Maxsus pedagogika – (Defektologiya) Pedagogika faqat sog‘lom o‘quvchilarning ta‘lim-tarbiyasi bilangina emas, balki kamolotda qusuri bor bolalar ta‘lim-tarbiyasini ham o‘rganadi.
Ma‘ruza – bilim berishning shunday shakliki, unda pedagog (o‘qituvchi) tomonidan berilayotgan bilimlar, malaka va ko‘nikmalar talabalarga yoppasiga bayon etiladi. Ma‘ruza - o‘quv jarayonining ilg‘or usullaridan biri bo‘lib, dastlab u o‘rta asrlarda biron bir kitobni o‘qish yoki uni izohlash yo‘li bilan namoyon bo‘lgan. Jamiyat rivojlanishi maboynida og‘zaki tushuntirishning bu usuli XVIII asrda lotin tilida amalga oshirildi. XVIII asr o‘rtalariga kelib ma‘ruzalar rus tilida o‘qiy boshlandi. Uning ilg‘or namoyandalaridan biri M.V. Lomonosovdir.
Malakaviy amaliyot -nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash, mustaqil tajriba o‘tkazish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida talabalar o‘tkazadigan amaliy ish turi hisoblanadi.
Mehnat – butun moddiy va ma'naviy madaniyatning, shuningdek, ijtimoiy taraqqiyotning negizidir.Mehnat – inson ehtiyojini qondirish asosida tashqi olamni o‘zgartirishga qaratilgan maqsadli faoliyat.
Mehnat tarbiyasining vazifalari ko‘p qirralidir. U o‘quvchilarni mehnat faoliyatiga amaliy tayyorlashning juda ko‘p tomonlarini qamrab oladi. Mehnat tarbiyasining eng muhim vazifasi yosh avlodni mehnat qilish xohishini, havasini, intilishini, ko‘nikma va mahoratni ularda shakllantirishdan iborat.
Metodika - ta'limning umumiy qonuniyatlarini muayyan predmetlaridan (ya'ni ona tili, adabiyot, tarix, fizika, ximiya, matematika, jismoniy tarbiya) dars berishda qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlarni, usullarini tadqiqi qiluvchi soha.
Munozara – faol o‘qitish metodi bo‘lib, muhokama, ma'lum muammo bo‘yicha fikr almashinuv ko‘rinishda o‘tadi. Bu metod malaka oshirish jarayonida o‘zining imkoniyatlari kengligi jihatidan alohida ahamiyatga ega
Muammoli vaziyat - o‘quvchining ma‘lum psixik holatidir. Bunday holat ma‘lum topshiriqni bajarish jarayonida ziddiyatni anglash tufayli vujudga keladi.
Muammoli ta‘lim - o‘quv materialini o‘quvchi-talabalar ongida ilmiy izlanishga o‘xshash bilish vazifalari va muammolarini vujudga keltiradigan yusinda o‘rgatish tushuniladi. Ta‘limda muammoli yondoshishni joriy etishdan maqsad hozirgi ta‘lim jarayonini o‘quvchi-talabalarning ijodiy fikrlashini faol rivojlantiradigan usullar bilan to‘ldirishdan iborat.
Mutaxassislik – faoliyatning aniq shakli bo‘lib, mehnat egasining kasbiy tayyorligi, mehnat vositalari, mehnat jarayoni va maqsadining maxsus xususiyatlari bilan belgilanadi.
Nazariya- yangi bilimni, yangicha bilishni ifodalovchi tizimli fikrdir. Nazariya har xil shakllarda ifodalanadi: aksioma, teorema, qonun, formula, grafik, raqam va shu kabilar. Nazariyada g‘oya shakllanadi.