada rivojlantirish zarur edi. Chunki huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalarda olib borilayotgan islohotlarda asosiy maqsad ham barcha fuqarolarning hayotini ijtimoiy himoyalash, ularning turmush sharoitini yaxshilash, ma’naviy jihatdan yuksaltirish, eng muhimi, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdan iboratdir. Ana shu maqsadni amalga oshirish borasida Respublikamiz hukumati xalq ta’limi tizimini tubdan isloh qilish vazifasini qo‘ydi. Jamiyatni ma’naviy yangilashda avvalo ta’lim tizimini isloh qilishni va milliy kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni tobora ortib borayotganligini hisobga olib, ta’lim tizimini ham yangilashni taqozo etar edi. Shu maqsadda 1997-yil 29- avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IX sessiyasida yangi «Ta’lim to‘g‘risida» Qonun hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» keng muhokama qilindi va tasdiqlandi.»Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va tarbiya fuqarolar kasbga tayyorgarligi hamda har bir fuqaroning ilm olish konstitutsion huquqini ta’minlash kabi qator dolzarb vazifalarni belgilab berdi. Respublikamiz bugungi kunda tubdan yangi davlat bo‘lib, unda har bir siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohadagi islohotlar ham yangi ta’lim tizimida bosqichma - bosqich olib borishni nazarda tutadi. Zero, ta’lim sohasidagi islohotlar ham yangi bosqichma - bosqich o‘tish tamoyiliga asoslangandir. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ham uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilishning tashkiliy, ilmiy va metodik asosi bo‘lib hisoblanadi. Milliy dasturning asosiy maqsadi uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘lib, u ijodiy va mustaqil fikrlovchi, tafakkuri rivojlangan, erkin shaxsni shakllantirish bilan barcha sohalarda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni kafolatlash bilan ahamiyatlidir.
Shunga ko‘ra, mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq boy madaniyatimizni tiklash va uni rivojlantirish, ta’lim tizimini takomillashtirish, uni zamon talablariga jabob bera oladigan jahon andozalari darajasiga ko‘tarish maqsadiga e’tibor berib borilmoqda.Ta’lim sohasida «Ta’lim to‘g‘risida» Qonun qabul qilinganligi, 1996-1997-yildan boshlab birinchi sinflarda o‘qishning lotin yozuviga asoslangan yangi alifboda olib borilgani, ular uchun yangi alifboda dastur, qo‘llanma, darsliklarning yaratilganligi - bu ta’lim sohasida qo‘yilgan dastlabki odimlar edi. O‘tgan davrda yangi turdagi ta’lim muassasalari tashkil etildi. Oliy o‘quv yurtlari qoshida litseylar ochildi.
Qobiliyatli o‘quvchilar chet ellarda ta’lim ola boshladi. O‘qituvchilar xorijiy davlatlarda bo‘lib, ilg‘or tajribalarni o‘rganib kela boshladilar. Viloyatlarda yangi - yangi biznes maktablari, kichik va o‘rta kasb-hunar kurslari ochila boshladi va bozor iqtisodi sharoitida fermer, soliq va bojxona xodimlari, audit va boshqa yangi mutaxassisliklar kiritildi. Oliy maktab sohasida test usuli joriy etildi. Oliy ta’lim sohasida ham islohot o‘tkazishni talab qila boshladi. Bularning barchasi hisobga olinib, 1997-yil mart oyida Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga muvofiq, ta’lim tizimini isloh etilish, kadrlar tayyorlash jarayoniga zamon talabi darajasida o‘zgartirishlar kiritish maqsadida maxsus komissiya tuzildi va natijada «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda «Ta’lim to‘g‘risidagi» Qonun Oliy Majlis sessiyasida qabul qilindi. Bu ikki hujjatga binoan ta’lim tizimi isloh qilishni bosqichma - bosqich amalga oshirish nazarda tutiladi: «Ta’lim to‘g‘risidagi» Qonunga asosan Ta’lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyot sohasida ustuvor deb e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasida quyidagi uzluksiz ta’lim tizimi asos qilib olingan.
Ta’lim tizimi bola shaxsini sog‘lom va yetuk o‘qishga tayyorlash maqsadini ko‘zlaydi. Mazkur ta’lim uch yoshdan olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulk shaklidan qat’i nazar, boshqa xil ta’lim tashkilotlarida olib boriladi.Umumiy o‘rta ta’lim quyidagi bosqichlarga bo‘linadi: Boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinf) Umumiy o‘rta ta’lim (I-IX sinflar) Boshlang‘ich ta’limda umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko‘nikmalar asoslari shakllantiriladi. Birinchi sinfga bolalar 6-7 yoshdan qabul qilinadi. Oliy ta’limda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi. Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash universitet, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta’lim muassasalarida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim asosida amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim ikki bosqichda: bakalavriat va magistraturaga ega.
Bakalavriat - oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha puxta bilim beriladigan, o‘qish muddati kamida to‘rt yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir.
Magistratura - aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim shartnoma asosida amalga oshiriladi. Oliy o‘quv yurtidan keyin malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojga qarab oliy o‘quv yurti va ilmiy tadqiqot muassasalarida doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik tarzida davom ettiriladi. Oliy ta’limdan so‘ng kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimini va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish va yangilashga qaratiladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturda intellektual, ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish nazarda tutiladi. Kadrlar tayyorlash milliy modelida fan, jumladan, pedagogika fani, ham yangi fundamental va bilimlarni shakllantirish orqali muhim ilmiy natijalarni jamlaydi. Oliy malakali va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashning amalga oshirilishi, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o‘zlashtirish orqali ilm-fanning ta’lim amaliyoti bilan aloqasini ta’minlashni amalga oshirish ko‘zda tutiladi, ilg‘or axborot va tendensiya texnologiyalarini joriy etish mexanizmlarini ishlab chiqishga e’tibor qaratildi.
Mustaqillik yillarida pedagogika fanining eng dolzarb muammolari ustida doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Chunonchi, O.Musurmonova «Yuqori sinf o‘quvchilarida ma’naviy madaniyatni shakllantirishning pedagogik asoslari»,S.Nishonova «Sharq Uyg‘onish davri pedagogik fikr taraqqiyotida barkamol inson tarbiyasi», U.Mahkamov «Yuqori sinf o‘quvchilarining axloqiy madaniyatini shakllantirish», M.Inomova «Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik asoslari», R.Shodiyev» O‘quv biluv faoliyatida tushunish muammolarini amalga oshirishning didaktik asoslari», A.Choriyev «Pedagogikaning fanlararo aloqasi va badiiy adabiyot bilan o‘zaro bog‘liqlik qonuniyati», T.Nuriddinov «Talabalarning umumnazariy tayyorgarligida fanlararo aloqalar», M.Hoshimova Talabalarning axloqiy tarbiyasini rivojlantirishda ruhiyatga oid bioenergetik bilimlardan foydalanish», M.Qurornov «O‘zbek maktabida milliy tarbiya nazariyasi va amaliyoti», D.Ro‘ziyeva «Oliy ta’lim muassasalari talabalarida milliy ift ixor tuyg‘usini tarbiyalash» kabi doktorlik dissertatsiyalari shular jumlasidandir. O‘tgan davr mobaynida jahon hamjamiyati O‘zbekiston davlatining ,,o‘zbek modeli» deb nom olgan rivojlanish yo‘lidan boxabar bo‘ldi, tan oldi. Ana shu tarixiy jarayonda ta’lim sohasidagi islohotlar, ularning natijalari katta o‘rin tutdi. Buni birinchi davlatimizning rahbari 2012-yil 17-fevral kuni Toshkentda mezbonlik qilgan «Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash - mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti» mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi nutqida ham alohida ta’kidlab, shunday degan edi: Mamlakatimizda 9+3 sxemasi bo‘yicha 12 yillik umumiy majburiy bepul ta’lim tizimi joriy etildi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan modelning prinsipial xususiyati avvalo shundaki, umumta’lim maktabidagi 9 yillik o‘qishdan so‘ng o‘quvchilar 3 yil davomida ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda tahsil olib, ularning har biri umumta’lim fanlari bilan birga mehnat bozorida talab qilinadigan 2-3 ta mutaxassislik bo‘yicha kasb-hunarlarni ham egallaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda 12 yillik ta’lim barcha uchun majburiy va bepul ekani qonunlarimizda belgilab qo‘yilgan. Bu o‘sib kelayotgan yangi avlodimiz 12 yillik majburiy ta’lim olish bilan birga mutaxassislik va kasb-hunarga ega bo‘lishini taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yosh avlodni jismonan sog‘lom, ma’nan barkamol qilib voyaga yetkazishning muhim huquqiy asosidir. Umumiy o‘rta ta’limning takomillashtirilgan Davlat ta’lim standartlari va modernizatsiya qilingan o‘quv dasturlaridagi o‘zgarishlar O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2004-yil 21-maydagi 3134-sonli Farmoniga muvofiq qabul qilingan «2004-2009- yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi»da davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlarini ko‘rib chiqish vazifasi qo‘yildi. «2004-2009- yillarda maktab ta’limni rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi» ijrosini ta’minlash maqsadida umumta’lim fanlar bo‘yicha mavjud DTSlar yangidan tahrir etilib, o‘quv dasturlari modernizatsiya qilindi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida boshlang‘ich ta’limda o‘quvchi ta’limiy faoliyatning asosiy ko‘nikma va malakalarini egallashi, erkin o‘qishi, husnixati, tez sanash, matematik masalalarni yechishi, amaliy fikrlashi, o‘z o‘quv faoliyatini, nutq madaniyatini va xulqini nazorat qila bilishi, shaxsiy gigiyena va sog‘lom turmish tarzi asoslarini o‘zlashtirishiga alohida e’tibor qaratilgan. Davr talabi hisobga olingan holda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va darsliklari uzviylik, uzluksizlik hamda o‘quvchilarning Yoshi va psixofizologik xususiyatlariga mosligi jihatidan tahlil qilinib, 1260 soat hajmdagi mavzular optimallashtirildi. Bugun esa umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan 18 ta umum ta’lim fanlari bo‘yicha yangi- kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari loyihalari ishlab chiqilib 76 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasalari 52 ta kasb-hunar kolleji va 18 ta akademik litseylarida tajriba sinovdan o‘tkazildi. Vazirlar Mahkamasining 390- sonli qarorida belgilangan davriylik asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1- sinf o‘quvchilar uchun har yili, 2-4- sinf o‘quvchilari uchun har 2 yilda bir marta va 5-9- sinf o‘quvchilar uchun har 4 yilda bir marotaba qayta nashr qilinayotgan darslik va o‘quv-metodik adabiyotlarda mazkur takomillashtirishlar o‘z aksini topmoqda. Xalq ta’lim, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari,O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazining 2015-yil 11-avgustdagi «Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari loyihalari tajriba-tadqiqotini tashkil etish to‘g‘risida»gi qo‘shma buyrug‘i qabul qilindi. Unga asosan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida uzviy o‘qitiladigan 18 ta umumta’lim fanlar bo‘yicha amalyotchi o‘qituvchilar, metodistlar hamda yetakchi olimlardan iborat ishchi guruhlari tuzildi. Ishchi guruhlar rivojlangan davlatlarning hamda mamlakatimizda yaratilgan chet tillardan uzluksiz ta’lim tizimi standartlari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish tajribasidan kelib chiqib, umumta’lim fanlar bo‘yicha kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari loyihalari tayyorlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil 20-apreldagi qaroriga binoan oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, mamlakatni - ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko‘rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash maqsadida:
Oliy ta’lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish bo‘yicha eng muhim vazifalar belgilab berildi:
har bir oliy ta’lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, o‘quv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar o‘tkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o‘qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari magistrant, yosh o‘qituvchi va ilmiy xodimlarining stajirovka o‘tashlarini, professor-o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;
oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish, oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish yo‘na- lishlari va mutaxassisliklarini istiqbolda mintaqalar va iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks rivojlantirish, amalga oshirilayotgan hududiy va tarmoq dasturlarining talablarini inobatga olgan holda optimallashtirish;
-ta’lim jarayonini, oliy ta’lim­ning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usul­larini keng joriy etish, magistratura ilmiy ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida yanada takomillash- tirish; yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta’lim muassa- salarining ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash, shu jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlar sotib olish va tarjima qilish, axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish;
-pedagog kadrlarning kasb mahorati sifati va saviyasini uzluksiz yuksaltirish, xorijda pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkasini o‘tkazish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini PhD va magistratura dasturlari bo‘yicha o‘qitish, oliy ta’lim muassasalari va qayta tayyorlash hamda malaka oshirish markazlari o‘quv jarayonlariga yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarni keng jalb qilish; -oliy ta’lim muassasalari ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’limda ilm-fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish;
-oliy ta’limning ma’naviy-axloqiy mazmunini oshirish, talaba-yoshlarga mustaqillik g‘oyalariga, yuksak ma’naviyat va insoniylikning milliy an’analariga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, ularda yot g‘oya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tanqidiy tafakkurni mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish; -oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini o‘quv va ilmiy-laboratoriya bino va korpuslari, sport inshootlari, ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, oliy ta’lim ilm-fanining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-ilmiy laboratoriyalarini zamonaviy asbob va uskunalar bilan jihozlash orqali yanada mustahkamlash; oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash, oliy ta’lim muassasalari talabalari, o‘qituvchilari va yosh tadqiqotchilarining jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish.



Yüklə 5,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin