Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi pedagogika nazariyasi va tarixi



Yüklə 5,55 Mb.
səhifə84/150
tarix10.09.2023
ölçüsü5,55 Mb.
#142395
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   150
MAJMUA PEDAGOGIKA TARIXI VA NAZARIYASI

Umumiy o‘rta ta`lim.
Umumiy o‘rta ta`lim quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
Boshlang‘ich ta`lim (I-IV sinf)
Urta ta`lim (5-9 sinf)
Boshlang‘ich ta`limda umumiy o‘rta ta`lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko‘nikmalar asoslari shakllantiriladi. Birinchi sinfga bolalar 6—7 yoshdan qabul qilinadi.
Umumiy o‘rta ta`limda bilimlarni zarur hajmi beriladi. Bolalarda mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalari rivojlantiriladi.
Kasbga yo‘naltiradi, ta`limning navbatdagi bosqichiga yordam beradi.
Ixtisoslashtirilgan maktalar ham tashkil etilishi va bolalar qobiliyati, iste`dodga ko‘ra bunday maktablarda ta`lim olishi mumkin.
O‘rta maxsus va kasb-hunar ta`limi.
Har bir yigit-qiz umumiy o‘rta ta`limga ega bo‘lgandan so‘ng akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni ixtiyoriy ravishda tanlashi mumkin. Bu ta`lim muassasalarida o‘qish muddati uch yildan kam bo‘lmaydi.
Litsey va kollejlar egallangan kasb-hunar bo‘yicha ishlash huquqini beradi va hamda ish yoki ta`limni navbatdagi bosqichda davom ettirishi uchun asos bo‘ladigan maxsus, kasb-hunar ta`lim beradi.
OLIY TA`LIM
Oliy ta`limda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.
Oliy ma`lumotli mutaxassislar tayyorlash universitet, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta`lim muassasalarida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta`lim asosida amalga oshiriladi.
Oliy ta`lim ikki bosqichda: bakalavriat va magistraturaga ega.
Bakalavriat — oliy ta`lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha puxta bilim beriladigan, o‘qish muddati kamida to‘rt yil bo‘lgan tayanch oliy ta`limdir.
Magistratura — aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta`limdir.
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta`lim shartnoma asosida olinadi.
Oliy o‘quv yurtidan keyin malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojga qarab oliy o‘quv yurti va ilmiy tadqiqot muassasalarida aspirantura, ad`yutantura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik tarzida davom ettiriladi.
Oliy ta`limdan so‘ng kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimini va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish va yangilashga qaratiladi.
Bolalar va o‘smirlarning bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun madaniy-estetik, ilmiy-texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda maktabdan tashqari ta`lim muassasalari mavjud. Bunday maskanlarga bolalar, o‘smirlar, ijodiyoti saroylari, uylar, klublar va markazlar, kutubxonalar, sog‘lomlashtirish muassasalari kiradi va bu joylarda bolalar o‘z ehtiyojlari va qiziqishlariga ko‘ra shug‘ullanadilar.
Ta`lim islohotlarida kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlarini asosan quyidagilar tashkil qiladi:
- shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub`ekti va ob`ekti, ta`lim sohasidagi xizmatlarning iste`molchisi va ularni amalga oshiruvchi;
- davlat va jamiyat — ta`lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishning amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;
- uzluksiz ta`lim — malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashning asosi bo‘lib, ta`limning barcha turlarini, davlat ta`lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhiti o‘z ichiga oladi;
- fan — yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi;
- ishlab chiqarish-kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan quyidagi talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy texnik jihatdan ta`minlash jarayonining qatnashchisi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturda intelektual, ma`naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta`lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish nazarda tutiladi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida fan, jumladan, pedagogika fani, ham yangi fundamental va bilimlarni shakllantirish orqali muhim ilmiy natijalarni jamlaydi. Oliy malakali va ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlashning amalga oshirilishi, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o‘zlashtirish orqali ilm-fanning ta`lim amaliyoti bilan aloqasini ta`minlashni amalga oshirish ko‘zda tutiladi, ilg‘or axborot va tendentsiya texnologiyalarini joriy etish mexanizmlarini ishlab chiqishga e`tibor qaratildi.
Mustaqil yillarda pedagogika sohasida ham yirik tadqiqiotlar olib borilmoqda. Masalan, O‘rta va oliy ta`lim vazirligida yiliga 17 aspirantura va 7 doktorantura; Xalq ta`lim vazirligida 5 aspirantura, 1 doktorantura o‘rinlari mavjud.
Pedagogika va psixologiya fanlari bo‘yicha doktorlik va nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilish uchun ixtisoslashgan Kengashlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
4. Mustaqillik yillarida pedagogik fikr taraqqiyoti.
Mustaqillik yillarida pedagogika fanining eng dolzarb muammolari ustida doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Chunonchi, OMusurmonova “Yuqori sinf o‘quvchilarida ma`naviy madaniyatni shakllantirishning pedagogik asoslari”, S.Nishonova “Sharq uyg‘onish davri pedagogik fikr taraqqiyotida barkamol inson tarbiyasi”, U.Mahkamov “Yuqori sinf o‘quvchilarining axloqiy madaniyatini shakllantirish”, M.Inomova “Oilada bolalarni ma`naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik asoslari” kabi doktorlik dissertatsiyalari shular jumlasidandir.
hozirgi paytda Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlar ilmiy tadqiqot instituti, hunar ta`limi ilmiy tadqiqot instituti, Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika universiteti yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda ta`lim sohasi bo‘yicha Davlat ilmiy-texnikaviy dasturining ijrochilari hisoblanadilar.
Hozirgi davrda, O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyoti strategiyasi, o‘zbek xalqining buyuk davlat barpo etish yo‘lidagi ezgu orzu-umidlarini, milliy istiqlol mafkurasini asl mohiyatini yoshlar qalbiga va ongiga singdirish jarayoni kechayotgan bu davrda bu muhim ishni "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ asosida uzluksiz tarzda olib borishni taqozo etadi.
Zero, istiqlol mafkurasi hur fikrlilik va jur`atsizlikdan holi bo‘lgan, o‘z bilimi va kuchiga ishonib yashaydigan insonni tarbiyalaydi
Mustaqil yillarida O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi o‘zgarishlari jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida olamshumul ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zgarishlar amalga oshirildi. Yosh mustaqil davlatimizning kelajak taraqqiyoti albatta, uning intellektual salohiyatli va ma’naviy yetuk yoshlariga bog‘liq. Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti I.Karimov «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarida: «Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi - bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi», - deb ta’kidlaydi. Mamlakatimizda mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlaboq ta’lim sohasida tub islohotlar amalga oshirildi. Bular qatoriga 1992-yil 2-iyunda qabul qilingan ilk «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunni kiritishitmiz mumkin. Bu yangi «Qonun» 7 bo‘lim 45 ta moddadan iborat edi. «Qonun» o‘tish davri uchun mo‘ljallangan bo‘lib vaqt o‘tishi va jamiyatning jadal rivojlanishi natijasida o‘zining kamchiliklarini ko‘rsatdi. 1997-yil 29-avgustda jahon standartlarini va respublikamizning o‘ziga xos xususiyalarini inobatga olgan holda yangi tahrirdagi «Ta’lim to‘g‘risida»gi (5 bo‘lim, 34 modda)qonun va unga hamohang «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»qabul qilindi. Uning natijasida O‘zbekistonda ta’lim sohasida jahon andozasidagi kadrlarni yetishtirib berishga qaratilgan ta’lim tizimi ishlab chiqilib hayotga joriy qilindi. Mamlakatimiz hayoti uchun muhim bo‘lgan mazkur dasturlarni qabul qilinishi hozirgi kunda ta’lim-tarbiya sohasida erishgan yutuqlarmiz uchun asos bo‘ldi. Shu munosabat bilan pedagogikaga doir tadqiqotlarga qator sohalar asos qilib olinishi maqsadga muvofiq edi. Pedagog olim J.G‘.Yo‘ldoshev bu borada quyidagi vazifalarni ilgari suradi:

  • yosh avlodni mustaqillik, istiqlol g‘oyalari ruhida tarbiyalash;

  • shaxsning ilmiy salohiyatini rivojlantirish;

  • o‘z oldidagi burch va mas’uliyatni his etadigan barkamol shaxsni shakllantirish;

  • axloqan pok, jismonan baquvvat, vatanparvar, tashabbuskor shaxsni shakllantirish;

  • har bir shaxsda o‘z bilimini hayotga tatbiq eta olish qobuliyatini tarbiyalash;

  • yosh avlodni yangilanayotgan jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan fuqaro sifatida tarbiyalash va hokazolar.

Bu muhim ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy prinsiplari ham berilgan edi. Bular: ta’lim va tarbiyaning insonparvarligi hamda demokratik xarakterda ega ekanligi; ta’lim tizimining uzluksizligi va izchilligi; uning ilmiyligi hamda dunyoviyligi; ta’limda umum- insoniy hamda milliy-madaniy qadriyatlarning ustuvorligi; davlat ta’lim stan­dartlari doirasida hammaga ta’lim olish uchun imkoniyat yaratilganligi ta’limning majburiyligi; ta’lim, ma’naviy va jismoniy tarbiya dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimdon va iste’dodlarni rag‘batlantirish; ta’lim muassasalarida chet tillarni o‘rganish, din tarixi va jahon madaniyati sohasida bilim olish uchun sharoitlar yaratish; ta’lim muassasalarining siyosiy partiyalar va ijtimoiy-siyosiy harakatlarning ta’siridan holi bo‘lishi; tarbiyalanuvchilar va ta’lim oluvchilarni hurmatlash; pedagog shaxsini, uning ijtimoiy mavqeini hurmatlash; amaldagi qonunlar doirasida mulkchilikning barcha shakllaridagi ta’lim muassasalarining teng huquqliligi, ularning mustaqilliligidan iborat edi.

Yüklə 5,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin