Mustaqil O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar. Jahon tarixiy tajribasining guvohlik berishicha hech bir xalq va millat ta’lim- tarbiyaga e’tiborsiz taraqqiyotga erisha olmagan. Bugungi kunda ma’naviyatga, ta’lim-tarbiyaga, milliy kadrlar tayyorlashga birinchi darajali ahamiyat bermaydigan jamiyat, davlat, xalq va millat ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy muam- molarni bartaraf etolmaydi. Xalqi ma’naviy, ma’rifiy jihatdan yetuk bo‘lmagan mamlakat tabiiy - iqtisodiy boyliklariga behisob, harbiy jihatdan qudratli bo‘lgan taqdirda ham buyuk davlat bo‘la olmaydi.
O‘zbekiston hukumati ta`limga ustivor soha sifatida e`tibor berib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasining ta`lim sohasida aniq va ravshan hamda ilmiy asoslangan davlat siyosati mavjud bo‘lib, u insonparvarlik va demokratik tamoyillarga asoslanadi hamda har bir fuqaroning bilim olishi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qonuniylashtirilgan.
Mustaqil Respublikamizda xalq ta`limi tizimi mazmunini yangilash va yangi ijtimoiy muhit sharoitida uni yanada rivojlantirish zarur edi. Chunki huquqiy, iqtisodiy, ma`naviy sohalarda olib borilayotgan islohotlarda asosiy maqsad ham barcha fuqarolarning hayotini ijtimoiy himoyalash, ularning turmush sharoitini yaxshilash, ma`naviy jihatdan yuksaltirish, eng muhimi, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdan iboratdir.
Ana shu maqsadni amalga oshirish borasida Respublikamiz hukumati xalq ta`limi tizimini tubdan isloh qilishni va milliy kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni tobora ortib borayotganligini hisobga olib ta`lim tizimini ham yangilashni taqozo etar edi. Shu maqsadda 1997 yil 29 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1X sessiyasida “Ta`lim to‘g‘risida” Qonun hamda “Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi” keng muhokama qilindi va tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi “Ta`lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. “Ta`lim to‘g‘risida”gi Qonun ta`lim, tarbiya fuqarolar kasbiy tayyorgarligi va har bir fuqaroning ilm olish konstitutsion huquqini ta`minlash kabi qator dolzarb vazifalarni belgilab berdi.
Respublikamiz bugungi kunda tubdan yangi davlat bo‘lib, unda har bir siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy sohadagi islohotlar ham yangi ta`lim tizimida bosqichma-bosqich olib borishni nazarda tutadi. Zero, ta`lim sohasidagi islohotlar ham yangi bosqichma-bosqich o‘tish tamoyiliga asoslangandir. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ham uzluksiz ta`lim tizimini isloh qilishning tashkiliy, ilmiy va metodik asosi bo‘lib hisoblanadi. Milliy dasturning asosiy maqsadi uzluksiz ta`lim tizimini rivojlantirish bo‘lib, u ijodiy va mustaqil fikrlovchi, tafakkuri rivojlangan, erkin shaxsni shakllantirish bilan barcha sohalarda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni kafolatlash bilan ahamiyatlidir.Shunga ko‘ra, mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq boy madaniyatimizni tiklash va uni rivojlantirish, ta`lim tizimini takomillashtirish, uni zamon talablariga javob bera oladigan jahon andozalari darajasiga ko‘tarish maqsadiga e`tibor berib borilmoqda.
Ta`lim sohasida “Ta`lim to‘g‘risida” Qonun qabul qilinganligi, 1996—1997 yildan boshlab birinchi sinflarda o‘qishning lotin yozuviga asoslangan yangi alifboda dastur, qo‘llanma, darsliklarning yaratilganligi — bu ta`lim sohasida qo‘yilgan dastlabki odimlar edi. O‘tgan davrda yangi turdagi ta`lim muassasalari tashkil etildi. Oliy o‘quv yurtlari qoshida litseylar ochildi. Qobiliyatli o‘quvchilar chet ellarda ta`lim ola boshladi. O‘qituvchilar xorijiy davlatlarda bo‘lib, ilg‘or tajribalarni o‘rganib kela boshladilar. Viloyatlarda yangi-yangi biznech maktablari, kichik va o‘rta kasb hunar kurslari ochila boshladi va bozor iqtisodi sharoitida fermer, soliq va bojxona xodimlari, audit v.b. yangi mutaxasissliklar kiritildi.Oliy maktab sohasida test usuli joriy etildi. Viloyatlardagi pedagogika institutlari universitetlarga aylantirildi, chet el mutaxassislari respublikamiz o‘quv muassasalariga jalb etildi. “Mahalla”, “Kamolot”, “Sog‘lom avlod uchun”, “Nuroniy”, “Ulug‘bek”, “Umid” jamg‘armalari ham ta`lim sohasini rivojlantirishga hissalarini qo‘shmoqdalar.Lekin hozirgi davrda amalga oshirilgan barcha ishlarga qaramay ta`lim tizimi hali hayot talabi darajasida natijalarga erishmayotgani, eski Sho‘ro zamonidan meros bo‘lib qolgan mafkuraviy qarashlardan va sarqitlardan xalos bo‘la olmagani, shuningdek, uzluksiz ta`lim tizimini tashkil etish muammolari to‘liq hal etilmagani va nihoyat, amaldagi ta`lim tizimi taraqqiy etgan davlatlar darajasida rivojlana olmaganini ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, mutaxassislar kadrlar tayyorlash, ularga bilim va tarbiya berish tizimi mamlakatimizda amalga oshayotgan islohotlar bilan bog‘lanmagani, maktablarning moddiy bazasi talabga javob bera olmayotgani, kadrlar, o‘qituvchilar tayyorlash muammosi hali hal etilmagani ma`lum bo‘ldi. O‘quv dasturlari, qo‘llanma va darsliklar ham talabga javob bera olmayotganini hayot ko‘rsatmoqda
Oliy ta`lim sohasida ham islohot o‘tkazishni talab qila boshladi. Bularning barchasi hisobga olinib, 1997 yil mart oyida Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga muvofiq, ta`lim tizimini isloh etilish, kadrlar tayyorlash jarayoniga zamon talabi darajasida o‘zgartirishlar kiritish maqsadida maxsus komissiya tuzildi va natijada “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda “Ta`lim to‘g‘risida” Qonun Oliy Majlis sessiyasida qabul qilindi.
Bu ikki hujjatga binoan ta`lim tizimi isloh qilishni bosqichma-bosqich amalga oshirish nazarda tutiladi:
Birinchi bosqich — o‘tish davri. 1997—2001 yillar. Bu yillarda yangi talab doirasida pedagog kadrlar tayyorlash, ta`lim standartlarini yaratish, o‘quv dasturlari ustida ishlash, umumta`lim maktablarini qayta qurish, o‘rta maxsus va kasb-hunar bilim yurtlari tizimiga zamin tayyorlash va uzluksiz ta`lim tizimiga asos solish.
Ikkinchi bosqich — 2001—2005 yillarga mo‘ljallanadi. Bu davrda milliy dasturni to‘liq amalga oshirish mo‘ljallanadi. Uning ba`zi g‘oyalari va qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilish ham ko‘zda tutilgan.
Uchinchi bosqich — 2005 yil va undan keyingi yillar bo‘lib, islohot tajribalari tahlil etilib, umumlashtiriladi hamda kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtirilib, rivojlantirilib boriladi.
“Ta`lim to‘g‘risida”gi Qonunga asosan Ta`lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyot sohasida ustuvor deb e`lon qilindi.
Ta`lim sohasidagi davlatning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
- Ta`lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterida ekanligi;
- Ta`limning uzluksiz va izchilligi;
- Umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta`limining majburiyligi;
- O‘rta maxsus, kasb-hunar ta`limining yo‘nalishini: akademik litsey va kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlash ixtiyoriyligi;
- Ta`lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
- Davlat standartlari doirasida ta`lim olishning hamma uchun ochiqligi;
- Ta`lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
- Bilimli bo‘lish va iste`dodni rag‘batlantirish;
- ta`lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.
Xalq ta`limining asosiy bo‘g‘ini — uzluksiz ta`limi tizimini tashkil etadi.
3. O‘zbekiston Respublikasida ta`lim tizimi.
O‘zbekiston Respublikasida quyidagi uzluksiz ta`lim tizimi asos qilib olingan. Bola shaxsini sog‘lom va etuk o‘qishga tayyorlash maqsadini ko‘zlaydi. Mazkur ta`lim uch yoshdan olti-etti yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulk shaklidan qat`iy nazar, boshqa xil ta`lim tashkilotlarida olib boriladi.